Pul, kredit va banklar


Ta’minlanmagan qog’oz pullar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/154
Sana02.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#197745
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   154
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Ta’minlanmagan qog’oz pullar  
(1931 – 1945 yy.) 
 
Birinchi  jahon  urushidan  keyin  amaldagi  oltin  standarti  pul  tizimi  o’zining 
hususiyatini  yo’qotib,  davlatlar  klassik  oltin  standartini  saqlab  qolish  maqsadida 
turli  choralarni  qo’lladi.  Lekin  yigirmanchi  asrning  30  yillarida  dunyo 
mamlakatlari  iqtisodiyotida  yuzaga  kelgan  moliyaviy  tartibsizliklar  oqibatida 
muomalada  oltin  standartini  amal  qilishini  butunlay  to’xtadi.  Mamlakatlar 
iqtisodiyotidagi inqiroz taboro chuqurlashib, ishsizlik darajasi ortib bormoqda edi. 
Xalqaro  iqtisodiy  munosabatlarda  davlatlar  o’z  manfaatlarini  himoya  qilish 
maqsadida 
turli 
valyuta 
cheklovlarini 
o’rnatish, 
milliy 
valyutalarni 
devalvatsiyalash,  savdo  va  valyuta  ustidan  nazoratni  kuchaytirish  orqali  o’zaro 
iqtisodiy  va  moliyaviy  urush  olib  borishdi.  Iqtisodiyotda  to’g’ri  va  egri  suzib 
yuruvchi valyuta kurslari yuzaga keldi
64
. Xalqaro savdo va investitsiyalarni to’xtab 
qolishi  natijasida  o’zaro  savdoni  amalga  oshirish  uchun  xukumatlar  ishtirokida 
tuzilgan  bitimga  ko’ra  tovarlar  barter  qilindi.  AQSh  davlat  kotibi  Kordell  Xoll 
                                                           
64
 “Clean floating” – плавающий курс, определяемый действием закона спроса и предложения на рынке. – 
Прим. пер 


ushbu  holatga  izoh  berib,  “Ikkinchi  jahon  urushining  asosiy  sababi  30  yillarda 
yuzaga kelgan moliyaviy va iqtisodiy kelishmovchiliklar” – deya ta’kidlagan edi.
65
  
AQShda oltin standartini amal qilishi Evropaga nisbatan ikki yilga cho’zildi. 
1933  –  1934  yillarda  AQShning,  “turg’unlikni  oldini  oladi”  –  degan  teskari 
siyosati  tufayli  oltin  standarti  amaliyotda  to’xtatildi.  Amerika  fuqarolariga 
mamlakatda  (shu  jumladan  xorijda)  oltinni  ishlatish,  olib  yurish  man  etildi  va 
dollarli  hisob  –  kitoblarni  oltin  bilan  so’ndirish  ta’qiqlandi.  Lekin,  1934  yildan 
keyin  ham  AQShda  oltin  standartining  o’ziga  xos  yangi  shakli  amal  qildi.  Unga 
asosan qadrsizlangan  dollar  1/35  untsiya  oltinga tenglashtirilib,  oltin  bilan  chet el 
hukumatlari  va  banklar  talablari  qondirilgan.  Dollarning  oltinga  oz  bo’lsada 
bog’liqligi  va  Evropadagi  tartibsizliklar  hisobiga  AQShga  kirayotgan  oltin  hajmi 
yanada ortdi.   
Milton Fridman  va  Chikago  maktabi vakillarining qarashlarida iqtisodiy  va 
siyosiy kamchiliklar mavjudligini 1930 yillardagi iqtisodiy tartibsizliklar ko’rsatib 
berdi.  Fridman  va  uning  izdoshlari  –  erkin  bozor  sharoitida  qanday  taklif  bilan 
chiqishdi?  Ularning  qarashlari  bo’yicha  dastlab  oltin  standartidan  voz  kechish  va 
milliy  valyutani  chiqarish  vakolati  davlat  ixtiyorida  bo’lishi  lozim  edi.  Ya’ni, 
davlat  tomonidan  chiqarilgan  ta’minlanmagan  qog’oz  pullar,  qonuniy  to’lov 
vositasini  bajarishiga  erishish  nazariyasini  ilgari  surilgan.  Shundan  co’ng  dastlab 
davlat qog’oz pullarni muomalaga chiqarishi va boshqa valyuta kurslariga nisbatan 
tebranishiga  imkon  berish  kerak.  Bunda  inflyatsiya  darajasini  belgilangan 
me’yorda bo’lishini davlat tomonidan nazorati ta’minlanishi lozim edi. Lekin 1930 
yillardagi jahon iqtisodiyotidagi tartibsizliklarni kelib chiqishi, aynan mamlakatlar 
pul tizimini izdan chiqishi bilan bog’liq edi.  
Shunday  qilib,  30  yillarning  ta’minlanmagan  qog’oz  pullariga  asoslangan 
pul  tizimining  ayanchli  tajribasi  va  uni  oqibatida  yuzaga  kelgan  iqtisodiy  tanglik 
shuni ko’rsatdiki, ikkinchi jahon urushidan so’ng xalqaro iqtisodiy munosabatlarni, 
xalqaro  ishchi  kuchi  migratsiyasi  va  kapital  oqimini  yo’lga  qo’yish  maqsadida 
AQSh o’z oldiga jahon pul tizimini qayta tiklash vazifasini qo’ydi. 
 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling