--Naqd pullik hisob – kitoblarga kelganda naqd pulning xarakati bankdan boshlanadi. Naqd pul bankdan chikkach korxona va tashkilotlar kassasi orqali axoli kuliga utadi. Oldi – sotdi va to’lov xarakatlari bajarilgach u yana bankga qaytadi. - Mamlakatimizda naqd pul qullaniladigan pul aylanishi asosan quyidagi subyektlar o’rtasida bo’ladi.
- 1. Davlat va korxona, tashkilotlar, muassasalar o’rtasida (ish xaqi, tovar sotib olish, xizmat ko’rsatish bo’yicha to’lovlar va boshqalar)
- 2. Davlat va axoli o’rtasida (pensiya, nafaqa, byudjetga soliq to’lovlari va boshqalar)
- 3. Kredit tizimi va aholi o’rtasida (qarz olish, uni qaytarish, pulni jamђarmaga qo’yish va olish, yutuqlarni olish va boshqalar)
- 4. Korxona, tashkilot va muassasalar o’rtasida cheklangan holdagi naqd pul bo’yicha hisob – kitoblar, chunki ular o’rtasidagi hisob – kitoblar asosan naqd pulsiz amalga oshiriladi.
Pulning naqd aylanishi – bu naqd pul yordamida amalga oshiriladigan to’lovlar yiђindisidir. Bu aylanish pul o’zining to’lov va muomila vositasi funksiyalarini bajarishi bilan boђliq. Naqd pullar muomila vositasi sifatida aholi bilan korxona, tashkilotlar o’rtasida hamda aholi o’rtasidagi tovarlar sotib olinganda va sotishda qullaniladi. - Pul to’lov vositasi sifatida ish xaqi, nafaqalar, mukofotlar, yakka tartibdagi kurilish va boshqa maqsadlarga beriladigan kreditlar, sug’urta to’lov va qoplamalarini amalga oshirishda namoyon bo’ladi. - Undan tashqari naqd pulning aylanishi:
- - kommunal va maishiy xizmatlar uchun to’lovlarda
- - soliq va boshqa yiђimlar to’lovida
- - «O’zbekiston pochtasi» xizmatlari bo’yicha to’lovlarda
- - Temir yul, xavo yuli va mahalliy transportga to’lovlarda
- - savdoda tovarlarni sotishda
- - Šuyilmalarni quyish va olishda
- - mehnat xaqi, pensiya va nafakalar to’lovini amalga oshirishda va boshqa xolatlarda amalga oshiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |