Pul kredit va banklar faniga kiRİsh reja: Kirish


Download 166.23 Kb.
bet4/12
Sana17.06.2023
Hajmi166.23 Kb.
#1539162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu. “Pul va banklar” faniga kirish

Pul va inflyatsiya. Pul va inflyatsiyaning mohiyatini tushunish uchun Frederik S. Mishkin
―Pul, bank ishi va moliyaviy bozorlarning iqtisodiy nazariyasi‖ kitobida shunday misol keltiradi, ya‘ni, o‘ttiz yil oldin siz kechagina o‘n dollar to‘lagan, kino chiptangiz bir yoki ikki dollardan ortiq turmas edi. O‘n dollar esa kinoga chipta olish bilan birga, yana nafaqat popkorn xarid qilishga balki, tushlik qilishga ham etar edi.
Iqtisodiyotda tovar va xizmatlarning o‘rtacha narxi, sodda qilib aytganda, narxlarning umumiy darajasi deyiladi. 1950 yildan 2011 yilga qadar AQSh iqtisodiyotidagi narxlar darajasi qariyib olti barobar o‘sgan. Inflyatsiya narxlar umumiy darajasining tinimsiz o‘sishi bo‘lib, har bir xaridorga, ishlab chiqaruvchiga va xukumatga ta‘sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy strategiyani ishlab chiquvchilar va iqtisodchilar inflyatsiyani jilovlashga xarakat qiladilar, shuning uchun ushbu maqsadga erishish yo‘lida narxlar darajasini tebranishini aniqlovchi omillarini bilish zarur.
Inflyatsiyani nima bilan tushuntirish mumkin? Ushbu savolga mumkin bo‘lgan javoblardan birini 4-rasmdagi grafikda (BU YO‘Q) aks ettirilgan pul massasi va narxlar darajasining sinxron o‘sishida ko‘rishimiz mumkin. Inflyatsiya deb nomlanuvchi iqtisodiyotda narxlar darajasining doimiy o‘sishida o‘zini namoyon qiluvchi asosiy omil - pul massasining doimiy o‘sishini ko‘rsatadi.
Inflyatsiya bilan pul massasining yaqindan aloqasining keyingi isboti 5-rasmda ifodalangan garfik hisoblanadi. Bir nechta mamlakatlarda, o‘rtacha inflyatsiya darajasi (odatda har bir yilda foizli o‘zgarishda o‘lchanadigan narxlar darajasining o‘zgarish surati) ni aks ettirib, har bir nuqtani koordinatlari aniq bir mamlakatni aks ettirib, 2000-2010 yillar oralig‘ida pul massasining o‘rtacha o‘sishi va ushbu davrda inflyatsiyaning o‘rtacha sura‘tini ifodalaydi. Ko‘rganingizdek, keltirilgan ma‘lumotlar inflyatsiya bilan pul massasining o‘sishi o‘rtasidagi to‘g‘ri bog‘liqlikning mavjudligini ifodalaydi. Inflyatsiya darajasi eng katta bo‘lgan mamlakatlarda o‘z navbatida pul massasining o‘sish darajasi ham yuqoridir. Misol uchun, Turkiya, Ukraina va Zambiya kabi davlatlar ushbu davrda inflyatsiya darajasining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Ushbu davlatlarda pul massasining o‘sishi ham yuqoriligi kuzatilgan. Aksincha, Shvetsiya va AQShda ushbu davrda inflyatsiyaning sura‘ti juda past bo‘lgan (pul massasining o‘sishi singari). Ushbu faktlar Nobel mukofoti sovrindari Milton Fridmenning taniqli xulosasiga asos bo‘lgan: ― Inflyatsiya- bu hamisha va har erda monetar hodisadir‖. Aynan shu mavzularda pul massasi miqdori va monetar siyosatning inflyatsiya sura‘tlariga ta‘sirini ko‘rib chiqamiz.

Download 166.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling