Psixologiyasi


Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy tushunchalarning


Download 1.27 Mb.
bet34/78
Sana11.03.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1260068
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78
Bog'liq
Ontogenez psixologiyasi. E. G oziyev

4.6. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy tushunchalarning tarkib topishi
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni har tomonlama yetuk, go‘zal axloqli, xush odobli inson qilib kamol toptirish hozirgi kunning muhim vazifalaridan biridir. Chunki bu narsa milliy qadriyat va ruhiyatni tiklash jarayonida ta’lim va tarbiya samaradorligini oshirish masalasidan kelib chiqadi. Mazkur muammoni o‘rganishda psixologlar oldida turgan vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirishda boshlang‘ich ta’limni ilmiy asosda to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish uchun o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish zarur.
Ma’lumki, o‘quvchi shaxsini shakllantirish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘yish uchun dastavval ularning xarakter xislat-larini va shaxs fazilatlarini maqsadga muvofiqtarkib topganligi darajasini aniqlash ayni muddaodir. Har bir o‘quvchini axloqiy jihatdan aniqlagandan keyin alohida olingan sub’yekt bilan induvidual munosabatda bo‘lish imkoni vujudga keladi.
8-10 yoshli boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining shaxsiy fazilat-lari beqaror, dunyoqarashi sodda, tashqi taassurotlarga tez beri-luvchandir, Buyuk allomalar ta’kidlaganlaridek, kishining xa-rakteri hammadan ko‘ra ko‘proq uning hayotining dastlabki bi-limlarida tashkil topadi va mazkur xislatlarida namoyon bo‘lgan sifat juda mustahkam o‘rnashadi va bolaning ikkinchi tabiatiga aylanadi.
Bolaning ikkinchi tabiatida ijobiy his-tuyg‘ularni, shaxs fazilatlarini tarkib toptirishda, yuksak axlokiy sifatlarni ularda shakllantirishda barcha mas’uliyat boshlang‘ich sinf o‘kituvchisining zimmasiga tushadi. O‘quvchining ushbu yosh davrvda o‘qituvchining har bir aytgan so‘zi, har bir xatti-harakati, ta’sir o‘tkazish uslubi uning uchun haqiqat mezoni rolini o‘taydi. Chunki o‘quvchilar o‘z o‘qituvchisiga juda qattiqishonadilar, uning fikr va mulohazalariga quloqsoladilar, pedagogiknazokatdan (taktdan) o‘tata’sirlanadilar, qo‘ygan talablariga hamisha amal qiladilar. Ana shu boisdan pedagog tomonidan berilgan barcha vazifalarni, yaratilgan muammoli vazifalarni bajarishga intiladilar, ularni o‘z vaqtida ado etishga harakat qiladilar. O‘qituvchiga yuksak ishonch, unga bevosita takdid insonni inson tomonidan idrok qilishni identifikasiya bosqichiga o‘xshab ketadi. Ayni shu davrdan boshlab: 1) o‘qituvchining psixikasiga tashqi ta’sir ko‘rsatish, 2) atrof-mikromuhitdagi
160
kishilarga yordam berishga undash, 3) nima bilan shug‘ullanish zaruriyati to‘g‘risida ko‘rsatma va yo‘llanma berish, 4) unga oddiy individual yoki ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lgan burch hissini tushuntirish, 5) uni to‘g‘ri mulohaza yuritishga o‘rgatish, 6) ijobiy his-tuyg‘ulari va ezgu niyatlarini quvvatlash, 7) o‘qilgan kitobni, tomosha qilingan kinofilmni, sinfda sodir bo‘lgan voqeani, sayohat taassurotlarini birgalashib muhokama qilish, 8) o‘quvchilarni noma’qul so‘z va iboralardan tiyish, ixtilofning oldini olish, 9) tabiat manzaralarini quvvatlash va musiqa tinglash ko‘nikmasini vujudga keltirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu omillarning barchasi o‘qituvchining shaxs sifatida shakllanishida muhim rol o‘ynaydi.
Yuqorida aytib o‘tilgan vazifalarning to‘g‘ri bajarilishi, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan mazmunli suhbat uyushtirishi, muloqot o‘rnatishi ularda chuqur taassurot qoldiradi va faollik ko‘rsatish sari undaydi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning axloqiy sifatlarini rivojlantirish jarayonida yuksak samaraga erishish uchun ularning yosh individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish taqozo qilinadi.
Ma’lumki, o‘qituvchi turlicha psixologak xususiyatga ega bo‘lgan yaqqol shaxs bilan shug‘ullanadi. Shuning uchun biror bir o‘quvchiga nisbatan muvaffaqiyatli qo‘llangan interfaol ta’sir boshqa biriga kutilgan samara bermasligi mumkin. Binobarin, o‘zgalarga ta’sir o‘tkazish tadbirlari o‘quvchi shaxsiga individual yondashish orqali amalga oshirilsa, yuqoriroq ko‘rsatkichga erishiladi.
Ushbu vazifani amalga oshirishda o‘qituvchi o‘quvchilarning individual-tipologik xususiyatlarini qanchalik chuqur o‘rgangan bo‘lsa, ularga shunchalik ta’sir o‘tkazish kuchi sezilarli va samarali bo‘ladi. Ta’lim jarayonida har bir o‘quvchining ruhiy dunyosiga oqilona yo‘l topa olish barcha muvaffaqiyatlarning garovidir.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda mujassamlashgan axloqiy tushunchalarning qay darajada ekanligini aniqlash maqsadida boshlang‘ich sinf sub’yektlariga o‘quv yilining boshida (sentyabr oyining 3-haftasida) alohida savollar bilan murojaat qilindi.
O‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan aniqlovchi tajriba uchun «yaxshi» va «yomon» tushunchalari tanlab olindi. Ularning kundalik turmush sharoitida keng ko‘lamda qo‘llaniladigan tushunchalar bo‘lganligi tufayli o‘rganish rejalashtirildi. Axloqning alifbosi xuddi shu so‘zlardan boshlanadi, chunki mazkur tushunchalar zamirida insonning murakkab axloqiy qiyofasi, yuksak xislati, barqaror maslagi, negizi
161
yotadi. Tajribalarda o‘quvchilarning hukmiga havola qilingan savollar ularning yosh xususiyatlari va hayot tajribalarini hisobga olgan holda tuzildi.
Birinchi sinf o‘quvchilarida, yuqorida sanab o‘tilgan, axloqiy tushunchalar darajasini aniqlash muddaosi bilan ularga quyidagi savollar bilan murojaat qilindi: 1) Nima yaxshi-yu, nima yomon? 2) O‘zidan kattalarga salom beradigan, ularning aytganlarini bajaradigan bolalar, qanday bolalar? 2) «Xo‘p» degani yaxshimi yoki «Yo‘q» degani yaxshimi? va hokazo.
Birinchi savolga 1-sinfning aksariyat o‘quvchilari «Quyon yaxshi, bo‘ri yomon», «Echki yaxshi, bo‘ri yomon» kabi javoblar beradilar. Ammo javoblar ichida o‘quvchi Yu.M.ning javobi tengdoshlarinikidan mutlaqo tafovutlanib, mantiqiy izchillik asosida o‘z fikrini dalillab berish ko‘zga tashlanadi: «Echki yaxshi sut beradi. Tulki yomon. U bizni aldaydi». Demak, u "yaxshi" tushunchasi uchun muhim belgi sifatida insonga foyda keltirish xislati ajratilgan bo‘lsa, «yomon» tushunchasi zamirida esa «aldash»lik alomati yotadi, ya’ni aldash salbiy illat ekanligani anglab yetadi. Uning yomon illatini o‘z vaqtida payqay olgan va hayvonlarga, qolaversa odamlarga ziyon keltirishini asoslashga uringan. O‘quvchining mulohazasidan ko‘rinib turibdiki, birinchi savolga javob berishning o‘ziyoq, tajribada ishtirok qilgan o‘quvchilar ichida individual farqlar mavjuddir.
Ikkinchi savolga o‘quvchilar «yaxshi bolalar» degan umumiy javobni berganlar. Mazkur savolga deyarli hamma bolalar javob bera olgan bo‘lsa-da, lekin mulohaza yuritish qo‘lamining kengligi, javobning dalillarga boyliga bo‘yicha individual tafovut yuzaga keldi. Bunday bolalar savolga quyidagicha javob berishgan: «Yo‘q» degani - yomon, u aldaydi, topshiriqni bajarmaydi». «Xo‘p» degani-yaxshi, u yordamlashadi». O‘quvchilarning ko‘pchiligi mazkur savol munozarasida faol qatnashdilar, fikrlarining ravonligi, ma’lum darajada kengjga bilan boshqa tengdoshlaridan ajralib turadilar. Ayniqsa, M.ning mulohaza yuritishi o‘z sinfdoshlaridan har tomonlama, har jihatdan ustunlikka ega. Ba’zi aniqlangan dalillarga ko‘ra, qizchaning oilasida farzandlarga nisbatan e’tibor va nazorat kuchli ekanligi, muloqot va shaxslararo fikr almashinish yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi aniqlandi. Ularning mulohazasiga ko‘ra, birinchi sinf o‘quvchilarida axloqiy tushunchalar bo‘yicha ayrim tafovut mavjudligi namoyon bo‘ldi.
162
Ikkinchi sinf o‘quvchilarida yuqorida qayd qilib o‘tilgan axloqiy tushunchalar darajasini aniqlash uchun quyidagi savollar berildi: «Nima yaxshi-yu,nima yomon?», «Odobli bola deganda qanday bolalarni tushunasiz?», «Odob haqida qanday she’rlarni bilasiz?».
Birinchi savolga aksariyat o‘quvchilar «Kattalarga quloq solish, onasiga yordamlashish, darsni tayyorlash yaxshi». «Yolg‘on gapirish, kattalarni aldash, dars tayyorlamaslik yomon». «Chumchuqni otmaydigan, yolgon gapirmaydiganlar yaxshi, kitoblarni yirtish yomon» kabi javob berdilar. Olingan javoblarga ko‘ra, 2-sinf bolalarining 1-sinf o‘quvchilariga nisbatan mantiqva mazmun jihatdan fikrlarni bayon qilish bo‘yicha ustunligi sezilib turadi. Ular javoblarida «yaxshi» tushunchasining mohiyatini ochish kengayib borganligini ko‘rish mumkin: quloq solish, yordamlashish, dars tayyorlash yoki chumchuqlarni otmaydigan, yolg‘on gapirmaydiganlar yaxshi. O‘quvchilar «yomon» tushunchasiga qiyos berganlarida, quyidagi holatga e’tibor qiladilar: yolg‘on gapirish, aldash, dars tayyorlamaslik; kitoblarni yirtish va boshqalar. Ularning mulohazalarining ko‘rsatishicha, bildirilgan fikrlar aynan bir-birini takrorlashdan iborat emasligi ma’lum bo‘ladi. Tushunchalarni to‘g‘ri anglashlariga qaramasdan, ularning mohiyatini ochishda o‘quvchilar o‘rtasida muayyan darajada farq mavjudligi ko‘zga tashlandi.
Ikkinchi savolga 2-sinfning o‘quvchisi Umida ushbu tarzda javob berdi: «Ukasining sochidan tortmaydi. Toza polni iflos qilmaydi».M.ning fikricha, odobli bola ko‘chaga ruhsatsiz chiqmaydi, o‘z ishlarini qiladi, uy ishlariga yordamlashadi, ozoda yuradi. Buning bilan u odobli bola qiyofasiga xos xislatlar ko‘lamini birmuncha kengaytiradi. Birinchi sinaluvchining javobida biz cheklanganlik holatini ko‘ramiz: sochdan tortmaydi va polni iflos qilmaydi. Keltirilgan ikkita namuna bir-biridan ma’lum darajada farqqa ega. Mazkur tafovut odob sohasida she’rlardan misollar kel-tirilganda yanada orta bordi. Bunday omillarning tajribada ko‘pincha qayd qilinganligi yuqoridagi fikrimizni to‘la tasdiqlaydi.
Tajribalarda uchinchi sinf o‘quvchilariga quyidagi savollar bilan murojaat qilindi: «Nima yaxshi-yu, nima yomon?», «Eng go‘zal narsa nima?» «Eng xunuk narsa-chi?», «Odob nima?».
Ko‘pchilik o‘quvchilar birinchi savolga ushbu mazmunda javob qaytardilar: «Odobli bola yaxshi, yomon bola yomon'» ,»Odobli bola kattalarga salom beradi. Ularni hurmat qiladi». «Yomon bola gap
163
qaytaradi. Keksalar yomon bolalarni yoqtirmaydilar», «Non olib kelish yaxshi, aytganlarni qilish yaxshi. Pol artmaslik, uy supurmaslik - bu juda yomon».
Mazkur o‘quvchilar «yaxshi» va «yomon» tushunchalarini mu-rakkablashgan (odobli bola yaxshi yoki yomon bola yomon) shaklida qo‘llashga harakat qiladilar. Chunonchi, odobli bolaning xarakter xislati yana boyitiladi: unday bola salom beradi va hurmat qiladi. «Yomon» tushunchasining mohiyati kengayadi: u gap qaytarmaydi, uni keksalar yoqtiradi. Yuritilgan mulohazalar yakuni bo‘yicha aniqxulosa chiqarishga intilsak, u holda o‘quvchilarning ayrimlarigina 2 va 3 savollarga javob berishga muvaffaq bo‘ldilar: «Bog‘da har xil gullarning ochilib turishi chiroyli, go‘zal. O‘sha gullarni so‘ramasdan uzish, ularni sindirish xunuk», «Mevali daraxtlarning bahorda gullashi juda chiroyli, lekin ularni yulish va uzib o‘ynash xunuk», «Tandirda yopilgan nonlar chiroyli. Shu nonlarni sindirib yerga tashlash xunuk» va boshqalar.
Yuqoridagi savollar psixologik asosga ega bo‘lib, shaxsning axloq tushunchalarini aniklashga qaratilganligi sababli atrof-muhit, ijtimoiy hayot to‘g‘risida, shaxslararo munosabat yuzasidan bilim va tasavvurga ega bo‘lishini taqozo etadi. Bu yerda «yaxshi» va «yomon» tushunchalari «go‘zal» va «xunuk» singari axloqiy tushunchalar bilan uyg‘unlashib ketganligining shohidi bo‘lamiz. Jumladan, sinaluvchilar gullarning ochilishi, daraxtlarning gullashi, issiq nonlar — chiroyli, gullarni sindirish, shoxlarini uzib tashlash, nonlarni isrof qilish — xunuk, degan xulosaga keladilar.
Bildirilgan mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, ular tushun-chalar mohiyatini ochishda ham o‘zaro tafovut qiladilar. Bizningcha, qayd qilingan tushunchalar yuzasidan o‘quvchilar fikri mazmundor bo‘lishining asosiy sabablari — bu ularning tabiatshunoslik faniga qiziqishi va anglashilgan hissiy motivlari, aqliy harakatlarida faolligi mavjudligidir.
3-sinf o‘quvchilarining odob to‘g‘risidagi fikr va mulohazalari 1-2- sinf sinaluvchilariga qaraganda mazmun, shakl, tuzilish jihatdan katta tafovutga ega bo‘lib, bu narsa bolaning turmush tajribasi ko‘lami, yosh xususiyati va aqliy kamoloti darajasi bilan o‘lchanadi. Yosh davr xususiyati bilan izohlanuvchi farqbilan bir qatorda narsaga turlicha qarash, har xil yondashish, muammo mohiyatini ochib berish uslubi individual tafovut borligini ko‘rsatadi.
164
1-Sh sinf o‘quvchilari bilan olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, axloqiy tushunchalarni tarkib toptirish uchun ularni har bir tushunchaning muhim alomatlari (belgilari)ni ajratishga, umumlashtirishga o‘rgatish, ularda ikkinchi darajali belgilarni ta’kidlash uquvini vujudga keltirish zarur. Shuningdek, mustaqil fikr yuritish ko‘nikmasini takomillashtirish, mantiqiy xulosa chiqarish usullari bilan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini qurol-lantirish maqsadga muvofiq.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling