Pul nazariyalari Reja: Pul nazariyasining mohiyati


Download 44.75 Kb.
bet1/3
Sana22.04.2023
Hajmi44.75 Kb.
#1381053
  1   2   3
Bog'liq
Pul nazariyalari 55


Pul nazariyalari
Reja:
1.Pul nazariyasining mohiyati.
2.Pulning metallik nazariyasi.
3.Pulning nominallik nazariyasi.
4.Pulning miqdoriy nazariyasi.

Pul nazariyasining mohiyati


Pul nazariyasining olamshumul ilmiy ahamiyati shundaki, u barcha iqtisodiy fanlaming asosi hisoblanadi. Haqiqatda ham birorta iqtisodiy adabiyot mavjud emaski, agar pul yoki u bilan bogliq munosabatlami o'zida aks ettirmagan. Pulning nazariy tabiati bir nechta bolib, qator
konsepsiyalarda uning mayjudligini tabiiy asoslari va amal qilishining sabablari keltiriladi. Shartli ravishda buni “tovarli” va “tovarsiz” konsepsiyalarga ajratish mumkin. Tovarli konsepsiyada pulning qimmatliligini aniqlashda asosiy e’tibor real foydali hisoblangan ichki qiymatiga qaratiladi. Bu borada juda keng tarqalgan pulning metallilik nazariyasi e’tiborga olinadi. Pulning tovarsiz konsepsiyasida uning tovami sotib olish huquqini beruvchi qiymati, simvoli, ieroglifi, umumiy ko'rinishi kabi belgilariga e’tibor qaratiladi .
Albatta, pul nazariyasining ko‘p qirraliligi va uning iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi juda ko‘p iqtisodchi olimlar, mutaxassislar, ekspertlar tomonidan e’tirof etilgan. E’tiborli jihati shundaki, iqtisodchi olimlar, ekspertlar va mutaxassislaming pul nazariyasi va uning iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi haqidagi qarashlari, talimotlari va g'oyalari juda ko‘p hollarda birbiridan farq qiladi. Buning asosiy sabablaridan biri, bizning nazarimizda, iqtisodiy nazariyachi olimlar, mutaxassislar va ekspertlaming pul nazariyasi haqidagi asarlarining turli vaqtda, turlicha ishlab chiqarish sharoitida va turli hududlarda yaratilganligidir.
Jamiyatda mehnat taqsimotining mavjudligi, kishilarni
bir-biriga boglab turadi, ular o'rtasida mahsulotlar va
resurslar almashinuvini ta’minlaydigan mexanizmga amal
qilishini talab etadi. Ushbu mexanizm bozor bolib, bozor
kishilar faoliyatini tartibga soladi va ulaming manfaatlarini
bir-biriga mos kelishini ta’minlaydi. Kishilar faoliyatini harakatga keltiruvchi, ular o'rtasidagi ayirboshlashni
ta’minlovchi va ulaming manfaatlarini tartibga soluvchi
vosita sifatida pul maydonga chiqadi. Malumki, jamiyatda ayirboshlash munosabatlarining dastlabki davrlarida kishilar barterdan juda keng ravishda foydalangan, keyinchalik ular barter, ya’ni tovarni-tovarga almashtirish jarayoni malum qiyinchilik va qo'shimcha vaqtni talab etishi natijasida, bozor
ishtirokchilari pulni kashf etdilar.
Pul - barcha tovarlaming umumiy ekvivalenti sifatida
maydonga chiqadigan “maxsus tovar” bolib, uning yordamida barcha tovarlar qiymati olchanadi. Pulning
jamiyatda amal qilishi va uning evolyutsiyasi bilan bogliq
masalalar iqtisodiy adabiyotlarda pul nazariyasi sifatida
talqin etiladi.

  • Knapp pulning nominallilik nazariyasini rivojlantirar ekan quyidagi xulosaga keldi.

  • Pulni davlat yaratadi;

  • Pulning asosiy funksiyasi bu to`lov vositasi funksiyasidir;

  • Davlat pulga xarid qobilyatini beradi;

  • Pulning xarid qobilyati davlatning qonun hujjatlari bilan belgilanadi;

Keyns pulning nominallilik nazariyasi tarafdori u aytadiki qog`oz pullarning oltin tangalarni muomaladan siqib chiqarishi Knappning buyuk g`alabasidir.
Pulning mohiyati 3 shaklda namoyon bo`ladi.

  • 1. Pul barcha tovarlar qiymatini o`zida ifoda etuvchi umumiy ekvivalentdir.

  • 2. Pul mustaqil almashinuv xususiyatiga ega. Pul tovarlarsiz ham erkin harakatlana oladi. (talabalarga stipendiya, oylik maoshlar, soliqlar, bankdan kredit olish)

  • 3. Pul buyumlashgan mehnatning tashqi o`lchovi.

PULNING NOMINALLIK NAZARIYASI
PULNING NOMINALLIK NAZARIYASI

  • Nominalistlar baho masshtabi deganda milliy valyutaning oltin asosiga aytiladi.

  • Nominalistlar oltinga almashmaydigan qog`oz pullar muomalasini afzal ekanligini e`tirof etadilar. Hozir dunyoda hech bir valyuta oltin asosiga ega emas. Hozirgi davrda muomlaga chiqarilayotgan naqd pullar Markaziy bankning aktivlari bilan ta`minlanadi.

  • Nominalizmning asosiy xatosi shundaki, bu nazariya bo‘yicha pulning qiymati davlat tomonidan aniqlanar edi.

  • Nominalistlar pulning qiymat o‘lchovini va baholar masshtabini aralashtirib yubordilar. J. Styuart pulni teng bo‘lgan bo‘laklardan iborat masshtab sifatida aniqladi. Shu bilan birga, agar buning asosida masofa mavjud bo‘lsa, geografik masshtabni tushunish va ishlatish mumkin. Agar u qandaydir og‘irlikka ega bo‘lsa, mahsulot og‘irligini o‘lchash mumkin. Shu kabi pul ham qiymat o‘lchovi funktsiyasini bajarishi uchun tovar bilan qandaydir jinsdoshlikka ega bo‘lishi kerakligini qayd qilib o‘tdi.


Download 44.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling