Ptentlashtirish va texnologiyalar transferi sektori sharof rashidov nomidagi


Download 1.28 Mb.
Sana22.06.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1650372
Bog'liq
Sanoat namunalari


www.patent.samdu.uz
PTENTLASHTIRISH VA TEXNOLOGIYALAR
TRANSFERI SEKTORI
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERISITETI
●Intellektual mulk obyektlari●
Ushbu taqdimot patentlashtirish sektori intellektual mulk obyektlarining muhofazasi sohasida TIQQM xizmatlaridan foydalanuvchilarga axborot va ilmiy metodik yordam ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqildi !
  • Intellektual mulk huquqi - inson ijod qilish natijasida badiiy asar, pyesa, qo'shiq, ixtiro va boshqalarni yaratish, ulardan foydalanish bilan bog'liq munosabatlarni tartibga soladi, shuningdek, ularga nisbatan huquqlarni muhofaza qilishni tartibga soluvchi normalar yig'indisi hisoblanadi.

Intellektual mulk huquqi
  • Intellektual mulkni qonuniy himoya qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilangan, lekin inson ijodi natijalari o'z-o'zidan huquqiy muhofazaga olinmaydi;
  • Birinchi navbatda, intellektual mulkka boʻlgan huquqlarni belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan olish uchun berilgan talabnoma (ariza) kiritish lozim bo'ladi, so'ng barcha (rasmiy va tovar belgisi) ekspertizalari o'tkazilgandan so'ng intellektual mulkka guvohnoma (patent) beriladi.

Intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish uchun nima qilish kerak?
  • Davlat ro'yxatidan o'tkazish va guvohnoma (patent) olish intellektual mulkdan noqonuniy foydalanish, ya'ni iste'molchilarni chalg'itish, ixtirochi va muallif(lar)ning obro'siga putur yetkazish, moddiy-ma'naviy zarar keltirish, shartnomasiz (lisenziya shartnomasiz) o'zlashtirib olish kabi xatti-harakatlarni oldini olish uchun kerak.

Davlat ro'yxatidan oʻtkazish nima uchun kerak?
  • Intellektual faoliyat natijalari (fan, adabiyot va san'at asarlari, ijrolar va kompyuter dasturlari);
  • Tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar (firma nomlari, tovar (xizmat ko'rsatish) belgilari, tovarlar chiqarilgan joy nomi);
  • Intellektual faoliyatning boshqa natijalarini aks ettiruvchi vositalari kiradi.

Intellektual mulkka:
Enter title
Enter title
Sanoat namunalari
2
  • Sanoat namunalariga buyumning tashqi ko'rinishini belgilaydigan uning badiiy-konstruktorlik yechimi taalluqlidir. Buyum deganda sanoat yoki hunarmandchilik ishlab chiqarilishidagi istalgan buyum, xususan tarkiblardan tuzilgan buyum, tarkiblardan tuzilgan buyumni yig'ish uchun mustaqil komponentlar tushuniladi;
  • Sanoat namunasi sifatida talabnoma berilgan ob'yektga, agar u yangi va original bo'lsa Agentlik tomonidan ro'yxatga olinib patent beriladi va huquqiy muhofaza qilinadi.

Enter title
Enter title
2
Talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi lozim:
  • O'zbekiston Respublikasi patentini berish to'g'risida sanoat namunasining muallifi (hammualliflari) va nomiga patent so'ralayotgan shaxs, shuningdek, ularning yashash joylari va turar joylari ko'rsatilgan ariza;
  • Buyum, maket yoki rasmni aks ettirgan, buyumning tashqi ko'rinishi haqida to'liq atroflicha tasavvur beradigan tasvirlar jamlamasi (buyumning tasviri fotosuratlar yoki boshqa ko'rinishda taqdim etilishi, shu jumladan kompyuter grafikasi vositasida bajarilgan bo'lishi mumkin);
  • Sanoat namunasining muhim alomatlar majmuini o'z ichiga olgan tavsifi;
  • Buyumning umumiy ko'rinishining chizmasi, ergonomik sxemasi, konfeksion kartasi, agar ular sanoat namunasining mohiyatini tushunish uchun zarur bo'lsa;
  • Patent olish uchun topshirilgan talabnomalarga belgilangan miqdorda patent boji to'langanini tasdiqlovchi hujjat yoki patent bojini to'lashdan ozod qilish uchun yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlovchi hujjat ilova etiladi.

Davlat boji:
  • Talabnoma berganlik uchun, patent berishga, rasmiy ekspertiza o'tkazishga va maʼlumotlarni e'lon qilishga talabnoma berish bitta ixtiroga - BHMning 1 baravari.

  • Rasmiy ekspertiza:
  • Talabnoma topshirilgan sanadan boshlab 2 (ikki oy) o'tgandan keyin Agentlik tomonidan o'tkaziladi.

  • Sanoat mulki ob'yektiga patent berish:
  • Sanoat mulki obyektiga patent berish ob'yekt ro'yxatga olinganligi haqidagi ma'lumotlar rasmiy axborotnomada e'lon qilingan sanadan e'tiboran 10 (o'n) kun o'tganidan keyin Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.

2
www.patent.samdu.uz
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
● Thank You ●
Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling