Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Konsepsiyasi I. Kirish


Pul-kredit siyosatining foiz instrumentlari


Download 131.52 Kb.
bet12/17
Sana11.05.2023
Hajmi131.52 Kb.
#1451785
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Pul kredit siyosati AS

Pul-kredit siyosatining foiz instrumentlari
Inflyatsion targetlash rejimida pul-kredit siyosatining foiz instrumentlaridan foydalanishda asosiy e’tibor tijorat banklarining likvidligini boshqarish maqsadlariga qaratiladi. Bunda bozor instrumentlarini qo‘llashni faollashtirish vazifalaridan kelib chiqib, Markaziy bank foiz instrumentlarining samaradorligi oshirib boriladi.
Xususan, ularning ta’sirini oshirish maqsadida likvidlik taqdim etish va tijorat banklarining mablag‘larini Markaziy bank depozitlariga jalb qilish operatsiyalarining turlari va hajmlarini kengaytirish nazarda tutilgan.
Pul-kredit siyosatining asosiy mo‘ljali sifatida monetar operatsiyalar bo‘yicha asosiy stavka va foiz koridori joriy qilinishi Markaziy bankning foiz instrumentlari ta’sirchanligini oshirish imkonini yaratadi.
Bundan tashqari, xalqaro tajribani hisobga olgan holda, pul-kredit siyosatining operatsion parametrlari qaytadan ko‘rib chiqiladi.
Kelajakda Markaziy bankning garov asosida kreditlash operatsiyalari muddatlari qayta ko‘rib chiqilib, ularning turlari optimallashtirilib umumlashtiriladi. Shu bilan birga, tijorat banklariga milliy valyutadagi ortiqcha zaxiralarni joylashtirish imkonini beruvchi depozit sxemalari joriy qilinib, bu foiz koridorining pastki chegarasini saqlab qolinishini ta’minlaydi.
Shu bilan birga, tijorat banklari likvidligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida garov ta’minoti turlari va tartibini kengaytirish orqali likvidlik berish mexanizmini takomillashtirish ko‘zda tutilmoqda.
Bank tizimidagi qisqa muddatli likvidlikni sifatli prognozlash masalasi pul-kredit siyosatining foiz instrumentlaridan samarali foydalanishda katta ahamiyat ega. Mazkur yo‘nalishda Markaziy bankning prognoz-tahlil imkoniyatlarini kuchaytiriladi, bu borada Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik va axborot almashinuvi yanada mustahkamlanadi.
Ochiq bozor operatsiyalari
Markaziy bank tomonidan bank tizimidagi likvidlikni tartibga solishning asosiy bozor instrumentlaridan biri ochiq bozor operatsiyalari hisoblanadi.
Pul-kredit siyosatining faol bosqichga o‘tish sharoitida bank tizimidagi likvidlikning maqsadli operatsion ko‘rsatkichlarga mosligini ta’minlashda ochiq bozor operatsiyalarini doimiy ravishda o‘tkazib borish ko‘zda tutilmoqda. Ochiq bozor operatsiyalari strategiyasini ishlab chiqishda quyidagilarga ustuvor ravishda e’tibor qaratiladi:

  • operatsion maqsadlarga erishish;

  • likvidlik oqimlarining keskin tebranishlarini qisqartirish;

  • pul bozoridagi foiz stavkalarini Markaziy bank foiz stavkasiga yaqin darajada shakllanishini ta’minlash;

  • instrumentlarning harajat va foydaliligining maqbul nisbatiga erishish;

  • bozorni yanada rivojlantirish va boshqalar.

Bunda, ochiq bozor operatsiyalarida foydalaniladigan instrument turlarini Markaziy bank tomonidan bosqichma-bosqich ko‘paytirilib boriladi.

Download 131.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling