Arab valyuta jamg’armasi (AVJ) mintaqaviy moliyaviy tashkilot bo’lib,
1976 yil 27 aprelda 20 ta arab mamlakatlari ishtirokida Marokkoda tashkil etilgan.
Asosiy maqsadi, arab mamlakatlarining iqtisodiy va valyuta siyosatini tartibga
solib turishdan iborat. Jamg’armaning yana bir muhim vazifalaridan biri, arab
mamlakatlarida
neftdollarni tartibga solish bo’lib, jamg’armaga a’zo
mamlakatlardagi ortiqcha neftdollarni g’arbdan erkin foydalanish bo’yicha
mustaqillik darajasini oshirishga qaratilgan.
Evropa ittifoqiga a’zo malaktalar tomonidan o’nga yaqin xalqaro moliyaviy
tashkilot, institut, markazlar (1960 – 65 yillardan buyon) tashkil etilgan bo’lib.
Ularni tashkil etilishining asosiy maqsadi quyidagilar bilan izohlanadi:
1.
yagona bozor va yagona valyutani yaratish asosida iqtisodiyotning,
shuningdek valyuta – kredit va moliya munosabatlarining rivojlanishi va
integratsiyasini ta’minlash;
2.
G’arbiy Evropa mamlakatlari jahon iqtisodiyotidagi mavqieni
mustahkamlash asosida AQSh va Yaponiya markazlari bilan raqobat qila oladigan
muhitini yaratishga bo’lgan harakat;
3.
rivojlanayotgan iqtisodiy hamkor mamlakatlarga yordam berish
mintaqada ijtimoiy – iqtisodiy siyosatni barqarorligini ta’minlash maqsadida
qo’shma jamg’armalarni kengaytirishga bo’lgan zaruriyatning mavjudligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |