Osiy taraqqiyot banki (OTB)ning asosiy vazifasi Osiyo va Tinch okeani
mintaqasidagi
mamlakatlarga
iqtisodiy
hamda
ijtimoiy
rivojlanishda
ko’maklashish, iqtisodiy o’sishni jadallashtirish, aholi turmush darajasini oshirish,
inson resurslarini rivojlantirish, ekologik muammolar, jumladan iqlim o’zgarishi
bilan bog’liq masalalarni hal etishda yordam berishdan iboratdir.
1966 yilda tashkil etilgan Osiyo taraqqiyot banki bugungi kunda katta
moliyaviy va texnik imkoniyatlarga ega 67 ta davlat, jumladan, Osiyo – Tinch
okeani mintaqasining 48 ta, Evropaning sanoati rivojlangan qator mamlakatlari,
shuningdek, Kanada va AQSh mazkur bankning a’zolari hisoblanadi. Bank
rivojlanish va mintaqaviy hamkorlikka oid loyihalarni moliyalashtirish hamda
ushbu sohalarda texnik ko’mak berish bilan birga aholining milliy salohiyati va
turmush darajasini oshirishga yo’naltirilgan, puxta o’ylangan ijtimoiy – iqtisodiy
siyosatni amalga oshirayotgan mamlakatlarga yordam ko’rsatishga alohida e’tibor
qaratmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |