Pul kredit va banklar faniga kiRİsh reja: Kirish


Moliya bozorlari faoliyati mazmuni


Download 166.23 Kb.
bet9/12
Sana17.06.2023
Hajmi166.23 Kb.
#1539162
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-mavzu. “Pul va banklar” faniga kirish

3. Moliya bozorlari faoliyati mazmuni.

Moliyaviy bozorlar, moliya institutlari va pulga doir munosabatlarda chigalliklarning yuzaga kelishi mamlakat iqtisodiyoti uchun katta xavf hisoblanib, uning iqtisodiy – ijtimoiy rivojlanishiga, siyosiy va saylovlar jarayonlariga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Pul, banklar va moliyaviy bozorlarni o‘rganish ko‘plab mavjud muammolarni tushunishga yordam beradi. Avvolo bu fanda bozor munosabatlarining muhim instrumenti sifatida pulning mohiyati, uning paydo bo‘lishi, pulning zarurligi, pul bajaradigan funktsiyalar, bozor munosabatlarini samarali qaror toptirishda pulning roli va ahamiyati kabi masalalarga e‘tibor qaratiladi. Shuningdek, ushbu fanda mavjud muammolarni ochib berish va ularni o‘rganish qanchalik darajada ahamiyatli ekanligi ham ko‘rsatib beriladi.


Nima sababdan biz moliya bozorlarini o’rganamiz?
Mazkur fanda shuningdek, ba‘zi bozor sub‘ektlari oborotida yuzaga kelgan, ular ehtiyojidan ortiqcha bo‘lgan bo‘sh moliyaviy resurslarni, ularga extiyoj sezayotgan boshqa bozor sub‘ektlariga o‘tkazishni amalga oshirayotgan moliyaviy bozorlarga e‘tibor qaratiladi va biz moliyaviy bozorlar, ularning funktsiyalari, roli to‘g‘risida ham ma‘lum bilimlarga ega bo‘lamiz. Frederik S. Mishkin ham ta‘kidlaganidek, qimmatli qog‘ozlar (aktsiyalar va obligatsiyalar) bozori pul oqimlaridan oqilona daromad olish maqsadida ularni tezkorlik bilan foydalanuvchilarga etkazib berishni ta‘minlab turadilar. Xaqiqatdan ham, moliya bozorlarining muvaffaqiyatli ishlashi iqtisodiy o‘sishning asosiy me‘zonlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Moliya bozorlarining samarasiz faoliyat ko‘rsatishi jahonning ko‘plab mamlakatlarida ularning kambag‘allikka yuz tutishiga sabab bo‘lmoqda. Moliya bozoridagi hodisalar aholining turmush tarzi, ishlab chiqaruvchi va iste‘molchilar o‘rtasidagi munosabatlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta‘sir ko‘rsatadi va iqtisodiy o‘sishni ta‘minlaydi.
Obligatsiyalar bozori va foiz stavkalari.
Frederik S. Mishkinning ―Pul, bank ishi va moliyaviy bozorlarning iqtisodiy nazariyasi‖ kitobida u tomondan xalqaro amaliyotda qimmatli qog‘ozlar, aktsiya, obligatsiya, foiz, fond bozori kabi tushunchalarning talqini kelitirilib o‘tilgan. Masalan, mazkur asarda qimmatli qog‘oz (moliyaviy instrument) bu kelajakdagi daromadlarga yoki aktivlarga (har qanday moliyaviy talab yoki egalik qilinadigan mol mulk) talab hisoblanadi. Obligatsiya egasi tomonidan ma‘lum bir pul mablag‘ini kiritganligi va unda ko‘rsatilgan muddatda nominal qiymatini hamda qo‘shimcha foiz to‘lab berish majburiyatini guvohlovchi qimmatli qog‘ozdir deyiladi. Obligatsiyalar korxonalar va xukumatga o‘z faoliyatini moliyalashtirish maqsadida pul mablag‘larini jalb etishga imkon yaratganligi sababli iqtisodiyot uchun o‘ta muxim axamiyatga ega. Aynan mana shu bozorda foiz stavkalari belgilanadi. Foiz stavka- ssuda taqdim etilganligi uchun xaq, pul mablag‘larining
―ijara‖ haqi (odatda 100 dollar yillik ijara narxi sifatida aks ettiriladi). Iqtisodiyotda turli xildagi foiz stavkalari mavjud: avtomobil sotib olish uchun ssuda foizi, turar joyni sotib olish uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz stavka, turli xildagi obligatsiyalar bo‘yicha foiz stavkalar va boshqalar.
Foiz stavkalari barcha soha va darajalarda muhim hisoblanadi. Foiz stavkalari nafaqat jismoniy shaxslar uchun, balki korxona tashkilotlar va umuman iqtisodiyot uchun ham muximdir. Yakka tartibda foiz stavkalarining oshishi siz olmoqchi bo‘lgan uy yoki avtomobil kreditlarining foiz stavkasining oshishiga, oqibatda esa ushbu kredit turlaridan vaqtincha foydalanmaslikka olib kelishi mumkin. Aksincha, foiz stavkalarining oshirilishi jamg‘arishni rag‘batlantiradi va ba‘zi daromadingizni jamg‘arma sifatida shakllantirishingiz ko‘proq foizli daromad olishingizga sabab bo‘ladi.Umumiy darajada foiz stavkalar nafaqat ist‘emolchilarning xarajat qilish yoki jamg‘arish xoxishiga, balki investitsion qarorlarga ta‘sir ko‘rsatish orqali iqtisodiyotning umumiy holatini belgilaydi. Yuqori foiz stavkalar, misol uchun, ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratishi mumkin bo‘lgan yangi korxonalar qurilishining to‘xtab qolishiga olib keladi.
Foiz stavkalar har bir inson hayotida, moliya muassasalari faoliyatida, firmalar va umuman iqtisodiyotda muxum o‘rin egallagani sababli foiz stavkalarini tabranishi so‘nggi 30 yilligi muhim ahamiyatga ega. Masalan, 1981 yilda 3 yilga xazina veksellari foiz stavkalari o‘zining maksimal nuqtasi (16 % dan yuqori) ga etdi. 1992-1993 yillarda u 3% gacha tushgan, 1990 yillarning o‘rtalarida 5% ga oshdi, 2004 yilda 1% dan pastga tushgan bo‘lsa, 2007 yilgacha 5%dan ko‘tarilgan va faqatgina 2008 yildan 2011 yilgacha 0% gacha tushdi. Turli foiz stavkalarning bir-biriga bog‘liq ravishda va birgalikda o‘zgarish tendentsiyasi mavjudligi sababli, tez-tez foiz stavkalar iqtisodchilar tomonidan yagona abstrakt foiz stavka sifatida ko‘riladi. 1-rasmda ko‘rsatilganidek, turli xil obligatsiyalarning foiz stavkalari xar xil turlari bo‘yicha farqlanadi. Masalan, 3 oylik xazina veksellari bo‘yicha foiz stavkalari, barchasidan past (o‘rtacha) bo‘lgani, shu orqali ularning tebranish amplitudasini ham eng yuqori darajasini ko‘rsatadi. Va reytingli korporativ obligatsiyalarining o‘rtacha foiz stavkalari boshqa foiz stavkalarga nisbatan o‘sgan bo‘lib, boshqa foiz stavkalar va korporativ obligatsiyalar foiz stavkasi spredi 1970 yilda yuqoriroq bo‘lgan bo‘lsa, 1990 yillarda qisqargan, 2000 yillarda qisqa ko‘rinishda o‘sgan, keyinchalik yana qisqargan va 2007 yilning yozida keskin o‘sgan va 2009 yilning oxirida yana pasayish boshlangan.
O‘zbekiston Respublikasining 3 iyun 2015 yilda yangi tahrirda qabul qilingan ―Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida‖ gi qonuniga asosan bizni ng amaliyotimizda qimmatli qog’ozlar

  • hujjatlar bo‘lib, ular mazkur hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi. Obligatsiya esa— emissiyaviy qimmatli qog‘oz bo‘lib, u obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qat‘iy belgilangan foizni olishga bo‘lgan huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlaydi. Veksel bu — veksel beruvchining yoxud vekselda ko‘rsatilgan boshqa to‘lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani to‘lashga doir qat‘iy majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz; Qimmatli qog‘ozlar qimmatli qog‘ozlar bozorini tashkil etishning asosiy dastaklari hisoblanadi. O‘zbekistonda Qimmatli qog’ozlar bozori — yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi bilan bog‘liq munosabatlari tizimi sifatida shakllanadi. Qimmatli qog‘ozlarning emitentlari, qimmatli qog‘ozlarning egalari, investorlar, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, shuningdek birjalar va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi qimmatli qog’ozlar bozorining ishtirokchilari hisoblanadilar. Mamlakatimiz iqtisodiy amaliyotida ham foiz stavkalar talab va taklif asosida shakllanadi va u kredit yoki qimmatli qog‘ozlarning turi, muddati, qimmatli qog‘oz emitentining moliyaviy ahvoli, bozordagi mavqei va boshqa omillarga bog‘liq holda o‘zgarib turadi.

Mazkur kursda iqtisodiyotdagi aktsiya, obligatsiyalar bozorining o‘rni, foiz stavkasining mazmuni, qanday qilib foiz stavkalarning shakllanishi, ular xarakatining sodir bo‘lishi va nima sababdan turli xil qarz majburiyatlari bo‘yicha foiz stavkalar o‘zgarishi o‘rganiladi.

Download 166.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling