Dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti
Mazkur fanni o’qitish jarayonida:
pul, kredit, banklar va uning bo’g’inlariga tegishli ma’ruza darslarida taqdimot texnologiyalaridan;
pul-kredit va bank tizimiga tegishli ma’ruza mashg’ulotlarida pedagogik va axborot texnologiyalaridan;
pul, kredit, banklar va axloq kodeksi bo’limiga tegishli ma’ruza mashg’ulotlarida aqliy hujum, amaliy ish o’yini texnologiyalaridan;
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki uslubiyot boshqarmasida qo’llaniladigan metod, metodologiya va modellardan;
Mazkur fanni o’qitish jarayonida ta’limning zamonaviy (xususan, interfaol) metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya (mediata’lim, amaliy dastur paketlari, taqdimot, elektron didaktik) texnologiyalaridan.
O’zbekiston Respublikasi bank tizimi amaliyotida nazorat masalalari bo’limiga tegishli ma’ruza mashg’ulotlarida mantiqiy fikrlash, aqliy hujum va ta’limning shu kabi boshqa metodlari, pedagogik va axborot texnologiyalari qo’llanilishi nazarda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |