Pul mablag‘lari va pul ekvivalentlari


-chizma. Kassa muomalalarini hisobga olish jarayoni


Download 38.47 Kb.
bet2/3
Sana19.11.2023
Hajmi38.47 Kb.
#1786649
1   2   3
Bog'liq
Pul mablag‘lari va pul ekvivalentlari-fayllar.org (1)

1-chizma. Kassa muomalalarini hisobga olish jarayoni
O.Bobojonov, K.Jumaniyozovlar fikricha: “Pul ekivalentlari – bu pul
mablag’lariga o’xshaydigan lekin boshqacha turkumlanadigan aktivlardir. Ular
xazina vasiqalari (xazina vasiqalari – bu muomalaga chiqarilgan, keyin bir yildan
kam muddatda qaytariladigan hukumatning foizsiz majburiyatlaridir. Ular
chegirma bilan sotiladi va o’z vaqtida to’lanadi. To’lash qiymati bilan chiqarilish
qiymati o’rtasidagi farq xaridorning foiz daromadi bo’ladi.”4
Pul ekvivalentlari to’g’risida B.Q.Hamdamov, F.R.Islomov, A.Z.Avloqulovlar
ham o’z fikrlarini bayon etgan, jumladan “Pul ekvivalentlari - ma’lum pul
mablag’iga tez va oson almashtiriladigan hamda qiymatidagi o’zgarishlar tufayli - naqd pul mablag’laridan xo’jalik yurituvchi sub’ektda ishlab chiqilgan
limitlar va smetalarga muvofiq foydalanishning amaldagi qoidalariga rioya qilish;
- pul mablag’lari va o’zaro hisob-kitoblar holatining inventarlanishini tashkil
etish hamda belgilangan muddatlarda o’tkazish, debitorlik va kreditorlik qarzlarini
uzish muddatlari o’tib ketishiga yo’l qo’ymaslik;
- kassada, banklardagi hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlarda pullar
mavjudligi va to’liqligini nazorat qilish;
- pul resurslarining harakat oqimini bashorat qilish va pul mablag’larining
harakat oqimini maqbul holga keltirishni tartibga solish bo’yicha tegishli
boshqaruv qarorlarini tayyorlash.
Bugungi kunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan pul mablag’lari
hisobini yuritishda avvalo naqd pul va naqd pulsiz hisob-kitob operasiyalarini
amalga oshirishni taqozo etadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt kassasidan naqd pulni olish va xarajatlash bilan
bog’liq bo’lgan muomalalar kassa muomalalari deb yuritiladi. Xo’jalik yurituvchi
sub’ektning bu boradagi xatti-harakatlari O’zbekiston Respublikasi Markaziy
banki tomonidan “Kassa muomalalarini olib borish tartibi ”da belgilab berilgan.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’z kassalarida ularga belgilangan limitdan ortiq
naqd pullarni faqat ish haqi, mukofot, ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqalar,
stipendiya va pensiyalarni to’lash uchun, bank muassasasidan pul olingan kunni
ham qo’shib hisoblaganda 3 bank ish kunidan oshmaydigan muddatda (bank
muassasasidan ancha olisda joylashgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun 5 ish
kuni) saqlab turishlari mumkin. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda kassa
muomalarini hisobga olish jarayoni quyidagi 1-chizmada keltirib o’tilgan.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar naqd pullarni hisobot topshirish sharti bilan
xizmat safarlariga, xo’jalik xarajatlari, ekspedisiyalar, geologiya-razvedka
guruhlari, xo’jalik sub’ekti rah-barlari ularga kassa xizmatlari ko’rsatuvchi tijorat
banki bilan kelishgan holda belgilagan miqdorlarda beradilar.
Buxgalteriya hisobiga doir iqtisodiy adabiyotlarda umumiy tarzda pul
ekvivalentlari sifatida asosan pul mablag’lariga o’xshaydigan, lekin boshqacha
tasniflanadigan aktivlar misol qilib keltirilgan. Ular xazina veksellari, tijorat
qog’ozlari, depozit sertifikatlari, pochta markalari, davlat boji markalari, haqi
to’langan aviapattalar, dam olish uylariga va sanatoriyalarga haqi to’langan
yo’llanmalardan iborat. Kechikishlar va jarima sanksiyalari pul ekvivalentlarining
pul mablag’lariga almashtirilishiga ta’sir qilishi mumkin. SHuning uchun,
ekvivalentlar kassa hisobvarag’idan olinadi. Ko’pincha pul ekvivalentlarini hisobkitob vositasiga aylantirishga ehtiyoj yo’q. Ekvivalentlar odatda qisqa muddatli
investisiya hisobvarag’iga olib boriladi. Hisobot davri oxirida to’liq olinmagan pul
o’tkazmalari cheklar pul mablag’lari hisobvarag’i qoldiqlaridan ayrilmaydi.

Download 38.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling