Pul massasi va pul agregatlari
Download 335.39 Kb.
|
Pul massasi va pul agregatlari
V
M (Velocity) – ne‘matlarga ayirboshlashdagi pullar aylanishlarining o‘rtacha soni; P – (Price) – ushbu jamiyatda sotib olinadigan har qanday alohida tovarning o‘rtacha sotish narxi; Q – (Quantity) – tovarlarning jami xarid qilingan soni. Fisher formulasi oltin tangali standart sharoitida to‘g‘ri bo‘lmaydi, chunki u pullarning ichki qiymatini hisobga olmaydi. Biroq oltinga almashtirilmaydigan qog‘oz pullar muomala qiladigan sharoitda u muayyan mazmun kasb etadii. Bunday sharoitda pul massasining o‘zgarishi, garchi I.Fisher tovarlar narxlarining mutloq elastikligini nazarda tutib, narx mexanizmini ma‘lum ma‘noda ideallashtirsa-da, lekin tovarlar narxlari darajasiga ta‘sir ko‘rsatadi. Boshqa neoklassiklar kabi Fisher ham mukammal raqobatchilikka asoslanadi va o‘z xulosalarini monopoliyalar hukmronlik qiladigan va narxlar oldingi elastikligini jiddiy yo‘qotgan jamiyatga tegishli deb biladi. Ko‘pgina hozirgi iqtisodchilar ayirboshlash tenglamasini bir xillik, ya‘ni MV=PQ sifatida tavsiflashadi. Gap shundaki, bu tenglama D – T ayirboshlash harakatini tovarlarning jami massasiga daxldor deb ifodalashga urinadi, ya‘ni tovarlar sotib olingan pullar summasi sotib olingan tovarlar narxlari summasiga teng (bir xil). Bu tavtologiyadir va shuning uchun ayirboshlash formulasi narxlarning umumiy (mutloq) darajasini izohlash uchun xizmat qila olmaydi. Miqdoriy nazariya tarafdorlarining faraz qilishicha, ayirboshlash formulasi mutloq kattalikni EQo ni izohlaydi (ayni bir vaqtda talab va taklif mexanizmi undan nisbiy tebranishlarni izohlaydi). Fisher va uning izdoshlari shunday nuqtai nazarga amal qilishgan. Ular pullarning aylanish tezligi (V) va ishlab chiqarish darajasi (Q) muomalada yurgan pullar miqdoriga (M) va narxlar darajasiga (P) bog‘liq bo‘lmasligini asoslashga urinishgan. Ular pullarning aylanishi tezligi avvalo demografik (aholining zichligi va hokazo) va texnik (transport vositalarining soni va sifati va hokazo) parametrlarga bog‘liq bo‘ladi, deb faraz qilishgan. Ishlab chiqarish darajasi esa asosan mehnat bozorida yuzaga kelayotgan shart-sharoitlar bilan belgilanib, narxlar darajasi va muomalada yurgan pullar soniga bog‘liq bo‘lmaydi. Shubhasiz, bozor xo‘jaligi hukmronlik qiladigan sharoitda bunday qoidalar yaqqol noreal tus kasb etadii. Qiymat konuni va uning muomala doirasida yuzaga chikish shakli - pul muomalasi konuni tovar-pul munosabati mavjud bulgan barcha ijtimoiy formatsiyalarga xosdir. kiymat shakllari va pul muomalasi tarakkiyot yo‘lini taxlil kilayotib, KMarks pul muomalasining qonunini ochdi. Bu qonunga asosan momala vositasi funktsiyasini amalga oshirish uchun kerak bolgan pul miqdori aniklanadi.Metallik pul muomalasida muomaladagi pul miqdori stixiyali tarzda, pullarning xazina funktsiyasi yordamida tartibga solib turilgan: agar pulga ehtiyoj kamaysa, ortikcha pullar (oltin tanga) muomaladan xazinaga okib o‘tishi kuzatilgan va aksincha. Shunday qilib, muomaladagi pul miqdori kerakli darajada ushlab turilgan. Keyinchalik muomalaga banknotalar chiqarilishi va ularning metallar (oltin yoki kumush)ga erkin almashinishi muomalada pulning ortiqcha miqdori bo‘lishini inkor etadii. Agar muomalada oltinga almashinmaydigan banknotalar yoki qog‘oz xar (xazina biletlari) amal qilsa, u xolda naqd pul muomalasi pul muomalasi konuniga asosan amalga oshadi. Qog‘oz pullar miqdori muomala uchun kerak bo‘lgan oltin pullarning miqdoriga teng bo‘lganda pul muomalasida xech kanday salbiy jarayonlar yuz bermaydi. Yuqorida ko‘rsatilgan talab pulning barqarorligini ta‘minlaydi, shuningdek pul muomalasi mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy formatsiyalarda o‘z kuchiga ega. Pul muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning narxi va pul muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi. Shunday qilib, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish rivoji va shart-sharoitlariga bog‘lik bo‘lgan turli xil omillar ta‘sir ko‘rsatadi. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ta‘sir ko‘rsatuvchi asosiy omil - bu tovarlar va xizmatlar baxosi xisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar bahosiga tug‘ri proportsional, ya‘ni tovarlar va xizmatlar baxosining oshishi muomalaga ko‘p pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta‘sir qiluvchi ikkinchi omil - bu pulning aylanish tezligi xisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta‘sir ko‘rsatadi. Odatda pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul mikdori shuncha kam talab qilinadi va aksincha. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini boshqarishda shu muxim omillarga aloxida e‘tibor berilishi zarur. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi choralarni amalga oshirish muximdir. Bular: iste‘mol kreditni rivojlantirish; kreditga qanchalik ko‘p tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak bo‘ladi; naqd pulsiz xisob - kitoblarning rivojlanishi; pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar. Xar bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini xisobga olgan xolda ish yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul barqarorligiga putur etkazadi. Bu xolda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi tovarlar baxosidan oshib ketishi, ya‘ni inflyatsiya bo‘lishiga, yoki pul ocharchiligiga (etishmovchiligiga) olib kelishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart-sharoitlari va qonuniyatlari ikki omilning o‘zaro ta‘siri bilan, ya‘ni: Xo‘jalikning pulga bo‘lgan ehtiyoji va amalda pullarning muomalaga borib tushishi bilan belgilanadi. Amaliyotda ko‘proq uchraydigan hol bu oborotda xo‘jalikka kerak bo‘lganidan ko‘proq pulning bo‘lishidir. Bu albatta, pulning qadrsizlanishiga - pul biriligining xarid qobiliyatining tushushiga olib keladi. Download 335.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling