Pul emissiyasi va uning shakllari Reja; kirish xalqaro valyuta tizimining mohiyati va tarkibi


Download 59.44 Kb.
bet6/6
Sana30.01.2024
Hajmi59.44 Kb.
#1808976
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pul emissiyasi va uning shakllari Reja; kirish xalqaro valyuta t-fayllar.org

4. Pul emissiyasi va O’zbekiston
Pul emissiyasi (lot. emisio, ing . emision — chiqarish) — davlat tomonidan muomalaga jami turdagi pul belgilarni chiqarish. Pul emissiyasi pul belgilarini bosib chiqarish bilan birga muomaladagi naqdva naqd boʻlmagan pul massasining koʻpayishini ham bildiradi. Pul emissiyasining asosiy shakllari kredit pullar — banknotlar va depozit-cheklar emissiyasi.
Baʼzi mamlakatlarda hukumat oʻz harajatlarini, byudjet taqchilligini qoplash maqsadida qoʻshimcha Pul emissiyasini amalga oshiradi, natijada inflyasiya kuchayadi. Koʻpgina mamlakatlarda Pul emissiyasi ni hukumat nomidan Markaziy bank amalga oshiradi.
Pul emissiyasida pullarni ko’p miqdorda chiqarib ham bo’lmaydi va bu pulni qadrsizlanishiga olib keladi. Muomaladagi pul massasini ortishi esa inflatsiyani vujudga keltiradi.O’zbekiston ham pulni emissiya qilish imkoniga ega,lekin inflatsiyani jilovlab turish uchun har doim ham pulni emissiya qib bo’lmaydi.Aholi daromadlarini tartibga solishda,malum sohalarni moliyalashtirish uchun davlat byudjetdan pullar ajratadi va ma’lum miqdorda emissiya ham qiladi.
Inflatsiya muomaladagi pul massasini ko’payib ketishi.Inflatsiya hozirgi kunda yurtimizda ko’tarilmoqda,xususan narx-navoning oshishi inflatsiya darajasini oshirmoqda.O’zbekistonda yillik inflatsiya darajasi 10.7% ni tashkil etadi. Yurtimizda inflatisiya darajasini tushirish uchun rejalar ishlab chiqilmoqda.Dollorga nisbatan so’mning qadrsizlanishi inflatsiya darajasini ishishiga olib keladi.Hozirda mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan inflatsiya o’sib bormoqda.Yog’ narxi katta osishi hisobiga inflatsiya oshib bormoqda.Inflatsiyani pasaytirishga oziq-ovqat mahsulotlarini narxini tushirish va aholi daromadlarini oshirish zarur.Yog’ va boshqa mahsulotlarni qimmat narxga eksport qilish emas,uni o’zimizda arzon narxlarda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish kerak.Narx-navoni pasayishi inflatsiyani pasayishiga olib keladi.
Aholi daromadlarini yuqoriligi hamda narx navoni me’yordaligi inflatsiya darajasini pasligini ifodalaydi.Rivojlangan davlatlarda ham inflatsiya mavjud lekin u ko’rinmas darajada.
Tashqi qarz hozirgi kunda har bir davlatda mavjud.Tashqi qarzni iqtisodiyotni tartibga solishda ijtimoy himoyaga muhtoj qatlamlarni ko’maklashish maqsadida olinadi.O’zbekiston tashqi qarzi esa yildan yilga o’sib bormoqda,ayniqsa 2020 pandemiya sharoitida juda ko’plab aholi ishsiz qolgani tufayli ko’plab mag’lag’lar ajratildi.Pandemiyani bartaraf etish uchun ham juda katta mablag’lar jalb qilindi.Shuni hisobiga 2020 yilda tashqi qarz katta miqdorda o’sdi.
2021 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldig‘i (davlat qarzi) 23,3 mlrd. dollar ekvivalentini yoki yalpi ichki mahsulotga (YAIM) nisbatan 40,4 foizni tashkil etmoqda.
Bu yangi davr boshlangan 2016 yilga nisbatan 2,5 barobar ko‘p demakdir.
Jami davlat tashqi qarzining neft va gaz (2,6 mlrd. dollar), elektr energetikasi (2,9 mlrd. dollar), transport (2,4 mlrd. dollar), kommunal soha (2,3 mlrd. dollar) va qishloq xo‘jaligiga (2,2 mlrd. dollar) jalb qilingan.
Eʼtiborlisi, O‘zbekistonda borgan sari abgorlashib borayotgan sohalarning yetakchilari aynan sanalganlar ekanidan hech ham taajublanmaslik kerak.
Tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish miqdori ham yildan-yilga ortmoqda. Xususan, o‘tgan 2020 yilda davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlari 1,8 mlrd. dollardan oshgan.
Bu yil davlat 5.5mlrd dollargacha qarz jalb qilmoqchi ekan bu degani esa qarzimiz salkam 30 mlrd dollarga yetadi degani.Qarz hozirda ancha ortda qolgan sohalarga jalb qilinmoqda.YAIMga nisbatan qarzni oshib ketishi iqtisodiyoni tarang ahvolga solib qoyadi.Shuning uchun davlat o’z oltin zaxiralarini eksport qilib qarzni uzib turadi lekin muntazam emas.
Tashqi qarz barcha davlatlarda mavjud va davlatlar o’rtasida oldi-berdida qarz olish berish ham rol o’ynaydi.Tashqi qarz davlatlar bilan aloqalarda ham rol o’ynaydi ya’ni investorlarni jalb qilish orqali qarz ortishi mumkin,lekin bir tomondan shu davlatga foyda ham bo’ladi.Investorlarni jalb qilish sifatli mahsulot yoki bino –inshootlar degani.Chet el kompaniyalari investetsiya kiritishgandan keyin soliqlar to’lashadi va yangi zamonaviy uskunalar ham jalb qilishadi.Tashqi qarzsiz davlat rivojlanishga ham erisha olmaydi.Import ham boshqa davlatlar bilan aloqalarni o’rnatishda muhim rol o’ynaydi,ayniqsa rivojlangan davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlashda muhim rol o’ynaydi.Davlat faqat eksport qilish orqali rivojlana olmaydi.
Pul emissiyasi ham tashqi qarz ham inflatsiyani ortishiga olib keladi.Davlat qarzlar orqali ko’proq rivojlanishga erishadi.Xitoy,Yaponiya va boshqa rivojlangan davlatlar bilan aloqalar ulardan olinadigan uskunalar ularning tajribasi hammasi iqtisodiyotni rivojlanishi uchun xizmat qiladi.

XULOSA
Diskont (hisob yuritish) siyosati - bir tomondan kapitallarni xalqaro harakatiga valyuta kursi va to’lov balansini, ikkinchi tomondan ichki kreditlar, pul massasi, baholar, yalpi talab dinamikasini ta'sir etishi orqali muvofiqlashtirishga yo’naltirilgan Markaziy bank hisob yuritish stavkasining o’zgarishi. Deviz siyosati - bu, milliy valyuta kursiga davlat organlari tomonidan xorijiy valyutani (deviz) oldi-sottisi orqali ta'sir etish uslubidir. Milliy valyuta kursini ko’tarish maqsadida Markaziy bank xorijiy valyutani milliy valyutaga sotadi, pasaytirish uchun esa aksincha sotib oladi. Deviz siyosati asosan valyuta intervensiyasi shaklida amalga oshadi. Valyuta intervensiyasi rasmiy oltin-valyuta zahiralari yoki markaziy banklarning banklararo "svop" kelishuvlariga asosan milliy valyutadagi qisqa muddatli o’zaro kreditlari hisobiga amalga oshiriladi.Valyuta siyosatining turli-tumanligi sifatidagi valyuta cheklovlari quyidagi maqsadlarni ko’zlaydi: 1) to’lov balansini birxillashtirish; 2)valyuta kursini qo’llab quvvatlash; 3)joriy strategik vazifalarni bajarish uchun valyuta qimmatliklarining davlat qo’lida to’planuvi. Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy munosabatlar jarayonida valyuta va tovar resurslarini qaytarishlik, muddatlilik hamda foiz to’lash shartlari asosida taqdim etilishi bilan bog’liq ssuda kapitalining harakatidir. Kreditorlar va qarz oluvchilar sifatida xususiy korxona (bank, firma)lar, davlat tashkilotlari, hukumatlar, xalqaro hamda hududiy valyuta-kredit va moliyaviy tashkilotlar maydonga chiqadi. Xalqaro kreditning manbalari bo’lib: korxonalardagi mablag’larning davriy aylanishi jarayonida vaqtincha bo’sh bo’lib qoladigan pul shaklidagi kapitalning bir qismi; banklar tomonidan yig'ib, jamlanadigan davlat va xususiy sektorning pul jamg'armalari hisoblanadi. Eksportni kreditlashning shakllaridan biri bo’lib akseptli-rambursli kredit hisoblanadi. Ushbu kredit eksportyor veksellarining uchinchi davlat banki tomonidan akseptlanishi hamda importyor tomonidan veksel summasini akseptant-bankka o’tkazilishi (ramburslanishi)ning bog’liqlikda amalga oshishiga asoslangan . Pul - bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Pul umumiy tovarlarni ayirboshlashda asosiy vazifasini bajaradi. Qadimda pul vazifasini turli xil tovarlar bajargan, masalan, chorva mollari, mol terilari, bolta va hokazo. Keyinchalik pul vazifasini qimmatbaho metallar bajargan, chunki ular o’zini sifatini yo’qotmaydi va pul o’rnini bosishda juda qo’l kelgan. Pul oddiy mahsulot bo’lib qolmay, u ijtimoiy qiymatga ega, ya'ni hamma tovarlarni harid etish vositasi bo’lib hizmat qiladi. Har bir mamlakat o‘zining puliga egadir. Chunonchi, dollar, funt sterling bir necha mamlakatlarning puli bo‘lib xizmat qiladi. Lekin ularning qiymati bir xil emas. AQSh, Kanada, Avstraliya dollarining qiymat miqdori farqlanadi. Shuningdek, O‘zbekiston va Qirg‘iziston so‘mlari ham bir xil emas. Pul birliklari paydo bo‘lganda ma‘lum miqdordagi qadr-qiymat asos qilib belgilangan. Milliy pullarning qadrliligi, boshqa pullarga nisbatan qiyosiy miqdori doimo o‘zgarib turadi. Chunki, bu iqtisodiyotdagi ko‘p tomonlar, hatto siyosiy o‘zgarishlar, mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar kabi ta‘sirlar natijasidir.Bozor iqtisodiyotini pulsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, hozirgi kunda odamlar pulga zarur tovarlar, xizmatlar sotib oladilar, pulni jamg‘arib boradilar, bankdan kreditlar oladilar, soliq to‘laydilar, pul shaklida mehnatlariga yarasha maosh oladilar va h.k. Nafaqat jismoniy shaxslar balki davlat, korxonalar, tabdirkorlar va boshqa iqtisodiyot sub‘yektlari ham pul vositasidan o‘z vazifalarini bajarish uchun keng foydalanadilar. Barcha makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar ham pul birligida o‘lchanib boshqa mamlakatlar ko‘rsatkichi bilan solishtiriladi. Shuning uchun ham pul doimo iqtisodchilarning diqqat markazida bo‘lgan, davlat miqyosida esa alohida pul-kredit siyosati olib boriladi va hozirgi zamon pulning tabiati chuqur o‘rganiladi. Tovar-pul munosabatlari hayotimizga keng kirib kelgan va pul shakllari o‘zgarib borsa ham ularning mohiyati, vazifalari, muhim roli saqlanib kelmoqda.So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan elektron to‘lov tizimlarini joriy etish va rivojlantirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar ko‘lamini kengaytirish hamda pul mablag‘larining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirishga oid chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Adabiyotlar:

  1. Karimov I.A Jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi,O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari.-T.:0’zbekiston -2009,7-bet


  2. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida.


Т.: O’zbekiston, 1995, 218-b.


  1. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. - Т.: O’zbekiston, 1995, 217-b.


  2. Shodmonov SH. Bozor iqtisodietiga o’tishda pulning yangi mazmuni va roli. Bozor, pul va kredit. Maxsus nashr, 2001, 9-b.


  3. Yusupov R.A. Bozor munosabaekiston. 1995 y.


  4. Shodmonov Sh.Sh.,Alimov R.X.,Jo'rayev T.T. Iqtisodiyot nazariyasi. Toshkent. :Moliya,2001.


  5. Yarmatov SH. CH. BOZOR IQTISODIYOTI VA BIZNES ASOSLARI. Maruzamatni. -Termiz.:2007 yil.


  6. Abdunazarov S. Iqtisodiyot nazariyasi.- Jizzax.: Politexnika-2010


  7. SH.SH.SHODMONOV, U.V.G’AFUROV .IQTISODIYOT NAZARIYASI.-T.:2010 yil


  8. Nabixo’jayev A. Inflyatsiya qisqarib bormoqda. “Iqtisod va hisobot”, 1995 y.


  9. Sultonov O., Mo’minov M. Mustaqillik va pul islohoti. -Т., “Melmat” 1992 y.


  10. O’lmasov A., To’xliyevN. Bozor iqtisodiyoti. Toshkent, QBT, 1991 y.


  11. Abdullayev Yo., Qoraliyev T. Pul. Toshkent-“Mehnat”-1996 у


  12. Arzumanyan S., Ravshanov X. Pul-kredit orqali muvofiqlashtirish. -T. 2003 y.


  13. Norqobilov S., Ravshanov X. Monetar siyosat. -T. 2003 y.




http://www.ceep.uz«O'zbekiston iqtisodiyoti» tahliliy sharh
http://worldbank.orgJahon banki
http://www.imf.ruXalqaro valyuta jamg'armasi
http://www.cbu.uzO’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari.
http://fayllar.org
Download 59.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling