Ptm bitiruvchisi quyidagi umumiy kompetentsiyalarga EGA bo`lishi kerak
Download 16.62 Kb.
|
kompetensiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi kasbi ta’lim dasturini o`zlashtirgan bitiruvchi quyidagi kasbiy kompetentsiyalarga ega bo`lishi kerak
4.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi kasbi bitiruvchilari umumiy kompetentsiyasuga qo`yiladigan talablar: PTM bitiruvchisi quyidagi umumiy kompetentsiyalarga ega bo`lishi kerak: UK-1. Kasbiy faoliyat doirasida vujudga keladigan turli masalalar yechimini topish usullarini tanlay olish; UK-2. Rahbar tomonidan belgilangan maqsadga erishish uchun jamoada ishlay olish; UK-3. O’zining kasbiy malakasini va shaxsiy kamolotini takomillashtirib borish; UK-4. Jamoada va ma’lum vazifani bajarishga yo’naltirilgan guruhda ishlash, hamkasblar, rahbarlar va mijozlar bilan samimiy, xushmuomala va samarali muloqot qilish; UK-5. Ta’lim olgan tilida fikrini og’zaki va yozma ravishda ravon bayon qilish; UK-6. Umuminsoniy fazilatlarga ega bo’lish, o’z millatini va Vatanini sevish, u bilan faxrlanish, milliy urf-odatlar, qadriyatlarni hurmat qilish; UK-7. Professional vazifalarni samarali bajarish uchun zarur bo’ladigan ma’lumotlarni qidirish; UK-8. Kasbiy faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash; UK-9. Kasbga doir hujjatlar bilan ishlash; UK-10. Kasbiy faoliyatda xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi qoidalariga amal qilish; UK-11. Sanoat va nosanoat tashkilotlarda vujudga keladigan chiqindilarni atrof-muhitga zarar yetkazmaslik choralarini koʻrish va utilizatsiya qilish; UK-12. Sohaga oid ekologik madaniyatga rioya qilgan holda faoliyat olib borish; 4.2. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi kasbi ta’lim dasturini o`zlashtirgan bitiruvchi quyidagi kasbiy kompetentsiyalarga ega bo`lishi kerak: 4.2.1. Tarbiyachi kvalifikatsiyasi bo`yicha: KK-1.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachisining turli yosh guruhlarida ta’lim-tarbiya jarayonini belgilangan me’yoriy huquqiy hujjatlar asosida rejalashtirish, tashkil etish va yuritish. KK-1.2. Maktabgacha ta’lim metodik fanlarini bilish hamda ta’lim jarayonida zamonaviy, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish va qo‘llash; KK-1.3. Maktabgacha ta’lim tashkilotining belgilangan kun tartibi jarayonida bolaning hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash; KK-1.4. Maktabgacha ta’lim tashkilotining turli yosh guruhlarida bolalarni jismoniy rivojlanishini ta’minlash, ertalabki badantarbiya, jismoniy mashg‘ulotlar, harakatli o‘yinlar va sport tadbirlarini tashkil etish hamda sog‘lomlashtirish ishlarini yuritish; KK-1.5. Bolalarni ta’lim jarayonida hayoti, sog‘lig‘i, xavfsizligi va madaniy gigienik ko‘nikmalarni rivojlantirish. KK-1.6. Bolalarning turli yosh guruhlarida erkin rivojlanishi, ijtimoiy munosabatlarga kirisha olishi, o‘zini namoyon etishi va his tuyg‘ularini ifodalay olish ko‘nikmalarni rivojlantirish; KK-1.7. Bolalarni og‘zaki nutqini rivojlantirish, muloqatga o‘rgatish va boshlang‘ich savodga tayyorlash hamda o‘qish, yozish malakalarini rivojlantirish; KK -1.8. Bolalarning rivojlanish sohalari kompetensiyalari asosida maktab ta’limiga tayyorlash. КК-1.9. Turli yosh guruhlarida bolalarning elementar matematik tushunchalarini shakllantirish, mantiqiy fikrlash, tasavvur va tafakkurlarini riovjlantirish. КК-1.10. Bolalarning musiqiy bilim-ko‘nikmalarini riovjlantirish va ijodiy layoqatlarni o’stirish. КК-1.11. Bolalarga Vatanga muhabbat tuyg`usini, oila, o`z xalqining milliy, tarixiy madaniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo`lish, atrof-muhitga extiyotkorona munosabatni shakllantirish ishlarida ishtirok etish; KK-1.12. Bolalarning alohid ta’lim olishga bo`lgan ehtiyojlarini hamda individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish Download 16.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling