Pul muomalasi va kredit statistikasi reja: Pul muomalasi mohiyati va bozor munosabatlari sharoitida pul muomalasi statistikasi vazifalari


Pul muomalasi mohiyati va bozor munosabatlari sharoitida pul muomalasi statistikasi vazifalari


Download 260.5 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi260.5 Kb.
#1502224
1   2   3   4
Bog'liq
PUL MUOMALASI VA KREDIT STATISTIKASI..

1. Pul muomalasi mohiyati va bozor munosabatlari sharoitida pul muomalasi statistikasi vazifalari.
Iqtisodiy nazariya fanida pulning paydo bo‘lish tarixi va uning funksiyalari: qiymat o‘lchov, muomala vositasi, to‘lov vositasi, jamg‘arma vositasi vazifalari o‘rganilgan. Pul muomalasi statistikasi ob’ekti bo‘lib pul muomalasi bilan bog‘liq ko‘plab hodisalarning miqdori jihatlarini iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida baholash va ularning o‘zgarish tendensiyalarini o‘rganishdir.
Ma’lumki, pulning yuqoridagi o‘z vazifalarini bajarishdagi to‘xtovsiz harkati pul muomalasini tashkil etadi. Pul muomalasi naqd va naqdsiz mablag‘lari harakatida nomoyon bo‘ladi. Demak, tayyor mahsulotlar, tovarlar sotish, xizmat ko‘rsatish va turli xil to‘lovlarni amalga oshirish jarayonlaridagi pullarning naqd va naqd pulsiz hisoblar orqali bo‘ladigan harakatlari pul muomalasini tashkil etadi.
Statistikada pul massasi, uning darajasi, davr mobaynida dinamik o‘zgarish, tarkibi va boshqa shu kabi ko‘rsatkichlar yordamida pul muomalasi o‘rganiladi. Bu ko‘rsatkichlarni ifodalovchi miqdorlar o‘rganilib, pul muomalasini tavsiflovchi sifat o‘zgarishlarni aniqlaymiz.
Pul muomalasi bozor iqtisodiyotining moliyaviy asoslaridan biri bo‘lib, uning barqarorligi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning kengayishi aholining bandligini ta’minlovchi, narxning keskin tebranishga yo‘l qo‘ymaydigan quroldir.
Shuning uchun ham pul muomalasi statistikasining asosiy vazifasi muomaladagi pul massasining miqdorini va uning o‘zgarishini o‘rganishdir.
Pul muomalasi va kredit statistikasining asosiy vazifalari:
• pul massasi miqdori va uning tarkibini o‘rganish;
• pulning aylanishini izohlash va pulning qadrsizlanishga sabab bo‘lgan omillarni o‘rganish;
• kredit siyosati va kredit turlarini o‘rganish;
• Ssuda foizini va ssudalarning qaytarilishini o‘rganish;

2. Muomaladagi pul massasi ko‘rsatkichlari
Barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, aholi tovarlarni sotish, xizmatlar ko‘rsatish va turli xil to‘lovlarni amalga oshirish jarayonida naqd pul yoki naqd pulsiz hisob-kitoblarni bajaradi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar (bundan keyin korxonalar) faoliyatlarini yuritish uchun kerakli mehnat predmetlarini sotib olishi; xodimlarni ishlatib, ularga ish haqi to‘lashlari, byudjetga soliqlarni o‘tkazishlari va shu kabi to‘lovlarni amalga oshirish lozim. Aholi o‘z ehtiyojlari uchun oziq-ovqat tovarlarini sotib olishi; transport, kommunal xizmatlar uchun (gaz, svet, suv va shu kabilar) to‘lovlarni amalga oshirishi lozim. Bu operatsiyalarni amalga oshirishlari uchun korxonalarga ham, aholiga ham yetarli miqdorda pul mablag‘lari kerak.
Xalqaro valyuta fondi (XVF) tasdiqlangan standartlarga asoslangan holda umumiy pul miqdori quyidagicha aniqlanadi.
M0 – naqd pullar;
M1 M0 + talab qilib olinguncha depozitdagi pullar: ya’ni byudjet mablag‘lari, jamoa va boshqa tashkilotlarning hisob-kitob schetlaridagi pul mablag‘larining qoldig‘i;
M2 M1 + banklardagi muddatli va jamg‘armali omonatlar (depozitlar).
\M3 M2 + chiqarilayotgan sertifikatlar + zayom obligatsiyalari + hazina majburiyatlari. O‘zbekisitonda ham bu pul massasi agregatlaridan foydalanilmoqda va u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
M0 – naqd pullar;
M1 – M0 + hisob varaqlardagi pul qoldig‘i + mahalliy byudjet mablag‘lari + jamoa va boshqa tashkilot mablag‘lari;
M3 – M2 + sertifikatlar + maqsadli zayom obligatsiyalari + Xazina majburiyatlari.
Ma’lum davrda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori quyidagicha aniqlanadi. Pm= P.А.Т. ∑ТХ − ∑ КТ + ∑ МКТ ⋅ Х
Bu yerda Pm = muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori;
ΣTX – sotilish lozim tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar summasi;
ΣKT – Kreditga sotilgan tovarlar summasi.
ΣMKTX – to‘lov muddati kelgan, qarzga sotilgan tovarlar va xizmatlar.
P.A.T. – pulning aylanish tezligi. Agarda keditga sotiladigan tovarlarning hozirgi paytda yo‘qligini yoki (- KT va ΣMKTX) o‘zaro teng bo‘lishini inobatga olsak, asosan Pm = P.А.Т. ∑ТХ ; Bu yerda PMx P.A.T. = ΣTX yoki Σqp:
Amerikalik iqtisodchi olim I. Fisher pulning miqdoriy nazariyasini quyidagi «almashuv tengligi» bilan ifodalagan:
MU = QP Bu yerda: M – muomaladagi pullar miqdori;
U – pulning aylanish tezligi;
Q - tovarlar fizik hajmi;
P – narxlarning o‘rtacha darajasi.
Demak yuqoridagi formulalardan ko‘rinib turibdiki, baho (narx) darajasi pul massasi va uning aylanish tezligiga to‘g‘ri, tovar hajmi bilan esa teskari bog‘lanishda.
P = ТХ PММхPА yoki Q М.U ;
Shuning uchun ham narxning (bahoning) ko‘paytirilib ketmasligi ishlab chiqarilayotgan tovar-mahsulot hajmiga bog‘liq ekan.
O‘zbekistonda 1995 yilda nominal pul massasi M2 bo‘yicha pul massasining 1994 yildagi o‘sish darajasidan 1,5 baravar (marta) kam bo‘lgan. Respublika Markaziy banki tomonidan inflyatsiyaga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida muomaladagi pul massasining o‘sish sur’atlari qisqarib bormoqda.



Download 260.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling