Pul muomalasi va kredit statistikasi reja: Pul muomalasi mohiyati va bozor munosabatlari sharoitida pul muomalasi statistikasi vazifalari
Kredit mohiyati, manbalari va turlari
Download 260.5 Kb.
|
PUL MUOMALASI VA KREDIT STATISTIKASI..
3. Kredit mohiyati, manbalari va turlari
Kredit bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida to‘plash va ularni ma’lum maqsad uchun pulga muhtojlarga ma’lum muddatga foizi bilan qaytarish sharti bilan qarzga berishdir. Kreditning mavjudligi takror ishlab chiqarish jaryonida pul mablag‘larining (kapitalning) aylanishi bilan bog‘liq. Takror ishlab chiqarish jaryonining biror joyida vaqtincha bo‘shab qolgan mablag‘lar, takror ishlab chiqarishning boshqa biror joyida kerak bo‘lib,turganda, bo‘sh mablag‘lar kredit manbai sifatida paydo bo‘ladi. Bozor munosabatlarining boshlang‘ich davrlarida mablag‘larga talab ko‘payadi. Shuning uchun ham hozir kredit xalq xo‘jaligi tarmoq korxonalarini rivojlantirishda, umuman pul aylanmasini tashkil etishda ahamiyati katta. Kredit resurslarining asosiy manbalari: • korxona, tashkilotlarning bankdagi amartizatsiya ajratmalari; • takror aylanish jarayonida korxonalarning bo‘sh turgan pul mablag‘lari; • korxonalarning fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag‘batlantirish va boshqa fondlar mablag‘lari; • aholining bankdagi omonatda saqalanayotgan mablag‘lari; • Byudjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa nodavlat tashkilotlarining banklardagi pul mablag‘lari. Kreditni tijorat banklari, korxona va tashkilotlar, kredit uyushmalari, investitsiya jamg‘armalari, davlat, firmalar, sug‘urta kompaniyalari berishi mumkin. Statistikada kreditlar bir necha belgilari bo‘yicha guruhlanishi mumkin: Kreditning maqsadi bo‘yicha: iste’mol krediti,sanoat, savdo, qishloq xo‘jaligi, kommunal kredit va boshqalar. Kredit miqdori bo‘yicha kreditlar: mayda, o‘rta va yirik (katta) hajmdagi kreditlar bo‘linadi. Katta hajmdagi kreditlar ko‘pincha asosiy vositalarni modernizatsiya qilishga, kapital qo‘yilmalarga beriladi. Ta’minot darajasi bo‘yicha kreditlar: ta’minlangan va ta’minlanmagan kreditlarga bo‘linadi. Ta’minlangan kreditlar aniq bir moddiy yoki nomoddiy boyliklar bilan garovga qo‘yilib yoki sug‘urta qilinib qaytarilishi garantiyalangan bo‘ladi. Kredit statistikasida kredit hajmi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Kredit hajmi ma’lum davrga berilgan kredit summalaridan (barcha mijozlarga berilgan) qaytarilgan kredit summasini ayirib tashlanganiga teng. Kreditlar qo‘yilmalari hajmi banklar, mijozlar bo‘yicha qisqa va uzoq muddatga berilgan kredit hajmi va hissalari aniqlanib o‘rganiladi. Kreditning o‘rtacha hajmi vaznli arifmetik o‘rtacha bilan aniqlanishi mumkin. Bunda kredit summalari (Pi) kredit muddatlariga (ti) ko‘paytirilib, kredit muddatlari yig‘indisiga bo‘linadi. i ii t tP P Σ Σ = − ; bu yerda − P = kreditning o‘rtacha hajmi. Kreditdan foydalanish o‘rtacha muddati – bu barcha kreditlarning o‘rtacha necha kunda bir marta qaytarilganligini bildiradi. Bu quyidagicha aniqlanadi: = − t i ii P Pt Σ Σ Kredit summasining bir yilda o‘rtacha marta aylanganligini bilish uchun har bir ssuda bo‘yicha kredit hajmi va aylanishini kredit hajmlari yig‘indisiga bo‘lib tashladi. i ii P n P n Σ Σ = − yoki − − = t D n ; Bu yerda − n - kreditning bir yilda o‘rtacha necha marta aylanganligi D – bir yildagi yoki ma’lum davrdagi kunlar soni. XX asrga kelib, jahon mamlakatlari iqtisodiy notekis rivojlandi. Natijada bir nechta rivojlangan mamlakatlar paydo bo‘ldi. (Fransiya, Angliya, Gollandiya, Italiya va boshqalar). Ular mustamlaka mamlakatlardan arzon xom ashyo, tabiiy boyliklar va ish kuchi keltirib, sanoatni tez sur’atlar bilan rivojlandi. Natijada ishlab chiqargan mahsulotlarini chet mamlakatlarga sotish zaruriyati tug‘ildi. Shunday qilib, jahon hamjamiyatida turli xil iqtisodiy munosabatlar rivojlandi. Mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni hisob-kitob qilib borish lozim bo‘lgan. Buning natijasida to‘lov balansi paydo bo‘ldi. To‘lov balansi terminini birinchi marta 1767 yilda ingliz iqtisodchisi D. Styuard o‘zining «Siyosiy iqtisod tamoyillari tadqiqoti» risolasida ishlatgan. Dastlab, to‘lov balansi tashqi savdoda to‘lovlarning harakati va qoldig‘ini belgilash uchun qo‘llangan. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi va kengayishi tashqi savdo operatsiyalarning davlat tomonidan tartibga solishga va nazorat qilishga olib keldi. 1923 yilda Amerika savdo vazirligi birinchi bor to‘lov balansini chop ettiradi. 1924 yilda Millatlar Ligasi bir necha mamlakatlar to‘lov balansini chop ettiradi. Natijada Millatlar Ligasi bir necha mamlakatlar to‘lov balanslarini taqqoslab, ularni tuzish uslubini takomillashtirishga katta hissa qo‘shdi. 1947 yilda BMT bo‘limi to‘lov balansi shaklini chop etib, barcha mamlakatlarga qo‘llashga tavsiya etdi. Hozirgi paytda o‘sha shaklning xalqaro valyuta fondi (XVF) takomillashtirgan shakli va uni to‘lg‘azish bo‘yicha tavsiyasi qo‘llanilmoqda. To‘lov balansi – bu statistik tizim bo‘lib, mamlakatning ma’lum davrdagi (oy, chorak, yil) boshqa mamlakatlar bilan barcha iqtisodiy operatsiyalari qayd qilinadi. To‘lov balansi buxgalteriya va statistik balanslardan farq qiladi. Ma’lumki, buxgalteriya balansida korxona mablag‘larining turlari va ularning tashkil topish manbalari ma’lum sanaga pul ifodasida ko‘rsatiladi. To‘lov balansi esa, iqtisodiy operatsiyalar natijasida aktivlar va majburiyatlar hajmidagi bo‘ladigan o‘zgarishlarni aks ettiradi. To‘lov balansida ham xuddi bo‘xgalteriya hisobidek, schetlarda ikki yoqlama yozuv qo‘llaniladi. To‘lov balansida operatsiyalarni qayd qilish uchun ko‘rsatkichlar debet, kredit va saldoni ko‘rsatadigan katakchalar bo‘ladi. Chet mamlakatlarga tayyor mahsulotlar va tovarlar sotiladi, uning qiymati esa, to‘lanishi lozim. Shuning uchun ham bu operatsiya bir schyotning debetiga, ikkinchisining esa, kreditiga yoziladi. Ya’ni 95 sotilgan tayyor mahsulotlar, tovarlar summasi kreditlanadi. Olinadigan chet el valyutasidagi qiymati debetlanadi. Umuman, to‘lov balansidan joriy operatsiyalar bo‘yicha, kapital operatsiyalar bo‘yicha va mamlakat schetlari bo‘yicha guruhlanadi. Joriy operatsiyalar tovarlar va xizmatlar ko‘rsatish va ulardan olinadigan daromadlar bo‘yicha bo‘ladi. Kapital operatsiyalarga investitsiya faoliyati bilan bog‘liq operatsiyalar kiradi. To‘lov balanslaridagi asosan bozor naxlari qo‘llaniladi. Bu degan so‘z xalqaro oldi-sotdi operatsiyalarida qo‘llaniladigan narxlardir. Lekin ayrim operatsiyalar bo‘yicha ularni bozor narxlarida baholash qiyinchilik to‘g‘diradi. Masalan barter operatsiyalari. Albatta, bunda shu xildagi tovarlarning sotilish bahosi hisobga olinadi, lekin barterda berilgan tovar, mahsulot ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati olingan tovar mahsulot ko‘rsatilgan qiymatiga teng bo‘lish kerak. Download 260.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling