Pul mablag‘lari va pul ekvivalentlari
-chizma. Kassa muomalalarini hisobga olish jarayoni
Download 38.47 Kb.
|
Pul mablag‘lari va pul ekvivalentlari-fayllar.org (1)
1-chizma. Kassa muomalalarini hisobga olish jarayoni
O.Bobojonov, K.Jumaniyozovlar fikricha: “Pul ekivalentlari – bu pul mablag’lariga o’xshaydigan lekin boshqacha turkumlanadigan aktivlardir. Ular xazina vasiqalari (xazina vasiqalari – bu muomalaga chiqarilgan, keyin bir yildan kam muddatda qaytariladigan hukumatning foizsiz majburiyatlaridir. Ular chegirma bilan sotiladi va o’z vaqtida to’lanadi. To’lash qiymati bilan chiqarilish qiymati o’rtasidagi farq xaridorning foiz daromadi bo’ladi.”4 Pul ekvivalentlari to’g’risida B.Q.Hamdamov, F.R.Islomov, A.Z.Avloqulovlar ham o’z fikrlarini bayon etgan, jumladan “Pul ekvivalentlari - ma’lum pul mablag’iga tez va oson almashtiriladigan hamda qiymatidagi o’zgarishlar tufayli Pul ekvivalentlari bu pul mablag’lariga o’xshash, lekin boshqacha tasniflanadigan aktivlar sifatida hisobga olinishini biz ushbu savoldan oldingi savolda atroflicha batafsil bilib oldik. Endi esa mazkur aktivlarni tasniflanishini ko’rib chiqamiz. Pul ekvivalentlari sifatida xazina majburiyatlari, depozit sertifikatlari, veksellar va xosila qimmatli qog’ozlari, aksiyalar, varratlar ham muomalada yuradi. Xazina veksellari, muomalaga chiqarilgandan so’ng 1 yil muddatdan o’tgach qaytariladigan hukumatning foizsiz majburiyatlaridir. Ular chegirma bilan sotiladi va o’z vaqtida to’lanadi. To’lash qiymati va chiqarilish qiymati o’rtasidagi farq xaridorning daromadi bo’ladi. Xazina veksellari bir yil va undan ortiq muddatda to’lanadigan xukumat majburiyatlari hisoblanib, agar ular joriy moliyaviy yil davomida to’lanmasa, ular qisqa muddatli investisiyalar sifatida tavsiflanmaydi, tijorat qog’ozlari (korporasiyalar tomonidan chiqarilgan, o’zining qisqa muddatli pul mablag’larga bo’lgan ehtiyojlarini moliyalashtiruvchi mablag’dir) va depozit sertifikatlar (tezda talab qilib olish mumkin bo’lmagan depozit sertifikatlari yoki bank depozitlari yoki muomalaga chiqarish yo’li bilan to’lanishi va sanksiya o’tkazilishi mumkin)dan iborat. Xazina majburiyatlari - qimmatli qog’ozlarning bu turi: ular egalarining byudjetga pul mablag’lari to’laganligini tasdiqlaydi va shu qog’ozlarga egalik qilishning butun muddati mobaynida belgilangan daromadni olish huquqni beradi. Xazina majburiyatlari: - uzoq muddatli; - o’rta muddatli; - qisqa muddatlidir. Uzoq muddatli majburiyatlar 5 yil va undan ko’p muddatda. O’rta muddatli majburiyatlar bir yiddan 5 yilgacha muddatda muomalada yuradi kiska muddatli majburiyatlar esa 3,6 va 12 oyga chiqariladi. Xazina majburiyatlari obligasiyalardan imkoniyatlarining ko’pligi va daromad olish shartlarinpng turli tumanligi bilan farq qiladi. Uzoq muddatli xazina majburiyatlari bo’yicha daromadlarni to’lash xar yili ko’ponlar bo’yicha yoki nominalga foizlar qo’shishi yo’li bilan majburiyatlarni uzishga, lekin xar yillik to’lovsizlar amalga oshirilishi mumkin. O’rta muddatli xazina majburiyatlari egallashga daromad majburiyatlar chiqarilgan vaqtdan to uni uzgunga qadar o’tgan muddatga bog’liq xolda ularni kaytarib olib evaziga nominalga foizlar qo’shish yo’li bilan to’lanadi. Qisqa muddatli xazina majburiyatlarida ko’ponlar bo’lmaydi, ular bo’yicha hisoblangan foizlarni qo’shgan holda qaytarib sotib olish yo’li bilan o’ziladi. Depozit sertifikati - bank emitentning pul mablag’lari qo’yilganligi haqidagi guvohnomasi; omonatchining yoki merosxo’rning belgilangan muddat o’tganidan so’ng omonat summasini va unga hisoblangan foizni olish huquqini tasdiqlaydi. Sertifikat muddatidan oldin to’lash uchun taqdim qilingan holda uning egasiga sertifikatning yozilgan qiymatini va pasaytirilgan stavka bo’yicha foiz to’lanadi. Bu qimmatli qog’ozlarni bank muomalaga chiqaradi. Nomi yozilgan sertifikatlar va nomi yozilmagan sertifikat turli bo’lishi mumkin. Nomi yozilmagan sertifikatning talab qilish huquqini boshqa shaxsga berish shu sertifikatni o’sha shaxsga oddiygina topshirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Nomi yozilgan sertifikatning talab qilish huquqini boshqa shaxsga berish bir tomondan o’z huquqlarini berayotgan shaxs, shu huquqlarni olayotgan shaxs o’rtasida ikki tomonlama kelishuv o’rnatilganligini bildiradi. Veksel — bir shaxs tomonidan ikkinchisiga yozib berilgan qarz majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog’ozlarning bir shaklidir. Vekselni har qanday to’lovga qobil shaxs yozib berish huquqiga ega. Veksel sotilishi, kredit sifatida berilishi va biror bir oldi -sotdi bitimida hisob - kitob to’lov vositasi sifatida ishlatilishi mumkin. Qo’llanilishi nuqtai nazaridan veksellar o’tkazma va oddiy veksellarga bo’linadi. O’tkazma veksel - tovar oldi - sotdisida yozilgan veksel beruvchining tovarning pulini vekselni qabul qilib oluvchiga (ya’ni, tovar egasiga) uchinchi bir shaxs tomonidan to’lab berilishi lozimligini (veksel beruvchining buyrug’ini) ifodalovchi yozma hujjat. Veksel beruvchi faqat to’lab beruvchida (uchinchi shaxsda) mulki, puli bo’lgan holatdagina o’tkazma vekselni yozib bera oladi. Oddiy veksel - bir kishining ( veksel beruvchinpng) boshqa bir ma’lum shaxsga (dastlabki oluvchiga) yoki uning buyrug’i bilan so’zsiz ravishda belgilangan muddatda yoki talab qilingan vaqtda ma’lum pul mablag’ni to’lash majburiyatini o’z ichiga olgan yozma hujjatdir. Veksellar asosan qisqa muddatga (1 yilgacha) berilib, ko’proq korxonalarning aylanma vositalarini ko’paytirishga imkon beradi va shu yo’l bilan ishlab chiqarishdagi samarasini oshiradi. SHuning bilan birga to’lovning kafolatlanganligi oldindan to’lov uchun pul o’tkazish zaruratini yo’qqa chiqaradi va moddiy oborotni anchagina tezlashtiradi. Vekselning ayrim shakllari vaqtincha bo’sh turgan har qanday miqdordagi pul mablag’larini ma’lum muddat mobaynida samarali ishlatishga imkon beradi. Veksellarning kredit olishda ishonchli garov vositasi sifatida ishlatish mumkin. Bunday kredit lombard kredit deb yuritiladi. Veksellardan hisob-kitob, to’lovda foydalanish tufayli bank orqali pul o’tkazish zarurati qolmaydi. Veksel bilan hisob kitob qilish, to’lov tizimini vujudga keltirishni respublikamizda bir necha bosqichda amalaga oshirilgan edi: Dastlabki bosqichda tijorat banklari va ayrim to’lovga qobil xo’jalik sub’ektlari (korxonalar) tomonidan chiqarilgan veksellar joriy etildi. Bizning respublikamizda veksel muomalasini tashkil etish jarayonida bu borada rivojlanmagan va qo’shni davlatlardagi tajribalar o’rganib chiqilib, ularda erishilgan yutuqlarni ko’paytirish va qo’yilgan kamchiliklarni takrorlamaslik maqsadida bir muncha o’ziga xos xususiyatlar hisobiga olindi. Jumladan, boshqa davlatlardan farqli o’laroq, bizda muomalaga chiqarilgan har bir so’mlik veksel ro’yxatdan o’tkazildi. Dastlabki bosqichda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va uni qayta ishlovchi xo’jaliklarga - ko’p mablag’ talab korxona va tashkilotlarga ruxsat berildi. Pul munosabatlarining sanab o’tilgan turlari korxona (tashkilot) lar moliyasining mazmunini tashkil etib, ular xo’jalik yuritish sub’ektlarida pul daromadlari va jamg’armalarining shakllanishi va taqsimlashning hamda o’z majburiyatlarini bajarish va kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish, xodimlarga ijtimoiy yordam ko’rsatish va moddiy rag’batlantirish bo’yicha sarflarni moliya bilan ta’minlashda foydalanish bilan bog’liq bo’lgan pul munosabatlari sifatida aniqlanishi mumkin. Overdraft - bu qisqa muddatli majburiyat kabi hisoblanadigan va avval aktiv hisobvarag’ida mavjud bo’lgan, debet qoldig’idan yuqori bo’lgan summada to’lovni amalga oshirishda vujudga keladigan kredit qoldig’idir. Overdraft, agar bank tomonidan to’langan summa mijoz hisobvarag’idagi qoldiqdan yuqori bo’lgan hollarda qo’llaniladi. Lekin agar omonatchi hisobvarag’idan overdraftini amalga oshirayotgan bo’lsa, biroq ushbu bankning boshqa hisobvarag’ida musbat qoldiqqa ega bo’lgan holda debet va kredit qoldiqlarini qoplash mumkin. Bu holda bank debitor va kreditor rolini bajaradi. Ammo turli muassasalarning hisobvaraqlari o’zaro qoplanmaydi. Moliyaviy veksel – korxona tomonidan bo’sh mablag’lari hisobidan boshqa korxonalarga ssuda berishdir. Moliyaviy veksellarga korxonaning muddatida qaytarilmagan kreditor qarzlarini rasmiylashtiradigan veksellarni kiritish mumkin. Vekselning ikki turi mavjud: oddiy va o’tkazma. Oddiy veksel (solo veksel) qarzdor tomonidan to’ldirilib imzolanadi va kreditorga ma’lum summani belgilangan muddatda so’zsiz to’lanishi ko’rsatiladi, ya’ni oddiy veksel bilan rasmiylashtirilgan qarz majburiyatida daslab ikki shaxs qatnashadi: bir tomondan kreditor (veksel saqlovchi), ikkinchi tomondan qarzdor (veksel beruvchi) va shu bilan birga to’lovchi bo’lib hisoblanadi. O’tkazma veksel oddiy vekseldan tubdan farqlanadi. O’tkazma veksel (tratta) kreditor (trassant) tomonidan to’ldirilib imzolanadi. Unda vekselda ko’rsatilgan summani belgilangan muddatda uchinchi shaxs (remitent) ga to’lash to’g’risida qarzdor (trassat) ga berilgan buyruq mavjud. Bu holda teskari vaziyat vujudga keladi: veksel qarzdor tomonidan yozilmasdan haq talab qilib oladigan shaxs tomonidan yoziladi. SHunday qilib veksel beruvchi kreditor hisoblanadi. Qarzdor esa veksel saqlovchi emas, faqat to’lovchi bo’lib hisoblanadi. Odatda o’tkazma vekselni ushlovchi bo’lib uchinchi shaxs hisoblanadi. Vekselda ko’rsatilgan summani qarzdor to’lovchi uchinchi shaxsga to’lashi kerak. Bunda nima uchun veksel beruvchi vekselda ko’rsatilgan summani remitentga to’lanishi, ular o’zaro qanday munosabatda ekanligi, birining ikkinchisi oldida qanday majburiyatlari borligi to’lovchini qiziqtirmaydi. Qarzdorning to’lash majburiyati faqat veksel beruvchi oldidagi qarz majburiyati bilan bog’liq bo’lib, hech qanday keyingi veksellar uni o’zgartirmaydi. SHu munosabat bilan veksel beruvchi o’tkazma vekselni o’zi o’ziga ham yozib berishi mumkin va dastlab o’tkazuvchi bo’yicha majburiyatda ham (oddiy vekselga o’xshab) faqat ikkita shaxs qatnashadi: Bir tomondan – qarzdor to’lovchi ikkinchi tomondan esa – bir vaqtning o’zida ham veksel beruvchi ham veksel saqlovchi bo’lgan kreditor. Keyinchalik veksel saqlovchi o’z huquqini indossament tartibida uchinchi shaxsga o’tkazib berishi mumkin. O’tkazma veksel to’lovchi (trassat) tomonidan akseptlanishi kerak, va faqat shundagina yuridik kuchga ega bo’ladi. O’zbekistonda veksel muomalalari quyidagi normativ hujjatlariga asosan amalga oshirilgan edi: - 1995 yil 2 iyundagi 204–sonli «Xalq xo’jaligida vekselni qo’llash to’g’risida» gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori; - 1995 yil 31 maydagi 147 – sonli qarori bilan Adliya Vazirligi tomonidan ro’yxatga olingan MB va MV tomonidan ishlab chiqilgan «Oddiy va o’zgaruvchi veksel to’g’risida»gi nizomi; - 1995 yil 31 maydagi 148 – sonli qarori bilan O’z R Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olingan «Veksel bilan bo’ladigan muomalalarni bank tomonidan o’tkazilish qoidalari». Lekin hozircha O’zbekistonda veksel muomalalari amalga oshirilmayapti.23 Depozit sertifikatlari (inglizcha certifikate of deposit) - bu pul mablag’larini omonatga qo’yilganligi to’g’risida, omonatchiga belgilangan muddat tugagandan so’ng depozit summasi va unga tegishli foizlarni olish huquqini beruvchi kredit muassasasining guvohnomasidir. http://fayllar.org Download 38.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling