Pul-kredit sektori. Pul-kredit hisoblari va ularning tahlili


Download 97.72 Kb.
bet2/2
Sana05.01.2022
Hajmi97.72 Kb.
#203658
1   2
Bog'liq
Пример кейса Денежного сектора на узб

1. Pul massasi dinamikasi
Jadval 1. Yaponiyaning pul massasi ko'rsatgichlari mlrd AQSh dollari




2007

2008

2009

2010

2011

2012

2013

2014

2015

M2 mlrd $

719,58

734,6

754,49

775,39

796,61

816,52

845,97

874,83

907,13

M2 o'zgarishi

1,57%

2,09%

2,71%

2,77%

2,74%

2,50%

3,61%

3,41%

3,69%

M1 mlrd $

498,68

493,92

498,57

515,3

541,4

560,27

592,03

618,72

646,04

M1 o'zgarishi

0,69%

-0,95%

0,94%

3,36%

5,06%

3,49%

5,67%

4,51%

4,42%

Manba: https://www.statista.com/statistics/631617/japan-money-stock-m1-value/

Yuqoridagi jadvalda ko’rib turganimizdek, Yaponiyaning pul massasi miqdori yuqori hisoblanadi. Mamlakatning iqtisodiyoti va YaIM miqdori, aholi daromadari miqdori qanchalik yuqori bo’lsa pul massasi ham shunchalik yuqori bo’lishi mizga ayondir. Shu jumladan ham ko’rishimiz mumkinki, Yaponiyada M1 va M2 miqdori yuqori ko’rsatgichlardadir. Misol qilib aytadigan bo’lsak 2007-yilda M2 miqdori 719,58 mlrd AQSh dollarini tashkil qilgan. M1 miqdori esa 498,68 mlrd AQSh dollariga teng bo’lgan. M1 ning faqatgina 2008-ilda inqiroz sababli pasayishini hisobga olmasak barcha yillarda M1 va M2 pul massasi miqdori o’rtacha 2-4% atrofida oshib borgan. Ushbu ko’rsatgich 2015-yilga kelib esa M2=907,13 va M2=646,04 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilgan.



Diagramma 1. Pul massasi strukturasi

Manba: https://www.statista.com/statistics/631617/japan-money-stock-m2-value/

Yuqoridagi grafikdan ham shuni ko'rishimiz mumkinki, Yaponiyada pul massasi miqdori stabil ravishda oshim borgan. M1 va M2 miqdorlari umumiy tendensiyaning o’sish suratini qayd etgan. M2 miqdori 2007-yilda 719,58 mlrd AQSh dollarini tashkil qilgan bo’lsa 2015-yilga kelib ushbu ko’rsatgich miqdori 907,13 mlrd AQSh dollariga yetgan. Bu esa ushbu yillar mobaydida 26% ga o’sganini ko’rishimiz mumkin.
Iqtisodiyotning monetizatsiya koeffitsienti

Jadval 2. Iqtisodiyotning monetizatsiya koeffitsienti


Yillar

2016

2015

2014

2013

2012

2011

2010

2009

2008

2007

M2 GDP % da

242,4

236,1

237,4

235,3

231,2

227,9

217,5

218,5

201,2

195,7

Manba: https://knoema.ru/atlas/Япония/topics/Экономика/Финансовый-сектор-Денежная-масса/Широкий-показатель-денежной-массы-percent-от-ВВП

Ushbu jadvalda M2 miqdorning YaIM ga nisbatini ko’rishimiz mumkin. Bu ko’rsatgich yordamida mamlakatning iqtisodiy salohiyati va puldan foydalanish ko’rsatgichlarini birgalikda tahlil qilishimiz mumkin bo’ladi. Bunda ko’rinib turidiki, yillar mobaynida Yaponiyaning M2 miqdori YaIMga nisbati yuqori darajada bo’lib o’rtacha miqdori 200% dan yuqoridir. Yillar mobaynida esa ushbu ko’rsatgich miqdori oshib borgan. 2007-yildagi 195,7% miqdori 2016-yilga kelib 242,4% gacha oshganini ko’rishimiz mumkin. Bu esa Yaponiyada iqtisodiyot bilan birgalikda M2 miqdori ham jadal oshib borgan.



Diagramma 2. Iqtisodiyotning monetizatsiya koeffitsienti

Diagrammadan ham shuni ko'rishimiz mumkinki, umumiy M2 ning YaIMga nisbati foiz ko’rsatgichda berilgan grafikning umumiy tendensiyasi o’sib boruvchidir. Bu esa yillar o’zgarishi bilan umumiy trendni ifodalovchi ko’rsatgich ham oshib borgan. Bu esa iqtisdiyotning jadal jivolanishidan va pul muomalasining yanada oshganidan dalolat beradi.



Pul multiplikatori
Jadval 3. M2/Res nisbati (Pul multiplikatori)




2016

2015

2014

2013

2012

2011

2010

2009

2008

M2/res

9,86

8,41

9,13

9,58

11,31

10,83

11,31

10,87

9,84

Manba: https://knoema.ru/atlas/Япония/topics/Экономика/Финансовый-сектор-Денежная-масса/Отношение-широкого-показателя-денежной-массы-к-общим-резервам

Ushbu yuqoridagi jadval pul massalari bo’lgan M2 ning mamlakat reservlariga bo’lgan nisbatini ko’rishimiz mumkin. Bu ko’rsatgich har qanday davlatda uning zahiralarining miqdoriga ko’ra turlicha ko’rinish olishi mumkin. Bizga ma’lumki, Yaponiyaning zahiralari miqdori ham yuqori hisoblanadi. Ammo yaponiyaning M2 miqdori ham yuqori davlatlardan bo’lgani ham bu ko’rsatgichning turlicha o’zgarishini ko’rsatadi. Umumiy olib qaraydigan bo’lsak bu ko’rsatgich 10 ga teng miqdorni ko’rsatgan. 2008-yilda bu ko’rsatgich 9,84 ga teng bo’lsa 2016-yilga kelib esa deyarli bir xil bo’lgan 9,86 ni qayd etgan. Bu esa mamlakatning zahiralari va M2 miqdori o’smaganini emas har ikkala ko’rsatgichning bir xil trend ostida o’sganini ko’rsatadi.



Pul aylanish tezligi

Jadval 4. Pul aylanish tezligi

 

2016

2015

2014

2013

2012

2011

2010

2009

2008




GDP

4949,10

4394,20

4850,90

5155,30

6203,4 

6157,9 

5700,80

5231,50

5037,20




M2

938,62

907,13

874,83

845,97

816,52

796,61

775,39

754,49

734,6




GDP/M2

5,27

4,84

5,54

6,09

7,59

7,73

7,35

6,93

6,85




Manba: https://knoema.ru/atlas/Япония/topics/Экономика/Национальные-счета-Валовой-внутренний-продукт/ВВП

Yuqoridagi ko’rsatgich Yaponiyaning pul aylanish tezligini ko’rsatib beradi. Bunda ko’rsatgichlar qilib YaIM va M2 miqdorlari olingan. Bizga ma’lumki, Yaponiya ushbu yillar davomida YaIMning yuqori ko’rsatgichlarini qayd etgan. Shu bilan birgalikda M2 pul miqdori ham yuqoriligi ma’lum. Shunday ekan Ushbu ikki ko’rsatgichning nisbati ham turlicha bo’lishi mumkin. 2008-yilda bu ko’rsatgich 6,85 ga teng bo’lgan bo’lsa 2016-yilga kelib 5,27 ga teng bo’lgan. Har ikkala ko’rsatgich miqdorlariga qaraydigan bo’lsak, ular o’sish darajalarini ko’rsatgan, ammo M2 miqdori YaIM miqdoria nispatan yuqoriroq darajada o’sganligi sababli bu nisbat darajasi pasayganini ko’rishimiz mumkin. Bu esa mamlakatda pul muomilasi oshganidan dalolat beradi.



4. Pul massasi oshishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar

Jadval 5. Asosiy pul massasi omillari dinamikasi

 

2016

2015

2014

2013

2012

2011

2010

NFA

94 435 766

97 649 218

105 572 123

113 389 145

94 124 943

86 265 443 

80 485 220 

NFA o'zgarishi

-3,29%

-7,50%

-7,30%

20,99%

9,12%

7,18%

6,09%

NDC

1,422,824,342

1,346,094,482

1,303,956,917

1,249,701,583

1,199,410,750

1,159,388,382

1,152,391,477

NDC o'zgarishi

5.70 %

3.23 %

4.34 %

4.19 %

3.45 %

0.61 %

0.76 %

GDP MLN $

4 949 273 

4 394 977

4 850 413 

5 155 717 

6 203 213

6 157 459

5 700 098

NDC/GDP

2.84 %

-0.79 %

6.54 %

5.65 %

6.22 %

8.04 %

6.44 %

Manba: https://knoema.com/atlas/Japan/topics/Economy/Financial-Sector-Assets/Claims-on-central-government-percent-of-GDP

Yuqoridagi jadvalda Yaponiyaning bir nechta ko’rsatgichlari keltirilgan. Ushbu ko’rsatgichlar Yaponiyaning NFA, NDC va YaIM lardan iborat. Jadvaldan ushbu barcha ko’rsatgichlarning bir-biriga bog’liqligini ko’rishimiz mumkin. Bu ko’rsatgichlarning 2010-2016-yillar oralig’idagi o’zgarishiga qaraydigan bo’lsak, NFA ko’rsatgichining yillar mobaynida yuqorilab 2013-yilda uning o’sish miqdori 21%ga teng bo’lgan bo’lsa, keying yillarda pasaya boshlagan. Shu bilan birgalikda NDC miqdori esa yillar mobaynida stabil ravishda o’sib kelgan. Uning 2016-yilda o’sish darajasi 5,7% ni tashkil qilgan. NDCning YaIM ga nisbati esa turli dajarada osib kelgan bo’lsa 2015-yilda 0,79% ga pasayishi kuzatilgan. Bu NDC o’sish miqdorining past darajada bo’lgani bilan bog’liqdir.



5. Pul massasi va valyuta kursi dinamikasi
Jadval 6. Yaponiyaning pul massasi va valyuta kursi dinamikasi

 

2016

2015

2014

2013

2012

2011

2010

2009

2008

M2 o'zgarishi

1,57%

2,09%

2,71%

2,77%

2,74%

2,50%

3,61%

3,41%

3,69%

ER o'zgarishi

-10,12%

14,25%

8,55%

22,31%

-0,02%

-9,08%

-6,19%

-9,47%

-12,22%

Manba: https://knoema.ru/atlas/Япония/topics/Экономика/Финансовый-сектор-Обменные-курсы/Обменный-курс

Yuqoridagi jadval Yaponiyaning M2 va ER ko’rsatgichlari o’zgarishini ko’rsatib beradi. Bu ko’rsatgichlar bir biriga bog’liq hisoblanib, birining o’zgarishi ikkinchisiga albatta ta’sir qiladi. 2008-yil misolidan ko’rsak M2 o’sishi 3,69% ga teng bo’lgan va ER o’zgarishi -12,2% ni ko’rsatgan. Albatta ER yuqori tempda o’sgan va yuqori darajaga ko’tarilgan. Ushbu ko’rsatgich 2016-yilga kelib esa mos ravishda 1,57% va 10,12% ni tashkil qilgan. Bu orada eng kam o’zgarish 2012-yilda kuzatilgan.



Diagramma 3. Pul massasi va valyuta kursi dinamikasi

Manba: https://knoema.ru/atlas/Япония/topics/Экономика/Финансовый-сектор-Обменные-курсы/Обменный-курс



Yuqoridagi grafikda esa Yaponiyaning valyuta kursi va pul massasining umumiy grafigini ko'rishimiz mumkin. Yuqoridagi jadval tahlilida ko’rilganidek, grafikdan ushbu ko’rsatgichlarning turli darajada o’zgarganini ko’rishimiz mumkin. 2016-yilda bu ko’rsatgichlar miqdori turlicha o’zgargan. 2008-2011 yillar oralig’ida esa valyuta kursi o’zgarishi manfiy miqdorda bo’lgan. Ammo pul massasi o’zgarishi stabil ravishda musbat ko’rsatgichda bo’lgan. Bu esa Valyuta kursining o’zgarishi pul massasining o’zgarishiga juda kata kta’sir ko’rsatmaganidan dalolat beradi.
Download 97.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling