Pul aylanishi va uning tarkibiy qismlari
Naqd pulsiz hisob – kitoblarning zaruriyati va ahamiyati
Download 38.79 Kb.
|
Документ Microsoft Word (2) — копия
3. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning zaruriyati va ahamiyati
Mamlakatimizda pul aylanishining asosiy qismi naqd pulsiz hisob – kitoblarga to’ђri keladi. Naqd pulsiz hisob – kitoblar deganda korxona va tashkilotlar tomonidan tovar ayirboshlash, xizmatlar ko’rsatish va tovarsiz operasiyalar bo’yicha bir – biriga bo’lgan talab va majburiyatlarini naqd pul ishlatmasdan pul mablaђlarini schyotdan – schyotga o’tkazish orqali amalga oshirilishi tushuniladi. Mamlakat iqtisodi rivojlanib borgan sari pul oborotida naqd pulsiz hisob – kitoblarning ulushi ortib boradi. Shu asosda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 1998 yil 27 – iyunda №60 son bilan tasdiklangan «O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob – kitoblar to’ђrisida» Nizom qabul qilingan va unga 2002 yilni 12 yanvarida ayrim o’zgartirishlar kiritilgan. Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Banklar va bank faoliyati to’ђrisidagi, O’zbekiston Respublikasi korxonalari to’ђrisidagi Šonunlari va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining O’zbekiston xududida naqd pulsiz hisob – kitoblarni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy xujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan va Respublika makonida hisob – kitoblarni o’zluksiz bajarilishini ta’minlashga muljallangan. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning zaruriyati quyidagilar bilan belgilanadi: 1. Yalpi ichki mahsulot va milliy daromad xajmining ortib borishi; 2. Tovar aylanishi hajmini o’sishi; 3. Xo’jalik subyektlari o’rtasida hisob – kitob munosabatlarining oshishi; 4. Bank kreditining ayirboshlash jarayonidagi rolini o’sishi; 5. Iqtisodiy alokalarni rivojlantirishda va hisob – kitoblarda elektron hisoblash texnikasidan, kompyuterlardan keng ko’lamda samarali foydalanishni oshishi; 6. Naqd pulning kuprok miqdorda oldi – sotdi bilan shuђullanuvchi ishbilarmonlar qo’liga o’tib ketganligi; 7. Pulning davlat gaznasidan chiqib yana qaytib kelishi jarayonlarida uzilishlarning paydo bo’lishi; 8. Davlatning naqd pul yetishmasligi muammosiga duch kelishi va boshqalar Naqd bo’lmagan pul xarakati xajmining doimiy o’sib borishi xalq xo’jaligida muhim ahamiyatga ega va u quyidagilar bilan belgilanadi: 1. Xo’jalik subyektlarining naqd pulga bo’lgan ehtiyoji keskin qisqaradi; 2. O’zaro hisob – kitoblarni amalga oshirish jarayonidagi muomila xarajatlari tejaladi; 3. Muomiladagi pul mablaђlarining xavfsizligi kamayadi; 4. Hisob – kitoblarni banklar orqali amalga oshirilishi ularning xuquqiy jihatdan qonuniyligini ta’minlaydi. 5. Xo’jalik hisob varaђiga pul mablaђlarining kelib tushishi, ular yaratgan mahsulot yoki kursatgan xizmatlarnig ijtimoiy tan olinishi ta’minlanadi; 6. Xo’jaliklar o’rtasidagi aloqalarni mustaxkamlaydi, tovar – pul mablaђlari xarakatini tezlashtiradi; 7. Naqd pulga bo’lgan talabni va shu bilan birga qoђoz pullar emissiyasi va ularni saqlash bilan boђliq xarajatlarni kamaytiradi; 8. Hisob – kitoblarni banklar orqali o’tishi lozim bo’lgan soliqlar miqdorini to’ђri aniqlash bo’yicha nazoratni ta’minlaydi; 9. Muomilada naqd pul miqdorini kamayishi uning inflyasiya darajasini pasaytiradi va boshqalar Download 38.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling