Ziddiyatli vaziyatning obyektiv rejasini idrok qilish. Ziddiyatni bartaraf qilayotganda chegarani his qila bilish kerak. Ya'ni «kutish» va «harakat qilish» orasidagi chegarani aniqlash ko'nikmasi bo'lishi zarur.
O'z-o'ziga baho berishning past bo'lishi passivlikka olib keladi: aslida u voqealarga faol yondasha olishi, atrofdagilar kutayotgan xulq-atvorni namoyon qila bilishi zarur. Opponent uchun o'ziga yuqori baho berish ziddiyatli vaziyatni to'g'ri idrok qila olmaslikka, tez va oson g'alabaga erishishni kutishga olib kelsa, o'ziga past baho berish vaziyatning murakkabligini kuchaytirib idrok qilish, muvaffaqiyatga erishishga ishonmaslik, ziddiyatdan kelib chiqadigan salbiy oqibatdan himoyalanishga olib keladi.
Ish usullarini tanlash. O'ziga yuqori baho beradigan opponent ziddiyatli vaziyatda ishonch bilan, qat'iy turib o'zining nuqtayi nazarini bayon qiladi. O'ziga past' baho beradigan opponent esa o'zini himoya qilishga harakat qiladi. O'ziga yuqori baho beradigan opponent egoistik (lavozimidan ajrab qolishdan qo'rqish, moddiy manfaatdorlik, o'zining xavfsizligini saqlab qolish) motivlarini asosiy o'ringa qo'ygan holda harakat qiladi. Uning usullari maqsadga emas, opponent shaxsiga qarshi yo'naltirilgan bo'ladi.
Kelishuvchanlik munosabati. Bu so'zning ma'nosi o'zaro chekinishga rozi bo'lish deganidir. Ziddiyatning maqsadiga kelishuvchanlik yo'li bilan qisman erishish mumkin. Maqsadga erishish imkoniyatlari to'la yo'qolgan bo'lsa kelishuvchanlik vujudga keladi.
Omadsizlikka munosabat. Ziddiyatni bartaraf qilayotganda o'ziga past baho beradigan opponentda bunday holat sodir bo'lishi mumkin. Omadsizlikka konstruktiv munosabat xatolarni tan olish, o'zining kuchsiz tomonlarini his qilishda ko'rinadi. O'ziga yuqori baho beradigan opponent yutqazsa ham aybni boshqa qatnashchilarga qo'yadi. Past baho beradigan opponent esa o'zidan ayb qidiradi. Nizoga borayotganda nima uchun bu nizo kelib chiqqanligi, oqibati nimalarga olib kelishi, qanday yutuqlarga erishish mumkinligini o'ylab harakat qilish joiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |