Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi


 Sotsial nazorat va ijtimoiy qoidalar


Download 499.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/38
Sana12.11.2023
Hajmi499.21 Kb.
#1768376
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
Bog'liq
мулокот маданияти

3.3. Sotsial nazorat va ijtimoiy qoidalar 
Muloqot maqsadlari kishilarning birgalikdagi faoliyat ehtiyojlarini aks ettiradi. 
Bu hoi quruq safsatabozlikning, ya'ni fatik muloqotning, kommunikatsiya 
vositalarining birgina muloqot jarayonining o'zini hosil qilishdan iborat yagona 
maqsad yo'lida tuturuqsizlik bilan foydala-nilishini istisno etmaydi. 
Kishilar muloqotga kirishar ekan, savol berish, buyruq, iltimos qilish, biror 
narsani tushuntirish bilan birga o'z oldiga boshqalarga ta'sir etish, shu narsani 
ularga tushuntirish maqsadini qo'yadi. Muloqotning maqsadi kishilarning 
birgalikdagi faoliyatga ehtiyojini aks ettiradi. Bunda muloqot shaxslararo o'zaro 
ta'sir sifatida namoyon bo'ladi, ya'ni kishilarning birgalikdagi faoliyati jarayonida 
paydo bo'luvchi aloqa va o'zaro ta'sirlar yig'indisidir. Birgalikdagi faoliyat va 
muloqot ijtimoiy nazorat sharoitida ro'y beradi. Jamiyat ijtimoiy me'yorlar sifatida 
maxsus xulq-atvor namunalari tuzilishini ishlab chiqqan. Ijtimoiy norma 
(me'yor)lar ko'lami nihoyatda keng — mehnat intizomi, harbiy burch, 


vatanparvarlik, xushmuomalalik qoidalari ana shular jumlasidandir. Ijtimoiy 
nazorat muloqotga kirishuvchilar bajaradigan rolning «repertuar»iga mos holda 
namoyon bo'ladi. 
Psixologiyada «rol» deganda ijtimoiy (sotsial) mavqeni egallab turuvchi har bir 
kishidan atrofdagilar kutadigan, normativ tomonidan ma'qullangan xulq-atvor 
namunasi tushuniladi. (Yosh, mansab, jins va oiladagi, o'qituvchi va o'quvchi, 
shifokor va bemor, katta kishi yoki bola, boshliq yoki xodim, ona yoki buvi, erkak 
yoki ayol, mehmon yoki mezbon rolida namoyon bo'lishi mumkin.) O'z navbatida 
har bir rol o'ziga mos talablarga javob berishi kerak. 
Bir kishi turli muloqot vazifalarida turli rollarni bajarishi mumkin. Masalan, 
xizmat joyida direktor, kasal bo'lsa vrach ko'rsatmalariga itoat etuvchi bemor
oilada keksa ota-onasining qobil farzandi, mehmondo'st oila boshlig'i bo'ladi. Turli 
rollarni bajaruvchi kishilarning o'zaro munosabati rolli kutishlar bilan boshqariladi. 
Xohlaydimi yoki yo'qmi atrofdagilar undan ma'lum namunaga mos keluvchi xulq-
atvorni kutadilar. Agar rol yaxshi bajarilmasa ijtimoiy nazorat tomonidan 
baholanadi, ozmi-ko'pmi cheklashlar qilinadi. 
Turli xil rollarni bajarayotgan kishilarning o'zaro birgalikdagi harakati rollar 
ehtimoli bilan boshqariladi. Rolning qanday bajarilishi sotsial nazorat ostida 
bo'ladi, ijtimoiy jihatdan baholanadi, namunadan chetga chiqish esa qoralanadi. 
Jumladan, ota-onalar mehribon, xushmuomala, bolaning aybiga nisbatan 
shafqatliroq bo'lishlari kerak. Bu rollar ehtimoliga mos bo'lib tushadi va ijtimoiy 
jihatdan ma'qullanadi. Ammo atrofdagilarga ota-onaning mehribonligi haddan 
oshib ketayotgani sezilib turadi va qoralanadi. Vaqti kelganda ota-ona bolaga 
nisbatan qattiqqo'l, talabchan bo'lishi lozim. Shunday qilib, o'zaro birgalikda 
harakat qilayotgan kishilar xulq-atvorining bir-birlaridan kutgan taxminlariga 
mosligi muloqot jarayonida muvaffaqiyatga erishishning zarur sharti hisoblanadi. 
Pedagog kommunikativ madaniyatga erishish uchun quyidagilarga ahamiyat 
berishi lozim: 
—bolani sabr-toqat bilan tinglash madaniyati; 
—unga qiziqarli bo'lmasa ham bolani diqqat bilan tinglash


— bola zerikayotganligini sezib, mavzuni boshqa qiziqarli tomonga burib 
yuborish; 
— suhbatlashishdan avval bolaning kayfryatini ko'tarishga harakat qilish; 
— bozor iqtisodiyotiga mos keladigan muloqot madaniyatini o'zlashtirishni 
ta'minlash. 
O'qituvchi o'zi uchun boshqalar bilan bo'ladigan muloqotning yaxlit portretini 
tuzib olishi kerak. Bu auditoriya bilan bo'ladigan munosabatlarni tashkil qilishiga 
yordam beradi. Pedagogik muloqot — o'quv jarayonining muhim qismi 
hisoblanadi. 

Download 499.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling