Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi
O'zaro bir-biridan kutish. Shaxs, maqsad, motiv
Download 185.38 Kb.
|
Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari-fayllar.org
O'zaro bir-biridan kutish. Shaxs, maqsad, motivHar bir guruh ichidan liderlar (yetakchi) yetilib chiqadi. Rahbar yuqoridan buyruq asosida tasdiqlanadigan administrator (ma'mur) bo'lsa, liderlar norasmiy boshliq hisoblanadi. Guruh a'zolari mana shu norasmiy liderga ergashadi. Shuning uchun jamoaning tayinlangan rahbari jamoa ichidan yetilib chiqqan lider bilan hamkorlikda ish olib borishi lozim. Bitta guruh ichida bir necha norasmiy liderlar bo'lishi mumkin. Rahbar mana shu liderlar orqali guruh a'zolariga ta'sir qilishi oson bo'ladi. Lider bilan rahbar doimo birgalikda harakat qilishlari yaxshi natijalarga olib keladi. Lekin ayrim hotlarda lider bilan rahbarning hamkorligi qarama-qarshi fikrga aylanishi mumkin. Ular uzoq vaqt do'stona munosabatni amalga oshira olmaydilar. Chunki rahbar doim ham guruhning talabini bajaravermaydi. Yoki aksincha, rahbarning talabini har doim guruh a'zolari bajaravermaydi. Shunda ziddiyatlar kelib chiqadi. Bu nizoni bartaraf qilish uchun yana lider rahbar bilan guruh a'zolarini kelishtirishi kerak. Norasmiy lider guruh a'zolarining qiziqishlarini himoya qilsa, rahbar tashkilotning manfaatini himoya qiladi. Tashkilot manfaati bilan a'zolar manfaati yoki tashkiliy-texnologik va iqtisodiy tizimlar bir-biriga doim ham to'g'ri kelavermaydi. Jamoa a'zolari birgalikda bajarayotgan ishlarini o'zlarining shaxsiy ishlaridek bajarsalargina jamoaning ishi yaxshi samara beradi. Shaxsda tug'iladigan ziddiyat maqsadga to'g'ri yo'naltirilgan bo'lsa o'z samarasini beradi. Maqsadli ziddiyat bir necha bosqichdan iborat bo'ladi. Birinchi bosqichda ziddiyat shaxsiy maqsad asosida kelib chiqadi. Ikkinchi bosqichda ziddiyatli vaziyatning maqsadini tuzatgan holda ayrim qismlari tahlil qilinadi. Ziddiyatning keltirib chiqaruvchi o'z tashkilotchisi bo'ladi. Ziddiyatda maqsadga yo'naltirilgan xatti-harakatlar tug'iladi. Maqsad ishonchli bo'lmasa u kuchini yo'qotadi. Turli maqsadlar o'zining yutug'i uchun turli usullarni talab qiladi. Shuningdek, ishonchli bo'lmagan maqsad — «deklarativ maqsad»dir. Masalan, bir narsani talab qilib boshqa narsa ko'zda tutiladi. Shaxs nizoni keltirib chiqarayotgan paytda o'zini xuddi boshqalarning manfaatini ko'zlab harakat qilayotgandek ko'rsatadi, aslida esa o'z manfaatini ko'zlaydi. Nizodagi xatti-harakatlar faqat maqsadga qaratilgan bo'lmasdan, realistik tabiatga ega bo'ladi. Intellekt darajasi, ishlab chiqarish muammosi bo'yicha bilim ayni paytdagi ziddiyatni hal qilish uchun vaziyatni to'g'ri ko'rish kafolatini bermaydi. Shaxs ziddiyatga borayotganida anglanmagan motivlar asosida xatti-harakat qilishi mumkin. Demak, shaxs nizo tug'ilayotgan paytda o'zining aniq maqsadiga va anglangan motivlariga ega bo'lishi zarur. Ziddiyatlarni bartaraf qilish uchun o'z shaxsiy manfaatinigina ko'zlamasdan, butun jamoa manfaatini ko'zlab ish olib borish lozim. Ideal «men»imiz hech qachon real «men»imiz bilan to'g'ri kelavermaydi. Download 185.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling