Psixomotor ko'rsatkichlari bo'yicha asab tizimi xususiyatlarini aniqlash


Download 4.85 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi4.85 Kb.
#1757279
Bog'liq
Psixomotor ko\'rsatkichlari bo\'yicha asab tizimi xususiyatlarini


Psixomotor ko'rsatkichlari bo'yicha asab tizimi xususiyatlarini aniqlash (Tepping-test metodikasi)


Asab tizimining asosiy xususiyatlarini aniqlash amaliy va nazariy tadqiqotlarda katta ahamiyat kasb etadi. Asab tizimi xususiyatlarini tashxis (diagnostika) qiluvchi ko'pchilik laborotoriya metodlari tajriba uchun maxsus sharoit va jixozlar talab etiladi. Ular ancha murakkab hisoblanadi. Tepping test ekspress-metodikasi bu qiyinchiliklardan mustasno.


Tajriba maqsadi: Tepping-test bilan tanishish. Psixomotor ko'rsatkichlar asosida sinaluvchining nerv sistemasi xususiyatlarini o'rganish.
Tajriba materiali: uch qatordan 6 ta to'rtburchakka ajratilgan (203x283) hajmdagi standart blanka, sekundomer, qalam.
Tajribaning borishi: Eksperimentator "boshladik" deb buyruq beradi, so'ngra har 5 sekunddan so'ng "boshqa kvadratga o'ting" deb buyruq berib boradi.
6-chi kvadratda ishning 5 sekundi tugagach, eksperimentator "To'xtating" buyrug'ini beradi.
Sinaluvchiga ko'rsatma: "Eksperimentator buyrug'idan so'ng, siz blankadagi kvadratlardan biriga keyingi buyruqdan so'ng boshqalariga nuqta qo'yishni boshlashingiz kerak. 5 sekund davomida imkon boricha ko'proq nuqta qo'yishga harakat qiling. Bitta kvadratdan ikkinchisiga o'tish eksperimentator buyrug'i bilan, ishni bo'lmasdan va albatta soat strelkasi yo'nalishi bilan amalga oshiriladi. Har doim o'zingiz uchun eng maksimal tezlikda (tezlik) ishlang. O'ng (yoki chap) qo'lingizga qalamni olib, standart blankadagi birinchi kvadrat yoniga qo'ying.
Natijalarni qayta ishlash:
Har bir kvadratdagi nuqtalar sonini hisoblash.
Kordinata o'qining gorizontal chizig'ida esa har bir kvadratdagi nuqtalar soni joylashtiriladi. (1rasm).
3) Vertikal chiziqda esa har 5 sekunlik vaqt oralig'i.


Natijalar taxlili: Nerv jarayonlarining kuchi nerv tolalari va umuman asab tizimining ishchanlik darajasini ko'rsatadi.
Kuchli asab tizimi, kuchsiz asab tizimiga nisbatan katta xajmdagi (nagruzka) quvvatni ko'tara oladi.
Metodika qo'l harakati dinamikasining maksimal tempini aniqlash imkoniga ega. Tajriba asta sekin avval o'ng, so'ngra chap qo'lda bajariladi.

Maksimal temp dinamikasi shartli ravishda 5 (besh) tipga ajratiladi


Qavarik tip- ishning birinchi 10-15 sekundi davomida temp maksimal darajaga ko'tariladi; keyingi 25-30 sekunda esa imkoniyatdan pastga tushishi kuzatiladi. Bu tip sinaluvchining kuchli asab tizimi xususiyatiga ega ekanligidan dalolat beradi.
Tekis tip-ishdagi maksimal temp butun ish davomida taxminan bir maromda boradi. Bunday tipdagi sinaluvchining asab tizimi o'rta kuchga ega.
Kuchsiz tip-ishda maksimal temp birinchi 65 sekunddayoq tushib tajriba davomida pastligicha saqlanadi. Bu tipdagi sinaluvchining asab tizimi kuchsiz hisoblanadi.
Oralaq tip-ishning tempi birinchi 10-15 sekundan so'ng pasayadi. Bunday tip o'rtacha va kuchsiz tiplarining oralig'ini tashkil etib, Qo'rtacha Qkuchsiz tip sifatida qaraladi.
Botiq tip-boshdan pasaygan maksimal tempning, keyinchalik tempning qisqa muddatli ko'tarilishi bilan almashish darajasi. Bu tipdagi kishilar qobiliyatlarining qisqa muddatli yo'nalishi, (mobilizasiya) to'planishi evaziga harakat qiladi va ular ham o'rtacha-kuchsiz tipga kiritiladi.


Maksimal temp harakatlari dinamikasi tiplari
Grafik: a-qavariq (.....), b-tekis tip (....), v-oraliq va botiq (Y .....) g) kuchsiz (....). Gorizontal chiziq-boshlang'ich 5 sekund ichidagi temp darajasi hisoblanadi.
Test asosan shaxsning ko'p faktorli metodikalari qatorida qo'llaniladi. Asosan kasb tanlash, kasbga yo'naltirish (psixologik maslahat berildi) individual faoliyat uslubini rivojlantirish uchun foydali hisoblanadi. Test individual tarzda o'tkaziladi va 2 minut vaqt talab etadi.
Download 4.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling