Pul, kredit va banklar pdf


Download 109.04 Kb.
bet1/7
Sana16.06.2023
Hajmi109.04 Kb.
#1511510
  1   2   3   4   5   6   7

XALQARO MOLIYA INSTITUTLARI VA ULARNING TURLARI


REJA:

    1. Xalqaro moliya institutlari va ularning vujudga kelishi.

    2. Osiyo taraqqiyot banki, uning maqsadi va funktsiyalari.

    3. Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, uning maqsadi va funktsiyalari.

    4. Islom taraqqiyot banki, uning maqsadi va funktsiyalari.

    5. Xalqaro valyuta fondi, uning maqsadi va funktsiyalari.

    6. Jahon banki, uning maqsadi va funktsiyalari.

    7. Osiyo infratuzilmalarni investitsiyalash banki.

Tayanch so`zlar:
Xalqaro moliya instituti (IFI).Xalqaro moliya tashkilotlari (XMT) .Quyidagilar xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokchilari hisoblanadi. Osiyo taraqqiyot banki. Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki. Islom taraqqiyot banki. Xalqaro valyuta fondi.
Xalqaro moliyaviy institutlariga umumiy xarakteristika
Xalqaro valyuta - kredit va moliya munosabatlarining institutsional tuzilishi o’z ichiga ko’plab halqaro moliyaviy tashkilotlami oladi. Ularning ayrimlari yirik moliyaviy resurs va katta vakolatlarga ega bo’lib, dunyo iqtisodiyoti va moliya - kredit jarayonlarida bevosita va bilvosita ishtirok etadi. Boshqalari hukumatlararo moliyaviy masalalami muhokama etish, moliya - kredit siyosati bo’yicha tavsiyalar va maslahatlar berish hamda moliyaviy yordam ko’rsatish bilan shug’ullanadi. Yana boshqalari axborot yig’ish, muhim valyuta - kredit va moliya muammolari va umuman, iqtisodiyotda statistik va ilmiy - tadqiqot ishlarini amalga oshiradi.
Ushbu xalqaro moliyaviy tashkilotlar zamonaviy xalqaro moliyaviy institutlari deb yuritiladi. Ularning vujudga kelishi, tashkil topishi va rivojlanishining asosiy sababi jahon xalqaro iqtisodiyotining taboro globallashib borayotganligidir (quyidagi rasmga qarang).
Bu institutlaming asosiy maqsadi - xalqaro va mahalliy ijtimoiy - iqtisodiy doirada yuz berayotgan murakkabliklarga va qarama - qarshiliklami bartaraf etish, yumshatish hamda ularning o’zaro hamkorligini ta’minlashga qaratilgandir.
Dunyoda global ahamiyatga ega bo’lgan xalqaro moliyaviy institutlar tarkibiga, BMTning hayrxoxligida tashkil etilgan, ixtisoslashtirilgan Xalqaro valyuta jamg’armasi (XYJ), Jahon banki guruhi, Butunjahon savdo tashkiloti kiradi. Bu ixtisoslashtirilgan xalqaro moliyaviy institutlar Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT)ning faoliyati bilan bog’liq xalqaro moliyaviy va iqtisodiy masalalami hal etishda bevosita ishtirok etadi.
BMTning ixtisoslashtirilgan muassasasi - iqtisodiy kengash - Evropa, Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi uchun 4 mintaqaviy komissiya tuzgan. Osiyo va Lotin Amerikasi komissiyalari Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Amerikalararo taraqqiyot banki (ATB)ni tashkil etilishiga vositachilik qilgan. Maxsus jamg’armalar bu tashkilotlami to’ldirib turadi.
«Marshall rejasi»ning amalga oshirilishi munosabati bilan 1948 yilda tuzilgan Evropa iqtisodiy hamkorligi tashkiloti, keyinchalik Evropa to’lov ittifoqining tashkil etilishiga yo’naltirilgan (1950 - 1958 yillar), 1960 yilda esa iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga (IXTR67, Parij) almashtirilgan. Hozirda bu tashkilot o’z ichiga 32 mamlakatni oladi, uning vazifalariga - tashkilotga a’zo mamlakatarda iqtisodiy o’sishga ko’maklashish, moliyaviy barqarorlikka qaratilgan siyosatni ishlab chiqish, xalqaro savdoni rivojlantirish, diskriminatsion qarama - qarshiliklami cheklash, rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam ko’rsatish kabilar kiradi IXRT ramkasida 100 ga yaqin qo’mita faoliyat kursatadi.
Ulaming tarkibiga Noqonuniy yo’l bilan topilgan daromadlami legallashtirishga qarshi kurash gruppasi (FATF) ham kiradi. Bu tashkilot 1989 yilda tashkil etilgan va IXRTga a’zo mamlakatlar bilan hamkorlikda noqonuniy daromadlami legallashtirishga qarshi kurash ishlarini amalga oshiradi.
IXRTning maqsadi - erkin savdoga, yosh davlatlaming rivojlanishiga, a’zo mamlakatlami iqtisodiy rivojlantirishga va moliyaviy barqarorlashtirishga ko’maklashashishdir. IXRT - o’ziga xos klub bo’lib, yiliga 2 marta sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun fikrlar almashish va iqtisodiy siyosatni muvofiklashtirish, valyuta - kredit va moliya siyosatni samaradorligini oshirish, ilmiy - tadqiqot ishlarini tashkil etish, jahon iqtisodiyotining ekonometrik andozalari asosida halqaro qiyoslash va bashoratlami ishlab chiqish borasida yig’ilib turadi.
Kreditor mamlakatlaming Parij klubi - rivojlangan mamlakatlaming norasmiy tashkilotidir. Bu erda mamlakatlaming davlat qarzlari bo’yicha to’lov muddatlarini boshqarish muammolari muhokama kilinadi. Bir tomonlama moratoriyadan qochish maqsadida (to’lovni uzaytirish) kreditorlar tashqi qarzlami qayta ko’rib chiqish shartlari xaqida qarzdorlar bilan «yuzma - yuz» bitimlar olib boradi. Klub faoliyati 1956 yilda tashkil etilgan bo’lib, Argentina kreditorlari Parijga qarzdorlar bilan muzokaraga taklif qilingan paytga to’g’ri keladi.
Parij klubining majlislarida XVJ, Jahon banki va boshqa yirik moliyaviy institutlardan kuzatuvchilar ishtirok etishadi va ko’pincha tashqi qarzlaming joriy yilda to’lanishi lozim bo’lgan qismi ko’rib chiqiladi.
Xususiy bank - kreditorlaming norasmiy London klubi 1976 yildan faoliyatini boshlagan bo’lib, qarzdor mamlakatlaming xususiy tashqi qarzlarini tartibga solish muammolarini muhokama qiladi. London klubi XVJ va Parij klubi bilan iqtisodiy hamkorlik olib boradi.
1970 - yillardan boshlab davlatlaro moliyaviy - iqtisodiy muammolar dastlab “ettilik”, keyinchalik Rossiiya Federtsiyasi qo’shilgandan so’ng “sakkizlik”, Belgiya, Niderlandiya, Shvetsariya va Shvetsiya qo’shilgandan keyin “o’nlik” davlat va hukumat rahbarlari darajasida hal etilishi yo’lga qo’yildi. “O’nlik” mamlakatlar rahbarlari yig’ilishida asosiy e’tibor xalqaro valyuta - kredit masalalariga qaratiladi va “har kim o’zi uchun”, ya’ni markazga intilish tendentsiyalariga qarama - qarshi bo’lgan halqaro hamkorlik va liberalizm tamoyillari asosida ish ko’rishga intiladi.
Halqaro moliya institutlari, Halqaro xisob - kitoblar (HHKB, 1930 yil) bankidan tashqari, asosan ikkinchi jahon urushidan keyin paydo bo’lgan.
Bu davlatlararo institutlar mamlakatlarga kreditlar berish, jahon valyuta tizimining amal kilish tamoyillarini ishlab chiqish, halqaro valyuta - kredit va moliya munosabatlarini davlatlararo tartibga solish bilan shug’ullansada, ulami tashkil etilishining tub sabablaridan biri rivojlanayotgan mamlakatlarda siyosiy mustaqillikni joriy etish, ulaming xalqaro doiradagi ishtirokini faollashtirish, milliy iqtisodiyotda vujudga kelayotgan muammolami minatqa va xalqaro darajada echish masalalariga qaratilgan.
Shu bilan birga, zamonaviy xalqaro moliya institutlarining vujudga kelishiga quyidagi omillami keltirish mumkin.

  1. Xalqaro iqtisodiyotda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash borasida kuchlami umumlashtirgan holda hamkorlikda faoliyat yuritish.

  2. Davlatlararo valyuta va moliya - kredit siyosatini tartibga solish yuzasidan xalqaro andozalami yaratish va amaliyotga joriy etish.

  3. Hamkorlikda jahon valyuta va moliya - kredit siyosati yuzasidan strategik taktikani ishlab chiqish.

Xalqaro valyuta jamg’armasi
Xalqaro valyuta jamg’armasi (XVJ) jamg’armaga a’zo mamlakatlaming valyuta - kredit munosabatlarini tartibga solish va ulaming to’lov balansi defitsetini qoplash uchun xorijiy valyutada qisqa, o’rta va uzoq muddatga kredit berish bilan shug’ullanadi.
Jamg’arma BMTning rasmiy ixtisoslashgan muassasi statusiga ega. U dunyo valyutasining institutsional asosi sifatida faoliyat yuritadi. XVJ BMTning 1944 yil 1-22 iyulda AQShning Bretton - Vudse shahrida o’tkazilgan xalqaro valyuta - moliya munosabatlariga bag’ishlangan konferentsiyasida ta’sis etilgan.
Konferentsiya XVJning Kelishuv moddalarini qabul qildi. Ushbu hujjat 1945 yil 27 dekabrdan kuchga kirdi. Jamg’arma o’z faoliyatini 39 a’zo - mamlakat bilan 1946 yil mayda boshladi, valyuta opertsiyalari faoliyati bo’yicha operatsiyalari 1947 yil 1 martdan kuchga kirdi. Sobiq ittifoq Bretton - Vudse konferentsiyasida ishtirok etdi, biroq Janub va G’arb o’rtasidagi “sovuq urush” tufayli jamg’arma kelishuvlarini ratifikatsiya qilmadi.
XVJga a’zo mamlakatlar soni 2004 yilda 184 taga etdi. Jamg’armaning bosh ofisi Vashingtonda joylashgan, shu bilan birga Bryussel, Parij, Jeneva va Tokioda ofislari, Nyu Yorkda BMT huzurida vakolatxonasi mavjud.
XVJning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:

  1. “valyuta - moliya doirasida xalqaro hamkorlikni rag’batlantirish”;

  2. a’zo - mamlakatlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish, bandlilikning yuqori darajasini ta’minlash va aholining real daromadini oshirish maqsadida “xalqaro savdoni kengaytirish va uning muvozanatligini ta’minlashga yordam berish”;

  3. “valyutaning barqarorligini ta’minlash, a’zo - mamlakatlar o’rtasida valyuta munosabatlari bilan bog’liq masalalami hal etish” va raqobatbardosh muhitni ta’minlash maqsadida milliy valyutaning barqarorligini tushib ketishining oldini olish;

  4. a’zo - mamlakatlar to’lov balansidagi salbiy qoldiqni bartaraf etish maqsadida kreditlar berish;

  5. a’zo - mamlaktlar o’rtasida hisob - kitoblami tashkil etishga yordam berish, shuningdek valyuta cheklovlariga barham berish.

XVJning maxsus hisob - kitob valyutasi hisoblangan SDR (Spetsialnix prav zaimstvovaniya, Maxsus ayirboshlash huquqi)ning rasmiy kursi SDR savatchasiga kirtilgan valyutalar asosida aniqlanadi. Quyida XVJning SDR savatchasiga kiritilgan valyutalar va ularning ulushi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Jadvaldan SDR savatchisida asosiy ulush AQSh dollari hissasiga to’g’ri kelganligini kuzatish mumkin, keyingi o’rinlarda Evropa ittifoqiga a’zo mamlakatlarda amal qiladigan evro pul birligi egallab turibdi.
XVJda ovozlar “tortilgan” tamoyilga amal qilib, a’zo - mamlakatlar ularning jamg’armadagi a’zolik badali miqdoridan qa’tiy nazar 250 “asosiy” ovozga ega bo’lib, har bir qo’shimcha ovoz uchun 100 ming SDR badal to’lanishi lozim.

Download 109.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling