Pul nazariyalari Reja: Pul nazariyasining mohiyati


Pulning mohiyati va o'ziga xos xususiyatlari


Download 47.49 Kb.
bet3/6
Sana23.03.2023
Hajmi47.49 Kb.
#1289194
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pul nazariyalari

Pulning mohiyati va o'ziga xos xususiyatlari
Reja:
1.Pulning iqtisodiyotdagi o’rni
2. Pulning vujudga kelishi
3. Pulning iste`mol qiymati

Pulning itisodiy mohiyati xususida iqtisodiy adabiyotlarda turli ta'riflar va talqinlar mavjud bo'lib, uning mohiyatiga nisbatan yagona yondashuv mavjud emas. Chunki, jamiyatda xo'jalik yuritish tuzumining va ijtimoiy - iqtisodiy sharoitning o'zgarishi pulning mohiyatini turlicha talqin etilishini talab etmoqda. Jumladan, iqtisodchi olimlar va soha mutaxassislari pulni - iqtisodiy kategoriya sifatida, qiymat o'lchovi vositasi, umumekvivalent tovar, maxsus tovar, ayirboshlash vositasi ekanligini e'tirof etadi. Pul jamiyatda sodir bo'layotgan ijtimoiy iqtisodiy munosabatlarda, jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, bozordagi talab va taklif asosida tovarlar bahosini aniqlashda bevosita qatnashishi uning mohiyatini namoyon qiladi. Pulning iqtisodiy mohiyati va uning zaruriyatiga xorij iqtisodchilari alohida e'tibor qaratgan bo'lmasalarada, iqtisodiy nazariyachilarning asarlarida unga nisbatan berilgan fikrlarini uchratish mumkin. Masalan, A.Smit pulni iqtisodiy kategoriya darajasiga ko'tarib, unga «pul - bu muomalaning buyuk g'ildiragi», «savdo-sotiqning yuksak quroli» sifatida ta'rif beradi. D. Yum A. Smitning pul xususidagi qarashlariga e'tiroz bildirib, «Pul bu - savdo - sotiqning g'ildiragi emas, balki u yog', shu savdo sotiq g'ildiragini erkin va yumshoq yurishiga imkoniyat yaratadigan vositadir degan fikrni bildiradi. Rossiyalik iqtisodchi olimlar ham pulning iqtisodiy mohiyatiga alohida e'tibor qaratishgan. Jumladan, iqtisod fanlari doktori, professor B.I.Sokolov pulning mohiyatiga «pul mehnat taqsimoti chuqurlashib borayotgan ushbu jamiyatda tovarlarni ayirboshlash va to'lovlarni amalga oshirish ishlarini yengillashtiradi» deya ta'kidlaydi. 0'zbekistonlik iqtisodchi olima Sh.Z.Abdullayeva pul, kredit va banklar masalasiga bag'ishblangan iqtisodiy adabiyotlarda pulning mohiyatini ochishda uchta jihatiga e'tibor qaratish lozimligini ta'kidlaydi. «Birinchidan, pulning iste'mol qiymatida boshqa tovarlarning qiymati o’z aksini topadi. Ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq mehnat asosini abstrakt mehnat tashkil etadi. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo'ladi. Shunga asoslangan holda, pul ham tovar, lekin boshqa tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo'lgan maxsus tovar degan xulosaga kelish mumkim. Iqtisod fanlari doktori, professor O.Yu. Rashidov va boshqalar ishtirokida nashrdan chiqarilgan darslikda «Pul - bu umumiy ekvivalent sifatida qo'llaniladigan universal tovarning alohida turi bo'lib, boshqa barcha tovarlarning qiymati u orqali ifodalanadi. Pulning maqsadi bozorga oid o'zaro harakatlarning transaksion xarajatlarini tejashdan iborat. Pulning iqtisodiy mohiyati xususida fikrlari eramizdan oldingi davrda yashagan Aristotel (er. oldingi 384 - 322 yy.), keyinchalik sarkarda Aleksandr Makedonskiy kabi buyuk shaxslar tomonidan qoldirgan manbalarda ham ko'rish mumkin. Pul - iqtisodiy kategoriya bo'lib, barcha tovarlar uchun umumekvivalent vazifasini bajaradigan maxsus tovardir. Shu bilan birga pul faqat ayirboshlash jarayonida zarur bo'ladigan, hukumat tomonidan o'rnatiladigan to'lov vositasidir. Boshqa tovarlar singari pul ham kishilar tomonidan jamg'ariladi. Kishilar tovarlarni sotish va xizmatlarni ko'rsatish orqali uni «sotib» oladi yoki jamg'aradi.
Pulning vujudga kelishi kishilik jamiyati sivilizatsiyasining buyuk kashfiyotlaridan xisoblanadi. “Pul” deb nomlangan maxsus tovarning paydo bo’lishi natijasida odamlar o’rtasida ayirboshlash bilan bog’liq ziddiyatlar va extiyojlarning bir biriga mos kelmasligi, kabi muommolar barxam topdi. Pulning vujudga kelishi , uning evolyutsion rivojlanishi , nazariyasi , moxiyati va funksiyalari xaqida xorijiy va maxalliy iqtisodchi olimlar , nazariyachilar , mutaxasislar juda ko’p ilmiy asarlar , maqolalar va tadqiqot ishlari yaratgan. Hozirgi kunda ham ushbu jarayon davom etmoqda. Pulning vujudga kelish sababini bilish uchun qadimda odamlar o’rtasida ro’y bergan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirish jarayoniga e’tibor qaratish lozim.

XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish keraki natural xo’jalik tizimidan ilgarigi davrda xar bir kishi kunlik extyoj uchun zarur bo’lgan maxsulotni mustaqil ravishda ishlab topganligi bois, ular o’rtasida ayirboshlash munosabatlariga extiyoj bo’lmagan.
Yuqorida qayd etilgan ikki omil kishilar o’rtasida ayirboshlash munosabatlarining shakillanishiga zamin yaratadi, natijada odamlar ixtiyoridagi ortiqcha maxsulotni o’zi uchun zarur bo’lgan boshqa maxsulotga ayirboshlashga extiyoj seza boshlaydi.
Ayirboshlash- bu kishilarning istak – xoxishlari va extiyojlari maxsuli sifatida amalga oshiriladigan jarayon bo’lib, buning natijasida, tomonlar extiyojini qondirish maqsadida ixtiyoridagi narsadan vos kechib, zarur bo’lgan narsaning o’rniga berishdir. Ayirboshlash kishining extiyoji bo’lgan buyumga ega bo’lish imkoniyatini beradigan jarayondir.

Download 47.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling