38
Psixologiyada psixogenetik yondashish ham mavjud bo‘lib, u biogenetik va sosiogenetik omillarning qiymatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlarning rivojlanishini birinchi darajali ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Mazkur yondashishni uchta mustaqil yo‘nalishga ajratib tahlil qilish mumkin va bu yo‘nalishlar o‘z mohiyati, kechishi va mahsuli jihatidan keskin farqlanadi.
Psixikaning irrasional (aqliy bilish jarayonlaridan boshqa) tarkibiy kismlari: emosiya, mayl yordamida shaxsning xulqini tahlil qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Bu nazariyaning yirik namoyandalaridan biri amerikalik psixolog E.Eriksondir. U insonning umrini o‘ziga xos betakror xususiyatlarga molik 8 ta davrga ajratadi.
Birinchi davr — go‘dakliqda tashqi dunyoga ongsiz "ishonch" tuyg‘usi vujudga keladi. Buning bosh sababi ota-onaning mehr-muhabbati, g‘amxo‘rligi va jonkuyarligidir. Agar go‘dakda ishonchning negizi paydo bo‘lmay, borliqqa ishonchsizlik hissi tug‘ilsa, voyaga yetgan odamlarda mahdudlik, umidsizlik vujudga kelishi shubha-sizdir.
Ikkinchi davr — ilk bolalikda yarim mustaqillik va shaxsiy qadr-qimmat tuyg‘usi shakllanadi yoki, aksincha, ularning teskarisi — uyat va shubha hissi hosil bo‘ladi. Bolada mustaqillikning o‘sishi unga o‘z tanasini boshqarish uchun keng imkoniyat yaratib, bo‘lg‘usi shaxs xususiyatlaridan tartib va intizom, mas’uliyat, javobgarlik, hurmat tuyg‘ulari tarkib topishiga zamin hozirlaydi.
Uchinchi davr — o‘yin yoshi deb ataladi va unga 5—7 yoshli bolalar kiradi. Bu davrda tashabbus tuyg‘usi, qandaydir ishlarni amalga oshirish, bajarish mayli tarkib topadi. Mabodo boladaga xohish-istakni ro‘yobga chiqarish yo‘li to‘sib qo‘yilsa, buning uchun u o‘zini aybdor deb hisoblaydi. Mazkur davrda davra, ya’ni guruh o‘yinlarga, tengqurlari bilan muloqotga kirishish muhim ahamiyat kasb etadi: bola turli rollar bajarib ko‘rishiga, uning xayoloti o‘sishiga imkon yaratiladi. Xuddi shu davrda bolada adolat tuyg‘usi, uni tushunish mayli tug‘ila boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |