Pul, kredit va banklar
-mavzu: Inflyatsiya va uning turlari
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
6-mavzu: Inflyatsiya va uning turlari
6.1. Inflyatsiyaning mohiyati va turlari 6.2. Inflyatsiyaning vujudga kelish sabablari 6.3.Inflyatsiyaning ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari 6.4. Inflyatsiyaga qarshi siyosat 6.1. Inflyatsiyaning mohiyati va turlari Muomalada qog‘oz pullar va tanga pullarning mavjudligi inflyatsiyani vujudga keltiruvchi iqtisodiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. “Inflyatsiya” termini – lotincha so‘zdan olingan bo‘lib – “shishirilgan”, “bo‘rttirilgan”, “ko‘pchigan” kabi ma’nolarni anglatadi. Inflyatsiyaning iqtisodiy mohiyati muomaladagi naqd pullarning sotib olish qobiliyatini pasayishi, tovarlar va xizmatlarning bahosini o‘sib borishini anglatadi. Inflyatsiya so‘zi birinchi marta amerikalik iqtisodchi A.Delmar tomonidan 1864 yilda iqtisodiy oborotga kiritildi. Bunga AQSh Federal hukumati 1861 – 1865 yillarda mamlakat fuqarolar urushi davrida davlatning xarajatlarini qoplash maqsadida muomalaga juda katta miqdorda qog‘oz pullarni emissiya qilishi sabab bo‘ldi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari iqtisodiy adabiyotlarida inflyatsiya termini birinchi jahon urushidan keyin, sobiq ittifoq adabiyotlarida esa 1920 yillarning o‘rtalaridan keng miqyosda paydo bo‘ldi. Biroq, shuni ta’kidlash joizki, inflyatsiya natijasida pullarning qadrsizlanishi, ularning to‘lov qobiliyatining pasayishi kabi muammolar tarixan qog‘oz pullar muomalaga chiqarilishi va tangalarning zarb qilishi davridan boshlangan. Dastlabki davrlarda inflyatsiyaning vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri, hukumat tomonidan iqtisodiyotga haddan ortiqcha sifati va og‘irligi talab darajasidan past bo‘lgan haqiqiy qiymatga ega bo‘lmagan tanga pullar muomalaga chiqarilishi hisoblanadi. Masalan, Qadimgi Gretsiyada miloddan avvalgi VI asrda metall tangalarning tarkibida qimmatbaho metallarning hajmini yarmidan ko‘prog‘ini oddiy metallarga, ya’ni haqiqiy qiymatga ega bo‘lmagan metallarga almashtirildi. Xuddi shu holat Rim Imperatorlari tomonidan ham amalga oshirildi. O‘rta asrlarga kelib, ko‘pchilik davlatlarning hukumdorlari kumush tangalarni mis tangalarga, keyinchalik oddiy alyumin metallarga almashtirdi. Bu jarayon hukumatga qimmatbaho metallarni tejash evaziga mamlakat xazinasiga juda katta boylik sifatida qabul qilindi. Biroq, pullarning to‘lov qobiliyatini pasayishi va qadrsizlanishiga olib keldi. Muomalada qog‘oz pullarning paydo bo‘lishi natijasida tanga – pul bilan bog‘liq inflyatsiya muammosi qog‘oz – pulga o‘z o‘rnini bo‘shatib beradi. Davlatning burjuaziya boshqarish tuzumining vujudga kelishi davrida o‘rta asrlarda pul muomalasida paydo bo‘lgan muammolarni barqaror pul tizimini tashkil etish orqali bartaraf etishga urinishlar bo‘ldi. XVIII – XIX asrlarda va XX asrning boshlarida birinchi jahon urushiga qadar inflyatsiya muammosi ayrim mamlakatlarda mavjud bo‘lib, davriy xarakterga ega edi. Masalan, inflyatsiya muammosi Frantsiyada – 1789 – 1791 yillarda Buyuk frantsuz revolyutsiyasi davrida, Angliyada Napolen bilan urush davri – XIX asrning boshlarida mavjud edi. Oltin monometallizm tizimi joriy etilgan mamlakatlarda uzoq yillar davomida barqaror pul tizimi amal qildi. Birinchi jahon urushi davrida oltin monometallizm tizimining barbod bo‘lishi va qog‘oz pullarning oltin tangalarga qat’iy belgilangan kurs asosida ayirboshlanishi bekor qilinishi natijasida davlat o‘zining inflyatsiyaga qarshi kurashish mexanizmidan mahrum bo‘ldi. Shu davrdan boshlab, inflyatsiya iqtisodiyotda doimiy xarakterga ega bo‘lgan va keng qamrovli muammo sifatida barcha mamlakatlarda namoyon bo‘la boshladi. Inflyatsiyaning mohiyati iqtisodiy adabiyotlarda turli iqtisodchi olimlar tomonidan turlicha talqin etiladi. Xususan, K.R.Makkonnell, S.Bryu va K.Eklund inflyatsiyani iqtisodiyotda baholarning o‘rtacha ko‘tarilishi sifatida 23 , P.Xeyni esa pulning sotib olish qobiliyatining pasayishi yoki qiymatining yo‘qolishi ekanligini ta’kidlaydilar 24 . Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida inflyatsiyani vujudga kelishi 1930 yillarda muomalaga haddan ziyod qog‘oz va tanga pullarni chiqarilishi natijasida iqtisodiyotning “pul kanallari” to‘lishi yuz beradi, bu o‘z navbatida inflyatsiyaga olib kelishi ta’kidlandi, 1940 yillarda esa inflyatsiyaning sababi iqtisodiyotda qog‘oz pullar to‘lov vositasini bajarishi har qanday holatda inflyatsiyani keltirib chiqarishini e’tirof etishdi, 1950 yillarda inflyatsiyani kelib chiqishining asosiy sababi sifatida uning yetarli darajada oltin va boshqa moddiy qimmatliklar bilan ta’minlanmaganligi ekanligini qayd etdilar. 1960 yillarda iqtisodchi olimlar inflyatsiya murakkab, ko‘p omilli ijtimoiy – iqtisodiy jarayon ekanligini, uni tashqi va ichki omillar ta’sir qilishi natijasida vujudga keladigan iqtisodiy kategoriya sifatida baholadilar. 23 Makkonnell K.R., Bryu S.L. Ekonomiks: Printsipы, problemы i politika. V. 2 t.: Per. s angl. 11 – go izd. T. I. –M.: Respublika, 1992. S. 163. 24 Xeyne P. Ekonomicheskoy obraz mыshleniya. –M.:, 1991. S.484. Inflyatsiyaning iqtisodiy mohiyatiga qator xorijiy va mahalliy olimlar o‘zlarining fikrlarini bildirgan. Xususan, Rossiya iqtisodchi olimlari V.A.Щegortsov va V.A.Taranlar “Inflyatsiya – bu tovarlar va xizmatlar sifati va iste’mol qiymati o‘zgarmagan holda ularning bahosini o‘sib borishidir, bu jarayonda pulning qadri pasayib boradi.” 25 , deya ta’kidlaydilar. Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan, professor Sh.Abdullaeva inflyatsiyaning iqtisodiy mohiyatiga: “Inflyatsiya so‘zining iqtisodiy mohiyati – muomalada mavjud bo‘lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko‘p pul chiqarish degan ma’noni anglatadi” deya ta’rif beradi 26 . Guvohi bo‘lganimizdek, inflyatsiyaning mohiyatiga turlicha fikrlar bildirilgan. Fikrimizcha, “Inflyatsiya – bu tovarlar va xizmatlar bahosining ortib Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling