Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi


Muloqotda pedagogning ijodiylik hissi va uni boshqarish yo'llari


Download 185.38 Kb.
bet16/36
Sana20.10.2023
Hajmi185.38 Kb.
#1713047
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
Bog'liq
Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari-fayllar.org

Muloqotda pedagogning ijodiylik hissi va uni boshqarish yo'llari

Birinchi marotaba darsga kirganda, o'quvchilar bilan muloqotda bo'lganda


«ijodiylik hissi» tug'iladi. Darsni takrorlashda esa «ikkinchi ijodiylik hissi»
62
namoyon bo'ladi. Psixolog L.S. Vigotskiy san'atning ijodiylik aktini o'rgatish mumkin emasligi, ong orqali biz ongsizlik holatiga kirishimiz, ongli jarayonlarni tashkil qilishimiz, ular orqali ongsizlik jarayonlarini chaqirishimiz haqida fikrlar bildirgan.
Pedagog faoliyatida muloqotning turli bosqichlarida hissiy jihatdan o'zini his qilish muhim rol o'ynaydi. Bevosita muloqot jarayonida pedagogda kommunikativ ruxlanish holati yuzaga chiqadi. Tabiiyki, kommunikativ o'zini his qilish pedagogning umumiy va kommunikativ madaniyatiga, eng muhimi — pedagog shaxsining kasbiy-pedagogik darajasiga, bolalar bilan ishlash xohish-istagiga bog'liq.
Psixologik ishlar yo'nalishi pedagogning ijodiylik hissi, intellektual, emotsional jihatini tashkil etadi. Pedagogning ijodiylik hissi, ayniqsa, adabiyot darslarida kuchli namoyon bo'ladi. Shu bilan birga pedagogning tajribasi ham muhim rol o'ynaydi. Tajribasi ortib borgani sari pedagog dastlabki materiallardan ko'ngli toTmaydi, yangi-yangi materiallarni dars jarayonida qo'llashga harakat qiladi. Buning uchun esa ijodiylik hissi shakllangan bo'lishi lozim. Ijodiylik hissi bo'lsa, pedagog izlanadi, imkon topadi. O'zini darsga hissiy tayyorlash pedagogda ijodiylik tuyg'usini keltirib chiqaradi. Ijodiylik hissili shakllantirishda quyidagilarga e'tiborni qaratish lozim:
  • material bilan ishlashda undagi asosiy o'rinlarni qidirib topish;


  • auditoriyaga murojaat qilish, ya'ni muloqotda ijodiylikka e'tibor berish;


  • darsdan qoniqishni his qilish.


Eng muhimi pedagog o'zining darsdagi hissiy munosabatlarini aniqlab olishidir. Ko'pgina pedagoglar ohangga, imo-ishora, yuz ifodasiga, badiiylikka ko'p e'tibor qaratsalar, ayrimlari faqat mantiqqa va isbot-dalillarga ahamiyat beradilar. Pedagoglarning fikricha, darsda o'quvchining o'quv materialini qanday idrok qilishi muhimdlr. Shundagina unda ijodiylik tug'iladi. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, ijodiylik hissini mustahkamlash uchun o'zining materialga nisbatan hissiy munosabatining tashqi ifodasini saqlay bilish kerak. Buning uchun esa oynaga qarab so'zlash, fikran dars jarayonini his qilish, misollarni ko'proq keltirish,


buyuk shaxslar faoliyatidan aniq vaziyatlarni keltirish hamda darsga tezda moslashish katta ahamiyatga ega. Pedagog o'ziga darsga kirishdan avval ko'rsatma (vazifa) berishni o'rganishi lozim. Dars jarayonida va darsdan so'ng pedagog o'zini tahlil qilib borishi yaxshi natijalarga olib keladi. Dars rejasini iloji boricha maydalashtirib, ya'ni boiaklarga bo'lib olib matn tayyorlansa, dars jarayoni yaxshi tashkillanadi, pedagog ijodiylik hissi asosida dars o'tadi.
Pedagog o'zida ijodiylik hissini shakllantirish va boshqarish uchun quyidagi autotreninglarni qo'llashi mumkin:
—men tinch-xotirjamman;
—men ishonch bilan dars o'ta olaman;
—bolalar meni tinglashadi;
—men darsga yaxshi tayyorlanganman;
—dars juda qiziqarli bo'ladi;
—bolalarning men bilan birga bo'lishlari juda qiziqarli;
—kayfiyatim yaxshi;
—menga darsda ishlash yoqadi.


    1. Download 185.38 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling