Pul, kredit va banklar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/154
Sana02.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#197745
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   154
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

yalpi 
taklifni 
tartibga 
solishga 
qaratiladi. 
Monitaristlarning  fikricha,  inflyatsiyaga  qarshi  kurashning  keynschilar  tomonidan 
ilgari  surilgan  usuli  mamlakatni  inflyatsiyadan  qisqa  muddat  ichida  chiqishga 
imkoniyat  beradi,  lekin  mamlakatda  yalpi  talab  va  yalpi  taklif  o‘rtasidagi 
nomutanosiblik  holati  saqlanib  qoladi.  Buning  natijasida,  ma’lum  vaqtdan  keyin, 
mamlakatda  inflyatsiya  jarayoni  vujudga  keladi.  Monetaristik  siyosatning 
asoschilaridan  hisoblangan  Milton  Fridmanning  fikricha  –  inflyatsiya    –  bu 
bevosita pul bilan bog‘liq bo‘lgan holat bo‘lib, uning kelib chiqishini asosiy sababi 
davlatning  iqtisodiyotni  boshqarishga  nooqilona  aralashuvi  natijasida  vujudga 
keladi.  Shuning  uchun  davlat  byudjeti  taqchilligini  qo‘shimcha  emissiya  evaziga 
emas,  balki  mamlakatda  yalpi  taklif  hajmini  oshirish  yo‘li  bilan  bartaraf  etish 
lozimligini ta’kidlaydi.  
Monitaristlar  kreditning  foiz  stavkasini  oshirish,  byudjet  taqchilligini 
qisqartirish  va  soliq  stavkalarini  pasaytirishni  ilgari  suradilar.  Ularning  fikricha, 
buning natijasida, iste’molga bo‘lgan ehtiyoj qisqaradi,  investitsiya hajmi ortadi, 
samarasiz  xo‘jalik  sub’ektlari  bankrot  bo‘ladi,  mamlakatda  kuchli  raqobat 
muhitishakllanadi.  Bular  o‘z  navbatida  mamlakatda  inflyatsiya  darajasining 
tushishiga olib keladi.  
Ko‘pchilik  mamlakatlar  inflyatsiyaga  qarshi  kurashda  keynschilik  va 
monetaristik  yo‘nalishning  u  yoki  bu  jihatlarini  hamoxong  ravishda  amaliyotga 
joriy etadi.  
 
 
 



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling