Pul aylanishi va uning tarkibiy qismlari
Download 65.08 Kb.
|
PUL AYLANISHI VA UNING TARKIBIY QISMLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Pul aylanishi, uning mohiyati va tarkibiy qismlari
PUL AYLANISHI VA UNING TARKIBIY QISMLARI Reja: Pul aylanishi, uning mohiyati va tarkibiy qimlari Naqd pul aylanishi va uning xususiyatlari Naqd pulsiz hisob – kitoblarning zaruriyati va ahamiyati Naqd pulsiz hisob – kitoblarning tashkil etilishi va tamoyillari Naqd pulsiz hisob – kitob shakllari Naqd pulsiz hisob – kitoblarda plastik kartochkalardan foydalanish Tayanch iboralar Pulning naqd pullik va naqd pulsiz aylanishi. Pul aylanishini ayrim belgilari bo’yicha guruhlanishi. Monetar va fiskal siyosat. Naqd pul aylanishi subyektlari. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning zaruriyati va ahamiyati. Naqd pulsiz hisob – kitoblarni tashkil etilishi. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning unsurlari. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning tamoyillari. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning to’lov topshiriqnoma, to’lov talabnoma, akkreditiv, inkasso topshiriqnoma, hisob – kitob cheki, memorial order shakllari. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning plastik – kartochka shakli. Plastik kartochkalarni ayrim belgilari bo’yicha guruhlanishi. Hisob – kitob va to’lov intizomi ustidan nazorat va u bo’yicha qullaniladigan choralar. Pul aylanishi, uning mohiyati va tarkibiy qismlari Pul aylanishi – bu naqd pullik va naqd pulsizlik olib boriladigan hisob – kitoblarning yiђindisidir. Pul aylanishi asosan ikki belgiga: 1. Jami ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish 2. Pulni funksiyalariga ko’ra tarkibiy qismlarga bo’lish mumkin Jami ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish jarayoni bilan boђliq holda pul aylanishi: tovarlarni ishlab chiqarish va sotish, kapital qurilish bilan boђliq aylanishga, hamda tovar va ularning xarakati bilan boђliq bo’lmagan aylanishga bo’linadi. Tovar ishlab chiqarish va sotish jarayonidagi pul aylanishiga ishlab chiqarishga tegishli ishlab chiqarish vositalarini sotib olish, mahsulotni sotish, tegishli tashkilotlar bilan hisob – kitoblar olib borish kiradi, ikkinchisiga kapital qurilish va ta’minlash sohasidagi hisob – kitoblar kiradi. Tovar va ularni xarakati bilan boђliq bo’lmagan aylanishga milliy daromadni taqsimlash va kayta taqsimlash bilan boђliq to’lovlar va boshqa tovar xarakati bilan boђliq bo’lmagan to’lovlar kiradi. Pul funksiyalariga va to’lov turiga ko’ra pul aylanishi naqd pullik va naqd pulsiz aylanishga bo’linadi. Umuman pul aylanishi quyidagi belgilari bo’yicha guruhlanadi: 1. Pullik munosabatlarning turiga ko’ra: a) Tovar – moddiy qiymatlarni ayriboshlash jarayonidagi pul ayla-nishi b) Tovar xarakteriga ega bo’lmagan hisob – kitoblardagi pul aylanishi 2. To’lov usuliga ko’ra: a) Naqd pullik b) Naqd pulsiz 3. Pul munosabatlari ishtirokchilarining xududiy joylashishiga ko’ra: a) Bir xudud miqyosidagi pul aylanishi b) Xududlararo pul aylanishi 4. Pulni to’lov jarayonidagi ishtirokiga ko’ra: a) Aktiv pul aylanishi – to’lov jarayonida bevosita ishtirok etayotgan pul massasi b) Passiv pul aylanishi – ma’lum davr ichida, vaqtincha muomilada ishtirok etmayotgan pul massasi (jamђarmadagi, hisob – varaqlardagi bo’sh pul mablaђlari). Pul aylanishi holatini tartibga solish bo’yicha xukumat organlari tegishli tartibda monetar va fiskal siyosatini olib boradi. Monetar siyosat – mamlakatda pul massasi va pul bozorini tartibga solishdir. Monetar siyosatning bosh ђoyasi – iqtisodiy o’sishni bozor mexanizmi ta’minlaydi. Bu mexanizmning asosiy vositasi pul. Davlat yalpi talabga muomiladagi pul miqdorini tartibga solish bilan ta’sir etishi kerak. Bunga ko’ra muomiladagi pul miqdori = Yalpi milliy mahsulot Pul aylanishi soni xolida aniqlanadi. Download 65.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling