Ptm bitiruvchisi quyidagi umumiy kompetentsiyalarga EGA bo`lishi kerak


Download 16.62 Kb.
Sana08.01.2023
Hajmi16.62 Kb.
#1084253
Bog'liq
kompetensiya



4.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi kasbi bitiruvchilari umumiy kompetentsiyasuga qo`yiladigan talablar:
PTM bitiruvchisi quyidagi umumiy kompetentsiyalarga ega bo`lishi kerak:
UK-1. Kasbiy faoliyat doirasida vujudga keladigan turli masalalar yechimini
topish usullarini tanlay olish;
UK-2. Rahbar tomonidan belgilangan maqsadga erishish uchun jamoada
ishlay olish;
UK-3. O’zining kasbiy malakasini va shaxsiy kamolotini takomillashtirib
borish;
UK-4. Jamoada va ma’lum vazifani bajarishga yo’naltirilgan guruhda ishlash,
hamkasblar, rahbarlar va mijozlar bilan samimiy, xushmuomala va samarali
muloqot qilish;
UK-5. Ta’lim olgan tilida fikrini og’zaki va yozma ravishda ravon bayon qilish;
UK-6. Umuminsoniy fazilatlarga ega bo’lish, o’z millatini va Vatanini sevish,
u bilan faxrlanish, milliy urf-odatlar, qadriyatlarni hurmat qilish;
UK-7. Professional vazifalarni samarali bajarish uchun zarur bo’ladigan
ma’lumotlarni qidirish;
UK-8. Kasbiy faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash;
UK-9. Kasbga doir hujjatlar bilan ishlash;
UK-10. Kasbiy faoliyatda xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi
qoidalariga amal qilish;
UK-11. Sanoat va nosanoat tashkilotlarda vujudga keladigan chiqindilarni
atrof-muhitga zarar yetkazmaslik choralarini koʻrish va utilizatsiya qilish;
UK-12. Sohaga oid ekologik madaniyatga rioya qilgan holda faoliyat olib
borish;
4.2. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi kasbi ta’lim dasturini o`zlashtirgan bitiruvchi quyidagi kasbiy kompetentsiyalarga ega bo`lishi kerak:
4.2.1. Tarbiyachi kvalifikatsiyasi bo`yicha:
KK-1.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachisining turli yosh guruhlarida ta’lim-tarbiya jarayonini belgilangan me’yoriy huquqiy hujjatlar asosida rejalashtirish, tashkil etish va yuritish.

KK-1.2. Maktabgacha ta’lim metodik fanlarini bilish hamda ta’lim jarayonida zamonaviy, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish va qo‘llash;
KK-1.3. Maktabgacha ta’lim tashkilotining belgilangan kun tartibi jarayonida
bolaning hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash;
KK-1.4. Maktabgacha ta’lim tashkilotining turli yosh guruhlarida bolalarni
jismoniy rivojlanishini ta’minlash, ertalabki badantarbiya, jismoniy mashg‘ulotlar,
harakatli o‘yinlar va sport tadbirlarini tashkil etish hamda sog‘lomlashtirish
ishlarini yuritish;

KK-1.5. Bolalarni ta’lim jarayonida hayoti, sog‘lig‘i, xavfsizligi va madaniy gigienik ko‘nikmalarni rivojlantirish.

KK-1.6. Bolalarning turli yosh guruhlarida erkin rivojlanishi, ijtimoiy munosabatlarga kirisha olishi, o‘zini namoyon etishi va his tuyg‘ularini ifodalay olish ko‘nikmalarni rivojlantirish;

KK-1.7. Bolalarni og‘zaki nutqini rivojlantirish, muloqatga o‘rgatish va boshlang‘ich savodga tayyorlash hamda o‘qish, yozish malakalarini rivojlantirish;
KK -1.8. Bolalarning rivojlanish sohalari kompetensiyalari asosida maktab ta’limiga tayyorlash.
КК-1.9. Turli yosh guruhlarida bolalarning elementar matematik tushunchalarini shakllantirish, mantiqiy fikrlash, tasavvur va tafakkurlarini riovjlantirish.
КК-1.10. Bolalarning musiqiy bilim-ko‘nikmalarini riovjlantirish va ijodiy layoqatlarni o’stirish.

КК-1.11. Bolalarga Vatanga muhabbat tuyg`usini, oila, o`z xalqining milliy, tarixiy madaniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo`lish, atrof-muhitga extiyotkorona munosabatni shakllantirish ishlarida ishtirok etish;

KK-1.12. Bolalarning alohid ta’lim olishga bo`lgan ehtiyojlarini hamda
individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish
Download 16.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling