Pul aylanishi – bu naqd pullik va naqd pulsizlik olib boriladigan hisob – kitoblarning yig’indisidir. -Pul aylanishi asosan ikki belgiga: - 1. Jami ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish
- 2. Pulni funksiyalariga ko’ra tarkibiy qismlarga bo’lish mumkin
-Jami ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish jarayoni bilan boђliq holda pul aylanishi: tovarlarni ishlab chiqarish va sotish, kapital qurilish bilan boђliq aylanishga, hamda tovar va ularning xarakati bilan boђliq bo’lmagan aylanishga bo’linadi. Umuman pul aylanishi quyidagi belgilari bo’yicha guruhlanadi: - 1. Pullik munosabatlarning turiga ko’ra:
- a) Tovar – moddiy qiymatlarni ayriboshlash jarayonidagi pul ayla-nishi
- b) Tovar xarakteriga ega bo’lmagan hisob – kitoblardagi pul aylanishi
- 2. To’lov usuliga ko’ra:
- a) Naqd pullik
- b) Naqd pulsiz
- 3. Pul munosabatlari ishtirokchilarining xududiy joylashishiga ko’ra:
- a) Bir xudud miqyosidagi pul aylanishi
- b) Xududlararo pul aylanishi
- 4. Pulni to’lov jarayonidagi ishtirokiga ko’ra:
- a) Aktiv pul aylanishi – to’lov jarayonida bevosita ishtirok etayotgan pul massasi
- b) Passiv pul aylanishi – ma’lum davr ichida, vaqtincha muomilada ishtirok etmayotgan pul massasi (jamђarmadagi, hisob – varaqlardagi bo’sh pul mablaђlari).
-Pul aylanishi holatini tartibga solish bo’yicha xukumat organlari tegishli tartibda monetar va fiskal siyosatini olib boradi. Monetar siyosat – mamlakatda pul massasi va pul bozorini tartibga solishdir. Monetar siyosatning bosh ђoyasi – iqtisodiy o’sishni bozor mexanizmi ta’minlaydi. Bu mexanizmning asosiy vositasi pul. Davlat yalpi talabga muomiladagi pul miqdorini tartibga solish bilan ta’sir etishi kerak. Bunga ko’ra muomiladagi pul miqdori = Yalpi milliy mahsulot Pul aylanishi soni xolida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |