Pul — bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Pul umumiy tovarlarni ayrboshlashda asosiy vazifasini bajaradi Bank Bank


Download 35.31 Kb.
Sana12.10.2023
Hajmi35.31 Kb.
#1700194
Bog'liq
Buxgalteriya asosiy 2


“Buxgalter” atamasi nemis tilidan tarjima qilganda, buck–kitob, halter– tutish so‘zlarining birikmasi bo‘lib, kitob tutuvchi degan ma’noni anglatadi. Ingliz tilida so‘zlashadigan mamlakatlarda buxgalteriya hisobi “accounting” deb yuritiladi.
Buxgalter vazifalariga buxgalteriya yozuvlarini tekshirish va ichki nazorat tizimini tashkil etish, buxgalteriya hisobi tizimini ishlab chiqish, soliq hisob-kitoblarini tayyorlash kiradi
Buxgalter--- ichki boshqarish va tashqi iste’molchilarning maqsadlari uchun joriy va yakuniy axborotni olish bilan korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning xo‘jalik faoliyati ustidan uzluksiz kuzatish va nazorat qilish tizimidan iborat
Pul ----Pul — bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Pul umumiy tovarlarni ayrboshlashda asosiy vazifasini bajaradi
Bank --- Bank (italyancha: banco — stol) — kredit-moliya muassasasi; asosan, vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, oltin va chet el valyutalari bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanadi. to’lov va kreditlarga vositachilik qiluvchi muassasa
Xoʼjalik hisobi - xoʼjalik faoliyatining rivojlanish istiqbollarini aniqlash, uni boshqarish va nazorat qilish maqsadida shu jarayonni miqdoriy
(qiymat, mehnat) aks ettirish va sifat jihatidan tavsiflashga aytiladi
Xo‘jalik hisobi --- 1 ) Operativ hisob 2) Statistik hisob 3) Buxgalteriya hisobi
Buxgalteriya hisobi – корхона, муассаса, ташкилот ва бирлашмаларнинг хўжалил маблағлари, уларни ташкил топиш манбалари ҳамда улар ҳаракати натижасида содир бўладиган хўжалик жараёнларини узлуксиз ва ёппасига кузатиб, кузатиш натижасида олинган маълумотларни ҳаммасини улчаш, баҳолаш ва текшириб, уларни ҳужжатларда тўлиқ ифодалаб акс эттириш, ҳамда уларни пул ўлчовида умумлаштиришдан иборат.
Buxgalteriya hisobining predmeti – korxonani xo‘jalik mablag‘lari va ularni tashkil topish manbalarini, ularni xo‘jalik jarayonlari natijasida o‘zgarib borishlarini yoppasiga, uzluksiz, qonun-qoidalarga asosan hujjatlarda to‘liq, aniq va to‘g‘ri aks ettirib borishdir
Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari deb quyidagilarni belgilash mumkin:
– korxona, tashkilot va muassasalarning xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan jarayonlarni kuzatib borish;
– kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni miqdor ko‘rsatkichlarda ifodalash;
– korxona, tashkilot va muassasalar xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan jarayonlarni hujjatlarda aks ettirish;
– korxona, tashkilot va muassasalar xo‘jalik faoliyati ustidan uzluksiz nazorat olib borish va unga ta’sir etish;
– buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar hamda majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
– samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
– moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzishdan iboratdir.
Buxgalteriya hisobining usullari; uni o‘rganishga qaratilgan usullar yig‘indisiga aytiladi. Ayrim usullar uning elementlari deb atalib, qo‘yidagilardan iborat bo‘ladi: hujjatlashtirish va invertarizasiya qilish, baholash va kalkulyasiya qilish, schyotlar tizimi va ikki yoqlama yozish usuli, buxgalteriya balansi va hisobot.

Buxgalteriya hisobining obyektlari- Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari


Buxgalteriya hisobining subyektlari bo‘lib, Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda uning tashqarisida joylashgan korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi
“Balans” so‘zi lotincha bo‘lib, uning aynan tarjimasi “bis”- ikki karra va “lans” tarozi pallasi, ya’ni tarozi ikkita pallasining tengligi degan ma’noni, muvozanat tenglik ramzini bildiradi.
Buxgalteriya balansi – muayyan sanaga pulda ifodalangan va xo‘jalik mablag‘larining turlari, tashkil topish manbalari bo‘yicha iqtisodiy guruhlashtirish hamda umumlashtirish usulidir
Buxgalteriya balansi ikki tomondan, uning chap tomoni aktiv, o‘ng tomoni esa passiv deb aytiladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlari– mol-mulkni uning tarkibi, joylashtirilishi va shakllantirish manbalarini, guruhlash hamda nazorat qilish usulidir.
“Debet” so‘zi lotincha bo‘lib “u qarzdor”, “Credit” so‘zi esa “ishondi” degan ma’noni bildirad
Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha schyotlar ikki ustundan iborat bo‘lgan jadval shaklida bo‘ladi. Schyotning nomi jadvalning yuqori qismida yoziladi. Ushbu jadvalning chap qismi “Debet” (D-t), o‘ng qismi “Kredit” (K-T) deb ataladi..
Aktivlar. Aktivlar ma’lum bir shaxs yoki biznes tashkiloti tomonidan egalik qilinadigan, o‘z ichiga naqd pul va ma’lum qiymatga ega bo‘lgan jumladan biznesdagi ko‘chmas mulk, transport vositasi, mebel va jihozlar, inventorlar va boshqa tashkilotlarning ulushi sifatidagi investitsiyalarni qamrab oladi.
“Passiv” – nofaol, xolis (betaraf) turmoq, tushuntirish kabi so‘zlarning ildizidan olingan. Tarixan bu atama dastlab faqat qarzga olingan mablag‘larga nisbatan, ya’ni uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlarga nisbatan qo‘llanar edi.
Aktiv schyot (A) - bu aktivlarni aks ettirishga mo‘ljallangan schyot bo‘lib, unda iqtisodiy resurslarning qoldig‘i va ko‘payishi schyotning debetida, kamayish esa kredit bo‘yicha aks ettiriladi.
Passiv schyot (P) - bu majburiyat va sarmoyani aks ettirishga mo‘ljallangan schyot bo‘lib, unda majburiyat va sarmoyaning qoldig‘i va ko‘payish schyotining krediti bo‘yicha, kamayish esa debet bo‘yicha aks ettiriladi.
Aktsiyadorlar jamiyati; ; ishlab chiqarish fondlari aktsiyadorlarning aktsiyalarni sotib olish yo‘li bilan qo‘shgan ulushlari hisobiga tashkil topadigan korxonadir.
Kapital; bu o‘z egasiga daromad keltiruvchi mablag‘ va resurs
Pул маблаглари - бу кассадаги накд пуллар ,депозитлар, валюта ва банкнинг бошка хисоб варакларидаги мабlag’lar
Даромадлар - хисобот даврида активларни ошишига ёки мажбуриятларни камайишига олиб келувчи иктисодий нафларнинг ошишидир.
Харажатлар - хисобот даврида активларни камайишига ёки мажбуриятларни ошишига олиб келувчи хисобот даври мобайнидаги иктисодий нафнинг камайишидир.
Фойда — бу даромадларнинг харажатлардан ошишидир, натижада капитал ошиши вужудга келади (мулкдорлар куйилмалари хисобига эмас). Зарар - бу харажатларнинг даромадлардан ошишидир, натижада корхона капитали камайиши вужудга кела
Inventarizatsiya ---natura shaklidagi mavjud mablag‘lar haqiqiysining buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga to‘g‘ri kelishini, majburiyatlar hisobda to‘g‘ri aks ettirilishini tekshirish usuli. U buxgalteriya hisobi ko‘rsatkichlari ishonchliligini va korxona mulki butligini ta’minlaydi.
Download 35.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling