Pul, kredit va banklar
– 2008 yillar davomida Markaziy osiyo davlatlariga qilingan
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
2007 – 2008 yillar davomida Markaziy osiyo davlatlariga qilingan
ajratmalar to’g’risidagi ma’lumotni quyidagi jadvaldan olishimiz mumkin 69 . mln.evro № Mamlakatlar 2007 yil 2008 yil 1991 – 2008 yillarda 41. Qirg’iziston 12 12 165 42. Mongoliya 34 51 102 43. Tojikiston 26 35 96 44. Turkmaniston 3 10 123 45. O’zbekiston 15 33 545 Jami 90 141 1031 OTBning O’zbekiston bilan uzoq muddatli va samarali hamkorligi bunga yorqin misol bo’la oladi. Mamlakatimiz 1995 yildan buyon ushbu yirik xalqaro moliya tashkilotining teng huquqli a’zosidir. 1996 yildan OTB ning loyixalari O’zbekiston xududida transport, energetika, suv ta’minoti, moliya va ta’lim sohalarida amal qilmoqda. Bugungi kunga qadar OTB tomonidan ajratilagn 1,29 mlrd dollar qiymatidagi qarz mablag’lar va 40,83 mln dollar grant mablag’i texnik yordam dasturi doirasida amal qilmoqda. 70 Ushbu resurslarning 27 % qishloq xo’jaligi, 23 % ta’lim, 21 % transport va 15 % suv ta’minotida o’zlashtirilmoqda. Bozor munosabatlarida mikromoliyalash tizimini rivojlantirish muxim rivojlanish omil bo’lib hisoblanadi. Shu maqsadda 2008 yildan O’zbekistonda OTB ning ikki bosqichli loyihasi amal qila boshladi. Loyihaga asosan ushbu sohani rivojlantirish uchun 2008 yilda 137,4 mln dollar, 2009 yilda 125,9 mln dollar ajratildi. Shu bilan birga, qiymati 300 million AQSh dollarlik “Suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasida multitranshli moliyalash dasturi” 2009 yildan amalga oshirilayotgan yirik loyihalardan biridir. Ilgari qabul qilingan ana shunday loyihani amalga oshirish doirasida Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarining 170 ta aholi punktida quvurlar o’tkazilmoqda hamda mavjud uskunalar holati yaxshilanmoqda. OTB Boshqaruvchilar kengashining 43 – yillik majlisida OTB Prezidenti Xaruxiko Kuroda va Jaxon bojxona tashkilotini bosh kotibi Kunio Mikuriya tomonidan Osiyo – Tinch okeani xududida strategik hamkorlikni ta’minlash maqsadida memorandumi imzolandi. Memorandumning asosiy maqsadi xalqaro savdoni rivojlantirishdan iborat. Bundan tashqari Osiyo taraqqiyot banki prezidenti O’zbekiston rahbariyatiga OTBning Toshkentdagi forumi yuksak saviyada tashkil qilingani va uni o’tkazishga yaxshi tayyorgarlik ko’rilgani hamda tadbirning samarali o’tishiga yordam bergani uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi. OTB Boshqaruvchilar kengashining bu yilgi majlisida Osiyo – Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarining jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozidan samarali chiqishi va inqirozdan keyingi rivojlanishi bilan bog’liq qisqa, o’rta va uzoq muddatlarga mo’ljallangan dolzarb 69 www.imf.org ETTB ning 2008 yillik xisobotidan 70 www.adb.org OTB ning 2009 yillik xisobotidan masalalar ko’rib chiqildi. Shu maqsadda mintaqaning iqtisodiy barqarorligini oshirish, uning global iqtisodiy boshqaruvga, mintaqaviy integratsiyani kengaytirishga hissa qo’shishi uchun zarur choralarni ko’rish lozimligi hamda bu jarayonlar OTB tomonidan bundan keyin ham qo’llab – quvvatlanishi ta’kidlandi. OTB tomonidan ishlab chiqilgan "Strategiya – 2020" aynan ushbu masalalarni hal etishga qaratilgan. Barqaror iqtisodiy rivojlanishga bevosita daxldor bo’lgan iqlim o’zgarishi oqibatlarini yumshatish va quyosh energiyasidan yanada keng foydalanish majlisda ko’rib chiqilgan muhim masalalar sirasidandir. OTBning O’zbekistondagi eng yirik loyihalaridan biri kredit uyushmalarini faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan bo’lib, bugungi kunda OTBning ushbu loyihasi natijasida 100 ta kredit uyushmasi depozitida 88 mln AQSh dollarga va 107 mln AQSh dollar kredit portfeliga ega bo’lgan 141000 ta a’zoni birlashtirdi. Bu esa o’z navbatida milliy iqtisodiyotni rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling