Pul, kredit va banklar pdf
Turli valyutada 1 SDRning bahosi (qavsda valyutalarning SDR korzinasida tutgan mavqie foizda keltirilgan)
Download 109.04 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yillar
- Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki
Turli valyutada 1 SDRning bahosi (qavsda valyutalarning SDR korzinasida tutgan mavqie foizda keltirilgan)
XVJda hozirgi paytda, 2016 yil 7 sentyabr holatiga, eng yuqori ovoz AQSh - 17,1%, Yaponiya - 6,1%, Germaniya - 6,0%, Buyuk Britaniya va Frantsiya - 4,9%, Italiya va Saudiya Arabistoni 3,2%, Kanada, Xitoy va Rossiya 2,7% mamlakatlari hissasiga to’g’ri keladi. Jamg’armada Evropa ittifoqiga a’zo bo’lgan 15 ta mamlakat hissasiga 29,8% va IXTRga a’zo bo’lgan 30 ta rivojlangan mamlakat 64,5% ovozni, qolgan 35,5 foiz ovoz esa a’zo - mamlakatlaming 84% hissasiga to’g’ri keladi. Jamg’armada kvotalaming taqsimlanishi 5 yilda bir marta ko’riladi. Jamg’armaga a’zo - mamlakatlar soni ortib borishi barobarida unga to’lanadigan a’zolik badali hajmi 2017 yilda 7,7 mlrd SDRdan 2019 yil 30 aprel holatiga 212,8 mlrd SDR (308,9 mlrd AQSh dollari)ga yoki 28 martga ortgan. Biroq, jamg’armaning kapital miqdori o’sishi dunyo YalMga nisbatan judayam past darajada qolmoqda. Bu o’z navbatida XVJning oldida turgan vazifalami to’liq bajarishga imkoniyat bermayapti. Jahon banki Jahon banki (JB) BMT tarkibidagi ixtisoslashgan moliyaviy muassasa hisoblanadi. Jahon banki Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) va uning bo’limi hisoblangan Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA), Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK), Investitsiyalami har tomonlama kafolatlash agentligi (IXKA) va Investitsion munozaralarni tartibga solish bo’yicha xalqaro markazi (IMXM) kabi moliyaviy tashkilotlami o’z tarkibiga oladi. JB tarkibidagi birinchi uchta moliyaviy tashkilot dunyo rivojlanish bankining vazifalarini bajaradi, keyingi ikkitasi esa rivojlanayotgan va iqtisodiyoti o’tish jarayonini boshidan kechirayotgan mamlakatlarga investitsiya oqimlarini rag’batlantirish bilan shug’ullanadi. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki guruh tarkibida bosh tashkilot sifatida Xalqaro valyuta jamg’armasi bilan birgalikda Bretton - Vudseda 1944 yil 1-22 iyulda bo’lib o’tgan xalqaro konferentsiyada tashkil topgan bo’lib, faoliyatini 1946 yil iyuldan boshlagan. XTTBning resurslari ikkita manba: birinchisi, aktsiyadorlaming kapitali (6 foiz atrofida) hisobidan; ikkinchisi, xalqaro moliya bozorlarida aktsiyalami joylashtirish orqali (95 foizga yaqini) shakllantiriladi. Tashkiliy jihatdan XTTB aktsiyadorlik jamiyati tamoyili asosida tashkil etilgan. XTTBda aktsiyadorlami ovoz berish soni ularning ustav kapitalidagi ulushi doirasida aniqlanadi. XTTBda asosiy ovoz berish huquqi AQShga (16,8%) tegishli, bu AQShga bankda qabul qilinayotgan qarorlarga veto qo’yish huquqini ta’minlaydi, qarorlami qabul qilinishi uchun umumiy aktsiyadorlaming 85 foizi ovoz berishi lozim bo’ladi. Ovozlar soni bo’yicha ikkinchi o’rinda Yaponiya (8%) turadi, shuningdek Germaniya (4,6%), Buyuk Britaniya va Frantsiya (4,4% dan) mamlakatlari sezilarli ovozlar soniga ega. XTTBning boshqaruv organi Boshqaruv kengashi va Direktor (ijrochi organ)dan iborat bo’lib, Boshqaruv kengashi tarkibi unga a’zo mamlakatlar moliya vaziri yoki markaziy banki boshliqlaridan tashkil topadi. Boshqaruv kengashi har yili bir marta yig’ilib tegishli qarorlami Xalqaro valyuta jamg’armasi bilan kelishgan holda qabul qiladi. Bank siyosiy o’yinlardan holi emas, u tashkil topgandan buyon amerika fuqarosi bo’lgan shaxslar tomonidan boshqarib kelinmoqda. XTTB tashkil topganda unga 38 mamlakat a’zo bo’lgan bo’lsa, 2004 yil iyun oyida ularning soni 184 taga etgan. XTTBning asosiy faoliyati investitsion loyihalami kreditlashga qaratilgan. XTTBning 1950 - 60 yillarga qadar asosiy maqsadi a’zo - mamlakatlaming xalq xo’jaligini tiklashga qaratilgan bo’lib, 1960 yillardan so’ng ijtimoiy loyihalami kreditlash masalasi birinchi darajaga ko’tarildi. Buning asosiy sababi ko’pchilik mamlakatlarda iqtisodiy o’sish sura’tlari barqaror ko’rsatikichga ega bo’lsada, boy va kambag’allar o’rtasida farq oshib borish tendentsiyasi mavjud bo’lib, bu esa o’z navbatida turli ijtimoiy ziddiyatlami kelib chiqishiga sabab bo’lar edi. Shu bois, XTTB o’z kreditining asosiy qismini aynan shu muammolami hal qilishga yo’naltira boshladi. XTTB dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy integratsiyalashuv, shuningdek turli iqtisodiy inqirozlar natijasida kreditlash tamoyillarini va siyosatini doimiy ravishda takomillashtirib o’zgartirib borishga majbur edi. Masalan, 1990 yillardan keyin yuz bergan moliyaviy - iqtisodiy inqirozlami bo’lishida XFJ va XTTB jiddiy tanqid ostiga olindi. Quyidagi rasmda XTTBning kreditlarini tarmoqlar kesimidagi tarkibi keltirilgan. Rasmdan 1998 yilda bank tomonidan berilgan kreditlaming deyarli 30 foizi moliya sohasiga berilganligi, 2008 yilda kreditlaming asosiy qismi davlat boshqaruvi hissasiga to’g’ri kelganligini ko’rish mumkin. Bu XTTBning kredit siyosatini unga a’zo - mamlakatlarda yuz berayotgan ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlar natijasida o’zgarib boaryotganligini anglatadi. Танспорт □ Энергетика fyinjio^, урмон в а балицчилик хужалиги □ Кайта ишпаш саноати Согли^ни сацлаш ва бочца ижтимоий хизматлар □ Таълим Молия со^аси □ Давлат боицаруви Бошца тармок ва йуналишлар XTTBning 2020 va 2022 yillarda kredit portfeli tarkibi, jamiga nisbatan foizda.
Download 109.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling