Pul, kredit va bank
Fransiyada davlat byudjeti g’azna ijrosining amal qilishi
Download 88.6 Kb.
|
farruxggg (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Qozog’iston Respublikasida g’aznachilik faoliyati
Fransiyada davlat byudjeti g’azna ijrosining amal qilishi
Fransiyada g’aznachilikning tashkil qilinishi XII-XIII asrlarda to’g’ri keladi, shu paytga kelib, birinchi marta davlat puli va qirolning mulki bir-biridan ajratib olindi. Harbiy va yirik kapital chiqimlar katta moliyalashtirishni talab qilganligi sababli tarmoqlangan tizim orqali pulni yig’ish va markazlashtirish ehtiyoji kutildi. XX asrlarda g’azna birligi, ya’ni Markaziy bankda yagona g’azna hisobi tamoyili tarkib topdi, g’aznaning ma’muriy tizimi shakllantirildi, unga davlat hisob-kitobi tarmog’i va pul nazorati berildi hamda Moliya vazirligiga bo’ysindirildi. So’nggi yillarda Fransiya byudjeti g’aznachilik bajarish jarayonini tartibiga asos soluvchi huquqiy xujjatlar 1959-yil 2-yanvardagi “Davlat byudjeti qonunlari haqidagi” Organik (Konstituttsion) qonuni (so’ngra 1959 yildagi Organik qonun) va budjetni kassaviy bajarilishini lokal masalalarini aniqlashtiruvchi bir necha normativ xujjatlar- masalan 1962-yil 29-dekabrdagi № 62-1587 “Davlat moliya operatsiyalarini ro’yxatga olish bo’yicha asosiy nizomlar haqida ” Fransiya Prezidenti Dekret(1992 yildagi o’zgartirishlar va to’ldiruvchilar bilan ), “Davlat hisob-kitobchilar xizmatini tashkil qilish haqida” Moliya vazirligining qo’llanmasi (1966 yil), va “Milliy xisobotlar tizimi” (1999 yil) va. x.k. Frantsiyada davlat byudjetini tashkil topish va bajarilish jaryoni tashkil qiladigan yadrosi Iqtisodiyot, moliya va sanoat vazirligidir. Uning tuzilmasida qo’ydagilarga ajratilad: Byudjet boshqarmasi (byudjet bajarilishi tayyorlash, tasdiqlash protseduralar va metadologiyasiga javobgar organ); Davlat moliyasini ro’yxat qilish bosh boshqarmasi - Aniq qilib ayiganda Fransiya davlat g’aznachiligini o’zi; G’aznachilik direktsiyasi - «Frans-trezor» agentligi. (FTA). Qo’ydagi ko’rsatilgan bo’limlar (FTAdan tashqari) muvofiq budjet daromadlar turlarini idora qiluvchi Vazirlik organlar (soliq bo’yicha bosh boshqarmasi, bojxona va qo’shimcha soliqlar bosh boshqarmasi, pensiya xizmati) bilan birgalikda budjet ishlari bo’yicha davlat kotibiga, status bo’yicha iqtisod, moliya va sanoat vazirining o’rin bosari bo’ysunadi. Shundan kelib chiqadiki Fransiyada vakolatlarni va vazifalarni aniq taqsimlashi bilan budjetni g’aznachilik bajarilishi ikki darajali model amalda: Davlat g’aznachiligining idoralari Vazirlik apparatida, hamda hududlarda. «Frans-trezor» agentligida ham. Fransiyada G’aznachilik funktsiyalari Davlat G’aznasi va Davlatning hisob-kitob yuritish bosh derektsiyasi o’rtasida bo’lingan. Har ikkala tashkilot yuqori tashkilotlarning ikkinchi pog’onasi hisoblanadi: Davlat G’aznasi Moliya Vazirligining, Davlatning hisob-kitob yuritish bosh derektsiyasi Byudjet vazirligining tarkibiga kiradi. Fransiyada barcha moliyaviy resurslar G’aznachilikning yagona hisobraqamida yig’iladi, bu mablag’larning miqdori Markaziy Bankda joylashgan barcha tushumlar va to’lovlar yig’iladigan shu hisobraqam bilan nazorat qilinadi. “Davlat G’aznasi quyidagi huquqlarga ega”: budjet mablag’lari taqsimlovchilarining taqdim qilgan kirim orderlarini, shartnomalarda belgilangan qarz talabnomalarini ijro qilish uchun qabul qiladi, shuningdek, qarz majburiyatlari bo’yicha naqd pullarni va davlat tashkilotlarining huquqi bo’lgan boshqa shakldagi tushumlarni oladi; buyruqqa asosan, kreditorlarning talabi bo’yicha taqdim qilingan hujjatlar asosida xarajatlarni to’lovini amalga oshiradi, shuningdek, sud qarorlarini ijro qiladi; davlat muassasalarini yoki ularning ishonchli vakillariga qarashli pul mablag’larni va moddiy boyliklarni saqlashni va qo’riqlashni ta’minlaydi; naqd pullar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni bajaradi; amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalarni tasdiqlaydigan buxgalteriya hisob- kitobi bo’yicha yuritiladigan xujjatlarni saqlaydi; bugalteriyada ularga yuklatilgan bugalteriya hisob-kitobini olib boradi. “Mamlakatda g’aznachilik organlari Davlat byudjetini to’ldirish va ijro qilishni ta’minlaydigan 4000 dan ortiq bo’limlariga ega. G’aznachilik organlari davlatning soliqli va soliqsiz daromadlarini yig’ib oladi va kerakli nazorat ishlaridan keyin davlat mablag’larini sarflanishini amalga oshiradi. G’aznachilik organlari daromadlar tushumining va Davlat byudjeti xarajatlarining hisob-kitobini yuritadi. Bu vazifa har bir geografik departamentda tayinlangan Bosh g’aznachiga yuklatilgan. Ularning amalga oshirgan moliyaviy operatsiyalari to’g’risidagi ma’lumotlar har kuni G’aznachilikning Markaziy Hisob agentligi Bosh buxgalteriyasida ishlov uchun yig’iladi. Bundan tashqari, G’aznachilik organlari davlat tashkilotlarini-ta’lim muassasalarini, ijtimoiy ta’minot va boshqaruv organlarini hamda ijtimoiy turar joy tashkilotlarini moliyaviy faoliyatini tekshiradi va nazorat qiladi”. Bosh G’aznachi joylardagi 27000 muassasalarni (davlat buxgalterlarini, davlat tashkilotlarini- ta’lim muassasalarini, ijtimoiy ta’minot va boshqaruv organlarini hamda ijtimoiy turar joy tashkilotlarini) nazorat qilishi shart. Davlat buxgalterlari mintaqalar, departamentlar, kommunalar, shuningdek, mahalliy davlat tashkilotlari bo’yicha hisob- kitob yuritadilar. Davlat buxgalterlari byudjet mablag’lari taqsimlovchilarini moliyaviy maslahatchilaridir. Davlat G’aznasi quyidagilarni nazorat qiladi: Daromadlar sohasida: a) davlatning qarz talabnomalarini undiradi; b) davlat muassasalarining har bir guruhi uchun qabul qilingan amaldagi qonun hujjatlarida va nizomlarda ko’zda tutilgan daromadlar olishga ruxsat beradi. Xarajatlar sohasida: budjet mablag’larini taqsimlovchilarining vakolatlarini nazorat qiladi; kreditlarni mavjudligi nazorat qiladi; qarz majburiyatlarida ko’rsatilgan muddatlarni nazorat qiladi; xarajatlarni aniq byudjet tasnifi bo’yicha amalga oshirilishi nazorat qiladi. 3.Mol-mulk sohasida: a) mulk egalarining huquqlarni. imtiyozlarini, ipotekalarni va nazorat qiladi; b) buxgalteriya hisob-kitobi olib boriladigan mol-mulkni saqlanishi nazorat qiladi. Har bir xodimga va “deontoloniya” ga bag’ishlangan axborot byulletenning 1995-yilgi “Davlat G’aznasining yangiliklari” nomli maxsus soni nashr qilindi. Bundan tashqari, turli me’yoriy xujjatlarda xodimlarga yuklatilgan vazifalarni bajarish jarayonidagi talablar, kasbiy mahorat etikasining qonun-qoidalari berib boriladi. Shuningdek, deontoloniyaga bag’ishlangan boshlang’ich o’rganishga mo’ljallangan darslar tizimli ravishda olib boriladi. Inspektor-stajyorlar, Davlat g’aznasi ishlarini bajaruvchilar uchun G’aznachilikning Milliy Maktabida shu mavzularda maxsus ma’ruzalar o’qiladi. G’aznachilik organlari xodimlarini kasb mahoratini oshirish maqsadida deontoloniya mavzusida o’quv dasturlari tuziladi. Mazkur tizimda mablag’lar harakati va ulardan maqsadli foydalanishi ustidan joriy va keyingi nazoratni kuchaytirishga oid qonunlarni, me’riy hujjatlarni, yo’riqnomalarni bilmasdan turib, g’aznachilik organlaridagi mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligisiz ishni tashkil etish mumkin emas. Shu bois respublikamizda ham g’aznachilik bo’limlaridagi kadrlar masalalalarini hal etishda moliya, soliq, bank sohasida ish tajribasiga ega bo’lgan mutaxassislar tanlab olinishi va kasbiy malakasi oshirilishi zarurdir. Davlat g’aznachilik idoralarining vazifalar va funktsiyalari ko’rib chiqamiz. Funktsiyalar. Tushumlarni nazorat qilish. Fransiya g’aznachiligi to’g’ri soliqlarni (daromad solig’i, jarimalar va h.k.) shu jumladan tulanmagan soliqlarni yig’ish. Hamda Fransiya g’aznachiligi mahalliy budjetlarga soliqlarni yig’adi (yer solig’i, shahar qurilishiga soliqlar, “Kasb” soliqlari va x.k) Davlat budjetiga Fransiyaning iqtisod, moliya va sanoat vazirligi tuzilmasidagi boshqa idoralar xam soliqlarni yig’adi. G’aznachilik barcha aytib o’tilgan daromadlarni ro’yxatga oladi. Birlashtirilgan xisob raqam bo’yicha operatsiyalarni o’tkazish huquqiga faqat G’aznachilik ega. Davlat xarajatlarini amalga oshirsh va nazorat qilish. Fransiya G’aznachiligi orqali Markaziy xukumati va maxalliy hokimiyat organlarining harajatlar o’tkazilayapdi. 2003-yilda Markaziy hukumatning harajatlari 347 mlrd. yevroga yaqin miqdorida tashkil topgan. Shu paytdagi maxilliy xokimyat organlarining xarajatlari 142 mlrd. yevroga teng bo’lgan (2002 yilga ko’ra 5 %ga oshgan.). Fransiya xukumati qo’ydagi asosiy yo’nalishlar bo’yicha davlat xarajatlarini bajarilish tizimining strategik rivojlanish siyosati o’tkazilayapti: Xokimiyat detsentralizatsiyam, Operatsiyalarni o’tqazish vaqtni qisqartirish, Potentsialda xavfli bo’lgan operatsiyalarni (masalan, xarajatlarning ayrim yo’nalishlari (davlat xaridlari, dotatsiyalar, subventsiyalar va x.k.) katta miqdordagi xarajatlar) tanlab nazorat qilinishiga e’tiborni to’plash. Bugungi kunda davriy va kam miqdorda bo’lgan to’lovlar (100 - 200 yevro) amalda nazoratga olinmayapti. Shu bilan birga barcha tulovlar faqat maxsulotlar qabul qilingandan keyin mavjud bo’ladi. Budjet bajarish bo’yicha ish vaqti bo’yicha aniq belgilangan. Maxalliy xokimiyat organlar xarajat operatsiyalarini o’tkazish to’la davri (Xisob varaqasidagi mablag’larni qabul qilingan paytdan kassaviy xarajat qilish paytgacha bo’lgan) - 11.5 ish kuni. Markaziy xukumatning xarajat operatsiyalarini o’tkazish to’la davri- 8 kun. Muddatlarni jiddiy qisqartirish markaziy xukumat amaldorlar yuqoriroq darajali kasb bilarmonligiga hamda yuqoriroq darajada rivojlangan infratuzilmasiga bog’liqdir. Istisno- davlat xaridlari. Ular uchun Evropa birlashmasi tomonidan direktiv tarzda 45 kunli muddat qo’yilgan. Shu bilan birga amaliyotda o’rta yilgi muddat 35 kundan iborat. Budjet va xisobot ma’lumotlarini tayyorlash. Markaziy xukumatining daromadlar xarajatlarini xisobga olishi Fransiya G’aznachiligining 3500 bo’limlar tomonidan o’tkazilayapti. Barcha ma’lumotlar xar kuni Markaziy ruyxatga olish agentligiga (ASST) tushadi. Quydagi davriy xisobotlar mavjud: Yillik “Ochiq” xisobot, Fransiya Iqtisod, moliya va sanoat vaziriga beradigan kundalik operativ xisobot, Fransiya Iqtisod, moliya va sanoat vazirlik boshqaruviga xamda parlamentga taqdim qiladigan kvartallik xisobot. Jami Fransiya markaziy xukumati va maxalliy xokimiyat organlarining budjet tashkilotlari soni 110 ming. Konsalting. G’aznachilik amaldorlar budjet tashkilotlar va maxaliy xokimiyat organlarga moliyaviy konsultantlar bulib chikadi. Ular beradigan maslaxatlar byudjet bajarilish protseduralari, soliq maoshlari va x. k. ga tegishli. 2002-yilda 7000ga yakin rasmiy maslaxatlar berilgan edi. Moliyaviy soxasidagi mutaxassislar bilan ta’minlash jiddiy muammolarga ega bo’lgan Fransiyada 36 ming kommunalar borligini nazarga olgan holda shu konsultattsiyalar byudjet xuquqiy munosabatlari sub’ektlari uchun juda ham muhim. Shu ishni qilish uchun infarmatsion texnologiyalar aktiv ravishda ishlatiladi. Ikkita ixtisoslashtirilgan dastur maxsulotlari xamda Fransiya G’aznachiligining ommabop sayiti mavjud. Shu konsaltingni sifati Fransiya G’aznachiligi uchun printsipial axamiyatga ega chunki maxalliy xokimiyat organlari byudjetni bajarish jarayonida xosil bo’ladigan nosozliklar uchun Adminstrativ va jinoyat javobgarligiga Fransiya G’aznachiligintng amaldorlari tortiladi. Munosib ma’muriyatlar vakolatchilar faqat siyosiy javobgarligiga tortadi. Umumiy mablag’larni va jamg’armalarni boshqarish. Fransiya G’aznachiligida quydagi moliyaviy resurslar ishlatiladi: Markaziy xukumatning, Maxalliy xokimiyat organlarining, Notariusning, Vasiylikda bulgan jismoniy shaxslarning. Asosiy vazifalar. Fransiya butun G’aznachiligining faoliyatini koordinatsiya qilish. Davlat ruyxatga olish amaliyotining qoidalarini modernizatsiya qilish- Davlat ruyxatga olish tizimining isloxati. Maxalliy xokimiyat organlariga isloxatlarda yordam ko’rsatish. Fransiya G’aznachilik kadrlarini boshqarish. Davlat moliyasini ro’yxatga olish boshqarmasi (Fransiya g’aznachiligi) Markaziy apparatning tashkiliy tuzulmasi. Davlat moliyasini ro’yxatga olish boshqarmasini (Frantsiya g’aznachiligi) tashkiliy tuzulmasi qulostida 7 ta boshqarmalar mavjud bularda 1100 odamlar ishlayapti. Davlat moliyasini ro’yxatga olish boshqarmasi (Frantsiya g’aznachiligi) Markaziy apparati Parijni Bersi tumanida joylashagn. Mamlakat ichida va xorijda jami 3 528 bo’limi mavjud. Ulardan 3300 - operativ idoralar. Ulardan 600 tasida 3 ta odam ishlayapti. Ulardan 60%i qishloqlarda joylashgan. Fransiya G’aznachiligi xududiy organlar tuzilmasi Frantsiya ma’muriy xududiy bo’linishiga ega. Fransiya g’aznachiligi xududiy organlar tizimini maxaliy darajasini strategik rivojlanish siyosati bo’limlarni ko’ydagi yo’nalishlar bo’yicha ixtisoslantirish printsipi da o’tkazilyapti. pravleniyam: Soliqlarni yig’ish, Jarimalarni yig’ish, Mahaliy byudjetlar bilan ishlash. Bugungi kunlarda “oralik” moliya boshkarmalar mavjud (ular tashkiliy ravishda regional boshqarmalar va maxaliy bo’limlar o’rtasida joylashtirgan). «Frans-Trezor» agentligi - iqtisod, moliya va sanoat vazirligining eng yosh va dinamik ravishda rivojlayotgan idoralaridan biri bo’lib 2001-yilda tashkil topgan va 30 shtatli xodimlardan iborat. EKS mablag’larini boshkarishida FTA xodimlari ko’ydagi talablarni ko’llanma qilib olish kerak: Markaziy EKS ni doimiy kredit savdosini ta’minlash; Eng kam budjet xarajatlarni sarf qilib kassaviy operatsiyalarni o’tkazish uchun bo’lgan ehtiyojlarni moliyalashtirish; Ortiqcha pul mablag’larni eng foydali shartlarida joylashtirish; Fransiya davlat qarzni samarali boshkarish. Uch qismli masalasini hal qilish mo’ljallanmoqda: Byudjet jarayoni umummilliy maqsadli dasturlarini amalga oshirishi bilan aniq natijalarga erishishni mo’ljal qilib ishlash; Budjet transparentligi darajasini tubdan yaxshi qilish va uni bajarishiga Parlament tomonidan nazorat qilish darajasini kuchaytirish; Budjetning mamlakatdagi iqtisodiy xayotida o’rnini va rolini oshirish. 2. Rossiya Federatsiyasida davlat byudjeti g’azna ijrosi faoliyati Rossiyada davlat moliyasini boshqarishda Imperator Aleksandr 2 hukmronlik qilgan davrda yagona kassa masalasi qo’yilgan. Moliya vazirligi uchun kassa shuning uchun kerak ediki, bir tomondan tushayotgan davlatning barcha daromadlarini birlashtirish, ikkinchi tomondan g’aznadan to’g’ridan-to’g’ri kredit berish yo’li bilan davlat xarajatlarini moliyalashtirishni amalga oshirishdan iborat. 1872-yilda Imperiyadagi g’aznachilikning yagona me’yoriy xujjati ishlab chiqildi, undagi qoidalarning mazmuni quyidagilardan iborat edi: g’aznachilar tomonidan turli xildagi tangalar va kredit qog’ozlarini g’aznaga qabul qilish tartibi, bir yo’la va doimiy beriladigan pensiya va nafaqalarni to’lash tartibi, g’aznachilikdan qimmatli qog’ozlar uchun foizlar to’lash tartibi berilgan. O’sha davrdagi mamlakatning iqtisodiyotini juda tez rivojlanishi va uning ma’muriy qayta tuzilishdagi o’zgarishlar moliyani rolini yanada oshirishni talab etar edi. Imperator Nikolay 2 hukmdorlik qilgan davrda Moliya vazirligi faoliyatida, jumladan, Bosh G’aznachilik Departamentida juda ko’p tarkibiy va sifat o’zgarishlari qilindi. 1890-yilga kelib g’aznachilikning tarkibini o’zgarishi bilan shtatlar soni etarli miqdorda oshdi, bu faqatgina kirim-chiqim moddalarining umumiy sonini oshishi bilan emas, balki g’aznachilikning buxgalteriya kitobining alohida hisob-kitob hisobraqamlarning sonini oshishi bilan bog’liq edi. Rossiya Federatsiyasining byudjet tizimini barcha bosqichlarida byudjet ijrosi «yagona kassa» tamoyili asosida amalga oshiriladi. «Yagona kassa» tamoyili Rossiya Federatsiyasi qonuniy xujjatlariga muvofiq, byudjet daromadlarini barcha tushumini, byudjet taqchilligini manbalarini jalb etish va moliyalashtirishni va byudjetning yagona hisobraqamidan barcha xarajatlarni amalga oshirishni ko’zda tutadi. Federal byudjetning daromadlar qismi ijrosi haqida gapiradigan bo’lsak, soliq organlarining Moliya vazirligi bo’ysunuvidan chiqqanligi Federal byudjet ijrosi jarayonlarini tezkor boshqarish uchun zarur bo’lgan axborotlarni uzatishni bo’linishiga olib keldi. Davlat soliq xizmati kanallari bo’yicha barcha soliq to’lovlarning amalga oshirilganligi to’g’risida ma’lumotlar mavjud. Lekin shunga qaramasdan, Rossiya Moliya vazirligi o’zining xududiy organlaridan haqiqatda federal byudjetning daromadlar qismiga tushgan miqdori to’g’risida to’liq axborot olish imkoniyatidan chetlatilgan, bu esa byudjet amaliyotidagi moliyalashtirishning kechikishiga olib keldi. Davlatning moliyaviy resurslarini boshqarish, himoyalash, nazorat qilish va hisobga olishni ta’minlash katta muammo bo’lib qoldi. Davlatning moliya tizimi boshkaruvi bo’yicha davlat talablarini amalda bajarilishini ta’minlovchi ijro boshqaruvi organini tuzish zaruriyati yuzaga keldi. Ma’lumki, Rossiyada 1928 yildan 1917 yilgacha «barcha kirim va chiqimlarni hisoblash» mavjud bo’lgan, bu vazifalarni Davlatning G’aznachilik Deportamenti amalga oshirgan. Rossiyada budjet ijrosini tahlili shuni ko’rsatadiki, 90-yillar boshida Rossiyada davlat g’aznasini to’ldirish bilan bog’liq va uning resurslarini xarajat qilishning nazoratini ta’minlashga zururiyat tug’ildi. Rossiya Federatsiyasi 90-yillarning boshidan yakka tizimli moliya boshqaruvidan voz kechdi, bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida moliyaviy manfaatni himoya qilishni o’z oldiga vazifa qilib qo’ydi. Shunday qilib, federal byudjet ijrosini amalga oshira oladigan tezlikda yangi moliya organini tuzish masalasini hal qilish kerak edi. Rossiya Federatsiyasida 1992 yili federal miqyosda xududiy g’aznachilik tizimi vujudga keldi. Federal G’aznachilik organi Rossiya Federatsiyasi Moliya Vazirligi tarkibiga kiradi, markazlashgan tizim hisoblanadi va u hududiy tamoyillarga asoslanadi. Bunga huquqiy asos bo’lib Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Farmoni, «G’aznachilik to’g’risida»gi Nizom xizmat qildi. Mamlakatda davlat budjet siyosatini olib borish maqsadida Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 1992 yil 8 dekabrdagi 1556-sonli Farmoni federal byudjet daromadlari va xarajatlarini samarali boshqarish, davlat dasturlarini moliyalashtirishda tezkorlikni oshirish, tushumlar ustidan nazoratni kuchaytirish, davlat mablag’larini maqsadli va iqtisod qilib ishlatish maqsadida Rossiya Federatsiyasi Moliya Vazirligiga bo’ysinuvchi Federal G’aznachilik organlarining markazlashtirilgan tizimi shakllantirildi. 2000-yil 1-yanvaridan boshlab Rossiya Federatsiyasi budjet kodeksi ishga tushirilishi sababli Federal g’aznachiligining rivojlanishi yangi impulsni oldi. Rossiya Federatsiyasi Budjet Kodeksi Rossiya Federatsiyasini byudjeti bajarilish jarayoni qo’ydagi asosiy vazifalarni hal qildi: Rossiya Federatsiyasida byudjetlarning xazinachilikni bajarilishini mustaxkamladi; Kassa xarajatlarining shu moliyaviy yilga byudjet xaqidagi bo’yrug’i bilan belgilangan normalarga zaruriy darajada to’g’ri kelishini ta’minladi. - Shuni belgiladiki budjet mablag’larini qabul qiluvchiga etgan budjet majburiyatlari limitlar hajmi budjet mablag’lari xisobidan tulayotgan va qabul qilingan majburiyatlar xajmiga teng bo’lishi kerak; Federal budjetning mablag’larini Bosh idora qiluvchilar va qabul qilib oluvchilar ularga ajratilgan mablag’larni maqsadli ishlatish javobgarligi belgilandi. 2000-2002 yil davomida 89 Federal g’aznachilik boshqarmalari va 2254 Federal g’aznachilik bo’limlarni o’ziga olgan Federal g’aznachilik organlari vertikal tuzilmasini yaratilishi tugatilgan. 2002-yilda Rossiya Federatsiyasi Mudofa vazirligining ayrim idoralaridan tashqari barcha Federal idoralari Federal g’aznachilik organlari tomonidan ta’minlashga o’tkazish jarayoni amaliyotida tugatilgan. Federal tashkilotlarni nobyudjet mablag’lari bilan operatsiyalari ham Federal g’aznachilik organlari nazorat ostiga olingan. 2002-yil 1-yanvardan boshlab 33 ming Federal tashkilotlarning nobyudjet mablag’larini ruyxatga olish xisob raqamlari Federal g’aznachilik organlarida ochilgan. Federal g’aznachilik organlari tuzilmasi rivojlanishida yangi bosqich 2004 yil 9-martda qabul qilingan “Ijroiya xokimiyati Federal organlar tizimi va tuzilmasi haqida” Rossiya Federatsiyasi Prezidenti № 314 farmoni asosida o’tayotgan admenstrativ isloxatlashtirish bo’lgan. Shu isloxot o’tkazish natijasida 2005-yil 1-yanvardan Federal g’aznachilik Rossiya Federatsiyasi moliya vazirligi tizimidan chiqarilib Rossiya Federatsiyasi Moliya vaziriga bo’y sunadigan Federal xizmatiga aylantirildi. Shu o’zgartirishlar bo’yicha federal byudjetni bajarilishini ta’minlash vazifalari Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligidan Federal g’aznachilikga o’tdi, xamda federal byudjetni bajarilish va Rossiya Federatsiyasi konsolidatsion byudjetni bajarilish xakida xisobotlarni tayorlash vazifasi yuklatildi. 2004-yil 1-dekabrda chiqqan “Federal g’aznachilik haqida” № 703 Rossiya Federatsiyasi hukumatini qarori asosida Federal g’aznachilik haqidagi nizom qabul qilindi. Zamonaviy bosqichda Federal g’aznachilik organlari oldida qo’ydagi asosiy vazifalar turadi: federal byudjet bajarilish davomida o’tkazilayotgan kassa operatsiyalarini o’tkazish; budjet haqida qonunlarni byudjet jarayoni qatnashchilari tomonidan rioya qilishini dastlabki va kundalik nazoratini o’tkazish. Qonun tomonidan belgilangan normativ bo’yicha budjet tizimiga tushgan daromadlarni xar xil darajali byudjetlar orasida taqsimlash; Rossiya Federatsiyasi subektlarini budjetlar va maxalliy budjetlar bajarilishini kassaviy ta’minlashni o’tkazish; Federal budjetning bajarilishi haqida hisobotlarni o’z vaqtida va sifatli tayyorlash. 2004-2006 yillarda Rossiya Federatsiyasida byudjet jarayonini isloxatlashtirish kontseptsiyasi. Kontseptsiya maqsadi davlat (munitsipal) moliyani maksimal darajada samarali boshqarish uchun shart-sharoitlarni tuzish. Bu isloxotning tub ma’nosi - byudjet xarajatlari va ularning natijalari o’rtasida to’g’ri bog’liqlikni aniqlash, foydalanishning so’ngi natijalarni ommaviy axamiyatini va davlat siyosati birinchiliklarni xisobga olgan xolda byudjet resurslarini davlat maqsadlari, vazifalari va funktsiyalari bo’yicha taqsimlash. Isloxatni amalga oshirish uchun xarajatlarni boshqarish efektiv texnologiyani ta’minlayotgan - natijaga kiritilgan byudjetlashtirish, boshqacha aytganda byudjetli rejalashtirish - usulidan foydalanish taklif kiritildi. Bu usul dunyo amaliyotida, jumladan Germaniya Federativ Respublikasida, muvofiqiyatga erishadigan usul sifatida tavsiya qilindi. Birlashgan g’aznachilik xisobi xolatida bir tomondan byudjet defitsiti, ikkinchi tomondan byudjet mablag’lari xaddan tashqari ko’pligiga bog’liq xar xil o’zgarishlar uchraydi. Birinchi vaziyatda xisobni mustaxkamlash va kreditlarni jalb qilish kerak, ikkinchi vaziyatda esa - bush pul mablag’larini foydali sharoitlarda joylashtirish kerak bo’ladi. Mamlakatda yangilanish boshlanishi bilan yangi byudjet qonunchiligi yaratildi, ya’ni qonuniy organlarning tasdig’idan keyin byudjet ijrosi boshlandi. Hozirgi paytda byudjet ijrosining asosiy mezonlari Rossiya Federatsiyasining Budjet Kodeksiga asoslanadi. Rossiya Federatsiyasi Budjet Kodeksining 215-moddasida ta’kidlanishicha, Rossiya Federatsiyasida byudjet ijrosi g’aznachilik tizimi orqali amalga oshiriladi. Shu moddaga asosan hokimiyat ijroya organlariga budjetning ijrosi va uni tashkil etish, shuningdek, budjet mablag’larini va byudjet hisobraqamlarini boshqarish yuklatiladi. Xuddi shu organlarining o’zi barcha taqsimlovchilarning va budjetdan mablag’ oluvchilarning kassirlari hamda budjet tashkilotlari nomidan budjet mablag’lari hisobidan to’lovni amalga oshiradilar. Hududiy G’aznachilik organlari uch bosqichga bo’linadi: Birinchi bosqich. Federal G’aznachilikning Bosh Boshqarmasi Moliya Vaziri o’rinbosari miqyosidagi boshliq tomonidan boshqariladi. Doimiy ravishda yig’ma, to’liq va standartlashtirilgan hisob-kitob va g’aznachilik hisobini olib boradi, mahalliy byudjetni kirim-chiqim to’g’risida yuqori ijro va qonun chiqarish organlariga axborot beradi. G’aznachilikning quyi organlari ishini nazorat qiladi, Federal byudjet tushumi to’g’risida ulardan tezkor axborotlar va hisobotlar yig’adi, byudjet ijrosining qonunchilik asosida ijrosini ta’minlaydi. Ikkinchi bosqich. Federal G’aznachilikning Boshqarmasi Sankt-Piterburg, Moskva shaharlari, avtonom uyushma, oblast va Rossiya Federatsiyasi ichidagi respublikalaridan iborat. Hududlardan G’aznachilikning organlari tomonidan federal byudjetning kirim- chiqim qismini shakllantirishda barcha qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlaydi. Uchinchi bosqich. Federal G’aznachilik bo’linmalari. Shahar, tuman va shahar tumanlari, tumanga qarashli shaharlardan tashqari budjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan qilinadigan xarajatlarni maqsadli ishlatilishini ta’minlash va hududlarda federal byudjetning daromadlar qismini shakllantirishni ta’minlaydi. Federal G’aznachilik bo’linmalari hududdagi federal budjetning tushum va xarajatlari ijrosi to’g’risida yuqori tashkilotlarga axborot beradi. Barcha Federal G’aznachilik organlari yuridik shaxs maqomiga ega bo’lib, ijro xokimlik organlariga tegishli va o’z faoliyatida Rossiya Federatsiyasi Moliya Vazirligi, Rossiya Federatsiyasi Hukumatining Prezidenti tomonidan tasdiqlanagan me’yoriy va qonun xujjatlariga tayanadi. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 1992 yil 8 dekabrdagi 1556-sonli Farmoni, Rossiya Hukumatining 1993 yil 27 avgustdagi 864-sonli Qarori chiqishi bilan Federal G’aznachilik shakllantirildi. Federal byudjet ijrosi Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki yoki uning shohobchalarida ochilgan hisobraqamlarida g’aznachilik organlari tomonidan amalga oshiriladi yoki Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tijorat banklari ham amalga oshiradi. Rossiya Federatsiyasining Budjet kodeksining 155- moddasida ta’kidlanishicha, Rossiya Markaziy banki muassasalarida g’aznachilik organlarining hisobraqami mavjud. Hududlarda Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki muassasalari bo’lmasa, g’aznachilik hisobraqami vakolat berilgan xususiy tijorat banklarida bo’ladi. Yuqorida to’xtab o’tilganidek, xorijiy mamlakatlarning g’aznachilik amaliyoti tajribalarini o’rganish naqadar muhim bo’lsa, ma’lum davr umumiy tarixga ega bo’lgan mamlakatlarning bu boradiga tajribalari biz uchun undan ham muhimroqdir. Tabiiyki, respublikamizda davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish borasidagi ishlarning boshlang’ich bosqichida bizning respublikamiz kabi sharoitga ega bo’lgan sobiq ittifoq respublikalari hamda boshqa markazlashtirilgan rejali iqtisodiyotga ega bo’lgan Sharqiy Evropa davlatlarida mazkur ishlar qanday amalga oshirilganligi, mavjud yutuqlar va kamchiliklarga diqqat-e’tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunga kelib mustaqillikka erishgan sobiq Sovet Ittifoqi respublikalarining barchasida u yoki bu shakldagi g’aznachilik tizimi faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Ularning barchasida to’lov operatsiyalari moliya vazirliklari tarkibiga kiruvchi g’aznalar orqali amalga oshirilmoqda. Ayni paytda, hozirda ham ba’zi mamlakatlarda to’lov operatsiyalari, masalan, mudofaa, huquq-tartibot vazirliklarini moliyalashtirish g’aznalar tashqarisida yurgazilmoqda. Bu mamlakatlardagi Markaziy banklarda hukumat, ayrim hollarda esa mahalliy boshqaruv organlari moliyaviy resurslarining katta qismi yoki barchasini, budjetdan tashqari jamg’armalarni o’z ichiga oladigan yagona g’azna hisob raqamlari ochilgan. Ammo barcha davlatlarda boshlangan islohotlar o’zining to’la yakuniga etganicha yo’q. O’tgan davr mobaynida ularga tegishli o’zgartirishlar kiritildi va shuning evaziga mavjud tizimlar takomillashtirishda davom etmoqda. Sobiq ittifoq davlatlari tomonidan g’aznachilik bo’yicha olib borilaetgan islohotlarni Ukraina va Rossiya tajribalari misollida ko’rib chiqadigan bo’lsak, hozirgi kunda Respublikamizda g’aznachilikda olib borilayotgan chora- tadbirlarga qo’shimcha ijobiy yo’nalishlarni aniqlab olishimiz mumkin bo’ladi. Qimmatli qog’ozlarni chiqarish, yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, Moliya vazirligi zimmasidadir. Budjet ijrosi jarayonidagi kassa uzilishlarini qoplash uchun bank kreditlaridan foydalanish, qonunchilikka muvofiq taqiqlangan. Budjet birliklari tomonidan xarajatlar bo’yicha majburiyatlarni olish ustidan nazorat g’aznachilik tomonidan olib boriladi. Byudjet birliklari tomonidan xarajatlar bo’yicha olingan majburiyatlar to’liq ta’minlangandan so’ng, ular tomonidan g’aznachilik organlariga to’lov so’rovnomalarini taqdim etadilar. Ichki nazorat va audit amaldagi qonun hujjatlarga muvofiq bevosita budjet birliklarining yuqori tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Budjet ijrosi to’g’risidagi ma’lumotlar Moliya vazirligi tomonidan chop etiladi. Moliya vazirligi byudjet ijrosini umumiy boshqaruvini amalga oshiradi. Ukrainaning moliyaviy axborot tizimi G’aznachilik xizmati javobgarligidadir. Moliya Vazirligi - budjet loyihasini tuzish va hukumatga taqdim etish, davlatning budjetdan tashqari fondlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, hukumat topshirig’iga asosan davlat nomidan Federal mablag’lar hisobidan qaytarib berish sharti bilan beriladigan qarzlarni berish va olish uchun kafolatlar berish, federal budjet loyihasini tuzish va ijro etish sohasida uslubiy rahbarlik qilish, jamlangan Federal budjetini tuzish, xukumat topshirig’iga asosan, xalqaro moliya tashkilotlari bilan aloqalarni amalga oshirish, qimmatli qog’ozlarni chiqarishda emmitent sifatida ishtirok etish, davlatning tashqi qarzlarini boshqarish, barcha mulkchilik shaklida faoliyat yurituvchi shaxslarga buxgalteriya hisobi bo’yicha uslubiy raxbarlik qilish, byudjet ijrosining joriy nazoratini amalga oshirish kabi vazifalarni amalga oshiradi. 3. Qozog’iston Respublikasida g’aznachilik faoliyati Qozog’iston Respublikasida 1994-yilda Qozog’iston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibida g’aznachilik tizimi joriy qilindi. 1995-yilning oxirida esa Qozog’iston Respublikasi Moliya vazirligida G’aznachilik Bosh boshqarmasi G’aznachilik Qo’mitasi tashkil etildi. 1996-yilda budjet Milliy bankning hisob-kassa markazida respublika va mahalliy budjetlarning hisob-kassasiga xizmat qiluvchi Budjet banki tashkil etildi. Bunda G’aznachilik idoralariga naqd pul operatsiyalaridan boshqa bank operatsiyalarini o’tkazish huquqi berildi. Shu bilan birga daromadlar va xarajatlar uchun G’aznachilikning yagona hisobi Milliy bankda ochilib, uning hududiy idoralari bilan korrespondentsiya hisoblari tartibi joriy qilindi. 1997-yilda Budjet banki bekor qilinib uning funktsiyasi g’aznachilikning hududiy idoralariga berildi. 1995-yilda g’aznachilikning hududiy idoralari viloyatlarda, tuman va shaharlarda tashkil etildi. Ayni vaqtda Qozog’iston Respublikasida 16 ta viloyat va 184 ta tumanda mavjud bosqichining barcha bo’g’inlarida g’aznachilik faoliyat ko’rsatmoqda. Qozog’iston Respublikasi g’aznachilik tizimining tarkibi quyidagicha tuzilgan: G’aznachilik qo’mitasi-Markaziy g’aznachilik. G’aznachilikning viloyat boshqarmalari. Tumanlardagi G’aznachilik bo’limlari. Qozog’iston Respublikasi Hukumatining 1999-yil 24-mayda 626-son «Qozog’iston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachilik Qo’mitasi masalalari to’g’risida» qaror qabul qilindi. Qarorda Qozog’iston Respublikasi G’aznachilik qo’mitasi to’g’risidagi Nizom belgilandi va Qozog’iston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachilik Qo’mitasining tarkibiy tuzilishi aniqlandi. Qozog’iston Respublikasi G’aznachilik Qo’mitasi Moliya vazirligining boshqarmasi bo’lib, Qozog’iston Respublikasi Moliya vazirligi unga bergan vakolat chegarasida o’ziga yuklatilgan maxsus ijro va nazorat tekshiruv funktsiyalarni bajaradi, shuningdek, respublika budjetini ijro etilishida mintaqalararo muvofiqlashtirish ishini amalga oshiradi, Davlat budjetiga va budjet tashkilotlariga hisob-kassa xizmatini ko’rsatadi hamda Davlat budjeti mablag’larini maqsadli ishlatilishida dastlabki va joriy nazoratni amalga oshiradi. G’aznachilik qo’mitasi Qozog’iston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qozog’iston Respublikasi qonunlariga, Prezedent aktlariga, Qozog’iston Respublikasi Hukumatining huquqiy-me’yoriy xujjatlariga, shuningdek, mazkur Nizom asosida faoliyat ko’rsatadi. G’aznachilik Qo’mitasi tashkiliy-huquqiy tuzilishi jihatidan davlat tashkiloti, huquqiy shaxs sifatida milliy tildagi muhriga, belgilangan nusxadagi blankalariga ega. Huquqiy fuqarolik munosabatlarida G’aznachilik Qo’mitasi o’z nomidan ish ko’radi. Qonun xujjatlari bo’yicha vakolat berilganda, huquqiy fuqarolik munosabatlarida Qozog’iston Respublikasi G’aznachilik qo’mitasi davlat nomidan ish ko’radi. G’aznachilik davlat muassasasi bo’lib, uning to’liq nomi Qozog’iston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachilik qo’mitasi deyiladi. G’aznachilik qo’mitasi faoliyatini respublika byudjetidan moliyalashtiriladi. G’aznachilik qo’mitasining tuzilishi va shtatlar soni limiti Qozog’iston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlanadi. G’aznachilik Qo’mitasi belgilangan qonun xujjatlariga muvofiq, Qozog’iston Respublikasi hududida majburiy kuchda bo’lgan buyruqlarni chiqaradi. G’aznachilik Qo’mitasining mulki ishlatishga berilgan Respublika umummilliy boyligi hisoblanadi, G’aznachilik qo’mitasiga uni taqsimlash uchun huquq berilmagan. G’aznachilik qo’mitasi agar qonuniy aktlar asosida faoliyatida daromad keltiradigan faoliyat amalga oshirilsa, bu faoliyatdan tushgan daromadlar respublika byudjeti daromadlariga yo’naltiriladi. Qozog’iston Respublikasi G’aznachilik Qo’mitasi Moliya vazirligining tavsiyasiga muvofiq, Qozog’iston Respublikasi Hukumati tomonidan tayinlangan Rais rahbarlik qiladi. G’aznachilik Qo’mitasi Raisining uchta o’rinbosari bo’lib, Raisning tavsiyasiga muvofiq, Qozog’iston Respublikasi Moliya vazirligi ularni tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi. G’aznachilik qo’mitasining Raisi G’aznachilik qo’mitasini tashkil etadi va rahbarlik qiladi va G’aznachilik qo’mitasiga yuklatilgan vazifalarni va funktsiyalarni bajarilishiga javobgar hisoblanadi. Shu maqsadda o’zining o’rinbosarlarini, G’aznachilikning tashkiliy bo’linmalarini rahbarlarini majburiyatlarini va vakolatlarini aniqlaydi, tasdiqlangan tarkibiy tuzilish chegarasida shtatlar jadvalini va shtatlar soning limitini belgilaydi. G’aznachilik organlari xodimlarini ishga qabul qilish va ishdan ozod qilish to’g’risidagi buyruqlarga imzo chekadi. G’aznachilik organlari mintaqaviy va tashkiliy bo’linmalarining tarkibiy tuzilishi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlaydi. Qozog’iston Respublikasi Xukumatining 1999 yil 28 sentyabrdagi 1464-son «Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan ish haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa va boshqa pullik to’lovlarni Qozog’iston Respublikasi Milliy Bankining litsenziyasini olgan, shu ko’rinishdagi bank operatsiyalarini bajara oladigan Bank-Agentlar ikkinchi bosqichdagi banklardan, to’lash tartibini takomillashtirishning chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq yo’riqnoma ishlab chiqildi va Qozog’iston Respublikasi Moliya vazirligining 2000 yil 17 noyabrdagi 488-son buyrug’i bilan tasdiqlandi. Mazkur yo’riqnoma Qozog’iston Respublikasi Adliya vazirligida 2000 yil 18 dekabrda 1333-son bilan ro’yxatdan o’tdi. Qozog’iston Respublikasining Konstitutsiyasiga va Qozog’iston Respublikasining «Mehnat to’g’risidagi» qonuniga muvofiq, Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan ish haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa va boshqa pullik to’lovlarni Bank-Agentlar orqali oluvchilarning xohishiga asosan mablag’larni ularning shaxsiy hisobraqamiga yoki kart- schyotlarga o’tkaziladi. Ish haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa va boshqa pullik to’lovlarni oluvchi o’ziga hisoblangan summani shaxsiy hisobraqamiga yoki kart-schyotlarga o’tkazilishi to’g’risida yakka holda, Bank-Agentlar bilan shartnoma tuzadi. Shartnoma ikki nusxada bo’ladi, birinchisi Bank-Agentlarda qoladi, ikkinchisi oluvchiga beriladi. Bank-Agentlar mazkur tartib bo’yicha oluvchilarning barcha savollariga javob beradi. Bank-Agentlar orqali ish haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa va boshqa pullik to’lovlarni oluvchi o’ziga hisoblangan summani shaxsiy hisobraqamiga yoki kart-schyotlarga o’tkazilishidagi xizmatlar uchun to’lov davlat byudjetidan to’lanadi. Oluvchi davlat tashkilotiga o’zining ish haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa va boshqa pullik to’lovlarini Bank-Agentlarga o’tkazish to’g’risida tuzilgan shartnomaning sanasini, raqamini va Bank- Agentning rekvizitlarini ko’rsatgan holda, ariza taqdim qiladi. Mazkur davlat tashkilotlari oluvchiga xizmat ko’rsatish uchun Agentlik Kelishuvini tuzadi va unga imzo chekishga huquqi bo’lgan rahbar lavozimdagilarni imzosining nusxasini taqdim qiladi. Ular o’rtasida elektron imzolar ham almashadi. Bunda oluvchining individual shaxsiy hisobraqami nomeri, uning familiyasi, ismi va otasining ismi, hisoblangan summa kabi rekvizitlar mavjud. Mazkur davlat tashkilotlarining rahbarlari oluvchilarni ish haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa va boshqa pullik to’lovlarni Bank-Agentlar orqali ularning shaxsiy hisobraqamiga yoki kart- schyotlarga o’tkazilishi to’g’risidagi axborotlar bilan ta’minlaydigan javobgar shaxslarni aniqlaydi. Mazkur davlat tashkilotlari Agentlik Kelishuvini tuzgandan keyin ish haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa va boshqa pullik to’lovlarni o’ziga hisoblangan summani shaxsiy hisobraqamiga yoki kart-schyotlarga o’tkazishni xohlagan oluvchilarning ro’yxatini taqdim qiladi. Qozog’iston Respublikasi G’aznachilik organlarini ishlash hususiyatlari: Qozog’iston Respublikasi fuqarolik kodeksida ko’rsatilganki, byudjet mablag’larini oluvchi bilan imzolangan barcha shartnomalar faqat Qozog’iston Respublikasi G’aznachiligida ro’yxatdan o’tgandan keyin qonuniy kuchga ega bo’ladi. Hozirgi paytda elektron-raqamli hujjatlar aylanishi amalga oshirishmayapti. Qozog’iston Respublikasi G’aznachiligi tizimidagi idoralar va uning xududiy organlarining butun faoliyati markazlashtirilgan ish tartiblari qattiq belgilangan. Qozog’iston Respublikasi G’aznachiligi maxaliy organlarini texnikaviy ta’minlash Qozog’iston Respublikasini barcha viloyatlarida texnik xizmat markazlariga ega bo’lgan markazlashtirilgan operatorni autsorsinga berib ko’iladi. Qozog’iston Respublikasi G’aznachiligini tuman bo’limlarda buxgalteriya xisobi o’tkazilmaydi, faqat Qozog’iston Respublikasini viloyatlaridagi Qozog’iston Respublikasi G’aznachilik Departamentlarida markazlashtirilgan buxgalteriya hisobi (shu jumladan, o’zining ta’minot smetasi xam) o’tkazilayapti. XULOSA Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, byudjetping ijrosi jarayonida gaznachilnkdan foydalanish alternativ usullaridan biridir. G’aznachilik asosida byudjet mablag’laridan foydalanishda ularni iqtisod qilish, nazoratni kuchaytirish, soliq to’lovchilarning pulini talon-taroj qilish xollarining oldini oladi. Shuningdek, byudjet gashkilotlarining rahbarlarini ajratilgan byudjet mablag’laridan samarali foydalanishga rag’batlantiradi. “Boshqa mamlakatlardagi g’aznachilik tizimini joriy etilshi va rivojlanishida davlat moliya-axborot tizimini joriy etish dovlat moliyasining holati to’g’risida tezkor va ishonchli axborotlar olish imkonini beradiki, bu esa davlat moliyasini samarali boshkarishni gaminlaydi”. Mazkur tizimni joriy etish bilan byudjet bajarilishini kuzatish, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda qulaylik yaratish, byudjet mablag’larini maksadsiz sarflanishidan himoyalash va byudjetni rejalashtirish va prognozlashtirish sifatini oshirish mumknn. Shu sababli, yaqin kelajakda davlat byudjetini ijro etish g’aznachilik tizimini izchil joriy etishni ta’minlaydigan chora-tadbirlarini amalga oshirish muhim ahamiyatga egadir. “Davlat molnyasini boshqarish tuzilishini tarixiy rivojlantirishda nainki ilmiy, balki amaliy tajribalarga ham tayaniladi, umuman olganda, tarix shu qilingan xatolarni ko’rsatib berishi bilan kelgusida katta maktab yaratadi, deyish mumkin, albatta, davlat moliyasinn boshqarish va uni tuzilishi uchun bu qimmatli maktab bo’lishi lozim”. Download 88.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling