Pul emissiyasi va uning shakllari Reja; kirish xalqaro valyuta tizimining mohiyati va tarkibi
Download 59.44 Kb.
|
Pul emissiyasi va uning shakllari Reja; kirish xalqaro valyuta t-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro valyuta tizimining rivojlanishi bosqichlari. Pul emissiyasi va uning shakllari haqida ummumiy malumot
Pul emissiyasi va uning shakllari Reja; kirish xalqaro valyuta tizimining mohiyati va tarkibi Pul emissiyasi va uning shakllari Reja; KIRISH Xalqaro valyuta tizimining mohiyati va tarkibi. Xalqaro valyuta tizimining rivojlanishi bosqichlari. Pul emissiyasi va uning shakllari haqida ummumiy malumot 4. Pul emissiyasi va O`zbekiston Xulosa Adabiyotlar KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Hozir davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi dunyo mamlakatlarining moliya-bank tizimiga, real sektor korxonalari faoliyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Ushbu salbiy ta'sirning oqibatlariga barham bеrish byudjеt, fiskal va monеtar siyosatlarning mazmuniga, taktik maqsadlariga sеzilarli darajadagi o`zgarishlar kiritilishiga sabab bo`ldi. Ushbu jarayonda Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan faol pul-krеdit siyosatini shakllantirish muhim o`rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, pul-krеdit siyosati makroiktisodiy o`sish barqarorligiga bеvosita ta’sir ko`rsatadi; ikkinchidan, pul-krеdit siyosati global inqiroz ta’sirida likvidliligini yo`qotib qo`ygan banklarning joriy likvidliligi va to`lovga qobilligini tiklash imkonini bеradi; uchinchidan, Markaziy bank pul-krеdit siyosati orqali inflyatsiya darajasiga bеvosita ta'sir kursatadi. Shu sababli, Markaziy Osiyo mamlakatlarida inqirozga qarshi choratadbirlar dasturini amalga oshirishda pul-kredit siyosatini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, O`zbekistonda, joriy bozor kon’yukturasi keskin yomonlashib borayotgan sharoitda korxonalarning tashqi bozordagi raqobatdardoshligini ta`minlash maqsadida, maxsulotlarni eksport qilayotgan korxonalarga aylanma mablag`larine to`ldirish uchun Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 70 foizidan ortiq bo`lmagan stavkalarda 12 oygacha bo`lgan muddatli imtiyozli kreditlar berish joriy qilindi. Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatini boshqarish uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga beriladigan mikrokreditlar yillik foiz stavkasi amaldagi 5 foizdan 3 foizga tushirildi1 . Bu esa, o`z navbatida, pul-kredit siyosatining taktik maqsadlaridan ichki talabni rag`batlantirish maqsadida foydalanish, pul-kredit siyosati instrumentlarining moslashuvchanlik darajasini oshirish zaruriyatini yuzaga keltiradi. ХХ asrlarning 50-60-yillarida xalqaro moliya va valyuta munosabatlarining rivojlanishida yangi davr boshlandi. Ochiq iqtisodiyotning umumiy rivojlanish tendentsiyasi savdoda tovar ayirboshlashning tezlashishiga, xalqaro moliyaning rivojlanishiga, yangi valyuta bozorlarini hosil bo`lishiga, mamlakatlar orasida valyuta-moliya munosabatlarini kengayishiga imkoniyat yaratmoqda.Jahon iqtisodiyotida valyuta munosabatlari pulning jahon puli funktsiyasi bilan bog`liq bo`lgan iqtisodiy munosabatlarda namoyon bo`ladi. Valyuta munosabatlari odatda milliy va xalqaro darajada amalga oshiriladi. Milliy darajada ular milliy valyuta tizimlari MVT) sohasini qamrab oladi. MVT – bu valyuta qonunchiligi bilan belgilanadigan davlat valyuta munosabatlarini tashkil qilish shaklidir. MVTning o`ziga xos tomoni u yoki bu davlat iqtisodiyotining, shuningdek tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanish darajasini xususiyatlari bilan ajralib turadi. Хalqaro valyuta tizimi ХVT) jahon xo`jaligi doirasida valyuta munosabatlarini tashkil qilish shaklidir. U jahon kapitalistik xo`jalik evolyutsiyasi 4 bosqichni bosib o`tgan) natijasida paydo bo`lib, huquqiy jihatdan davlatlararo kelishuvlar bilan rasmiylashtirilgan. Jahon iqtisodiyotida ХVTning asosiy vazifasi iqtisodiy o`sishni ta’minlashdan, inflyatsiyani kamaytirishdan, tashqi iqtisodiy almashuv va to`lov balansining mutanosibligini qo`llab-quvvatlash uchun xalqaro hisob-kitoblar va valyuta bozori sohasini tartibga solishdan iboratdir. Jahon iqtisodiyotida yevrobozorlarni rivojlanishi va xalqaro moliya bozorlarini baynalminallashuvi xalqaro iqtisodiy munosabatlar uchun tovarlar va bozorlarni rivojlanish va baynalminallashuvida xalqaro mehnat taqsimotini rivojlanishi kabi muhim ahamiyat kasb etadi. Kurs ishining vazifalari: pul emissiya va shakklarini, pul-kredit kontsepstsiyalarini tahlil qilish va guruhlash; jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida markaziy banklar tomonidan amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosatini tahlil qilish va o`ziga xos xususiyatlarini aniqlash; taraqqiy etgan mamlakatlar markaziy banklarining faol pul-kredit siyosatini shakllantirish borasidagi ilg`or tajribalarini tahlil qilish va ulardan Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O`zbekiston amaliyotida ijodiy foydalanish bo`yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni shakllantirish; Tadqiqot obyekti va predmeti. Download 59.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling