Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Konsepsiyasi I. Kirish


Prudensial nazorat choralari


Download 131.52 Kb.
bet15/17
Sana11.05.2023
Hajmi131.52 Kb.
#1451785
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Pul kredit siyosati AS

Prudensial nazorat choralari
Bank tizimining moliyaviy mustahkamligi va barqarorligini ta’minlashga qaratilgan bank nazorati choralarining samarali qo‘llanilishi, pul-kredit siyosati ta’sirini oshirishning zaruriy shartlaridan biri hisoblanadi.
Bank nazoratini xalqaro amaliyot va andozalarga muvofiq holda takomillashtirilishi, bank tizimida raqobat muhitining kuchayishi hamda tijorat banklarining kredit siyosatida bozor mexanizmlarini keng qo‘llashni davom ettirilishi, o‘z navbatida, bank tizimiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlayda va pul-kredit siyosati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
V. Pul-kredit siyosatining oraliq rejimi
Xorijiy mamlakatlarning inflyatsion targetlashga o‘tish tajribasi ushbu rejimga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatmoqda.
Inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish tadbirlarini yakunlash uchun talab etiladigan uzoq muddatni inobatga olib oraliq davrda amalga oshiriladigan pul-kredit siyosati narxlar barqarorligini ta’minlash va zaruriy makroiqtisodiy sharoitlarni yaratish chora-tadbirlarini qamrab oladi.
Inflyatsion targetlashga o‘tish davrida asosiy e’tibor 2017-2021 yillarda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish va inflyatsion targetlash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleksida ko‘zda tutilgan rejalarni to‘laqonli bajarilishini ta’minlashga, iqtisodiy islohotlar davrida inflyatsion bosim va risklarning oldini olishga hamda iqtisodiy-huquqiy bazani mustahkamlashga qaratiladi.
Xususan, qonunchilik asoslarini mustahkamlash borasidagi tadbirlar “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarga, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni o‘z ichiga oladi.
Normativ-huquqiy hujjatlarga kiritiladigan o‘zgartirishlar asosan quyidagilarni nazarda tutadi:
- Markaziy bank operatsion faoliyati mustaqilligini mustahkamlash va narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasini Markaziy bankka yuklash;
- valyutani tartibga solishning ustuvor yo‘nalishlarini va aniq me’yorlarini o‘rnatish, shuningdek valyuta bozorini rivojlantirish hamda uning bir maromda faoliyat yuritishi uchun zaruriy sharoitlar yaratish;
- bank faoliyatini tartibga solishning bozor mexanizmlari va tamoyillarini qo‘llashni kengaytirish, shuningdek sohada raqobat muhitini kuchaytirishning kafolatlari hamda sharoitlarini ta’minlash va boshqalar.
Oraliq davrda amalga oshiriladigan asosiy vazifalardan biri Markaziy bankning valyuta bozorida market-meykerlik rolini pasaytirgan holda, valyuta bozorini rivojlantirish hamda almashuv kursi barqarorligini ta’minlashning bozor mexanizmlariga o‘tish hisoblanadi.
Bozor mexanizmlari ta’sirida almashuv kursining moslashuvchanligini oshirish, o‘z navbatida, ichki valyuta bozorining kengayishi va rivojlanishiga xizmat qiladi. Ushbu maqsadlarda oltin-valyuta rezervlarini maqsadli darajada saqlash bilan bir qatorda valyuta bozorida qimmatbaho metallarni sotishdan tushgan xorijiy valyutadagi daromadlarni muntazam ravishda sotish dasturini ishlab chiqish va joriy etish ko‘zda tutilmoqda.
Inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish uchun tayyorgarlik davrida Markaziy bankning ustuvor vazifasi samarali antiinflyatsion siyosat olib borish hisoblanadi. Ushbu maqsadga Markaziy bank instrumentlaridan moslashuvchanlik bilan foydalanish orqali qat’iy pul-kredit sharoitlarini saqlab turish orqali erishiladi.
Pul-kredit sharoitlari hamda inflyatsiya darajasini tahlil qilish, baholash va prognozlash ishlari ko‘rsatkichlarning keng to‘plamlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Bunda, narxlarni barqarorlashtirish siyosatini olib borishda asosiy ta’sir kanallarini aniqlash vazifasiga alohida e’tibor qaratiladi.
Shu bilan birga, pul-kredit siyosatining bozor instrumentlari turlarining kengayib borishi bilan bir qatorda maqsadli parametrlarga erishishga yo‘naltirilgan monetar operatsiyalar faollashtirilib, hajmlari mutanosib ravishda oshirilib boriladi.
2017-2021 yillarda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish hamda inflyatsion targetlash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleksida keltirilgan vazifalarning amalga oshirilishi, o‘z navbatida, moliya bozorlari rivojlanishiga xizmat qilib, pul-kredit siyosatining ta’sir kanallarini mustahkamlashga yordam beradi.
Shuningdek, ushbu davrda inflyatsiyani modellashtirish va prognozlash ishlarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi hamda shu asnoda pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish borasidagi qarorlar qabul qilish jarayonining sinovi amalga oshirib boriladi. Modellar takomillashtirilishi bilan inflyatsiyaning maqsadli miqdoriy ko‘rsatkichlari belgilanadi.
Umuman olganda, pul-kredit siyosatining oraliq rejimi inflyatsion targetlash rejimiga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida pul-kredit siyosatining barcha jarayonlari va uning instrumentlarini qayta ko‘rib chiqish hamda takomillashtirish borasidagi chora-tadbirlar majmuini qamrab oladi.

Download 131.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling