Pul nima uchun maxsus tovar hisoblanadi?


Pul-iqtisodiy kategoriya bo‘lib, barcha tovarlar uchun umumekvivalent vazifasini bajaradigan maxsus tovardir. Pul-


Download 24.1 Kb.
bet2/2
Sana03.01.2023
Hajmi24.1 Kb.
#1076170
1   2
Bog'liq
19 SAVOLGA JAVOB

Pul-iqtisodiy kategoriya bo‘lib, barcha tovarlar uchun umumekvivalent vazifasini bajaradigan maxsus tovardir.
Pul-faqat ayirboshlash jarayonida zarur bo‘ladigan, hukumat tomonidan o‘rnatilgan to‘lov vositasidir.
Pul – qatʼiy oʼrnatilgan kafolatlangan bahoni aniqlaydigan vosita emas. U oddiy tovar, faqat boshqa tovarlardan unga ehtiyojning yuqoriligi va qolgan barcha tovarlar uchun ayirboshlash vositasi sifatida foydalanganligi bilan ajralib turadi. Boshqa tovarlar singari pul ham kishilar tomonidan jamg‘ariladi.

  1. Pulning ayirboshlash munosabatlarini faollashishiga qanday omillar ta’sir etgan?

Ayirboshlash munosabatlarini faollashishiga quyidagi asosiy omillar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
-ishlab chiqarishning natural xo’jalik shaklidan tovar ishlab chiqarish davriga o’tishi;
-ishlab chiqaruvchi sub’yektlarning bir-biriga o’zaro bog’liqligining vujudga kelishi;
-ayirboshlash jarayonida tovarlar ekvivalentligining ta’minlanganligi.
6. Pulning qanday qiymat shakllarini bilasiz?
-Qiymatning oddiy shakli
-Qiymatning kengaytirilgan shakli

  • Qiymatning umumiy shakli

  • Qiymatning pul shakli

  • Qiymatning qogʼoz – pul shakli

7. O‘zbekiston hududida dastlabki metall tangalar qachon va kim tomonidan zarb etilgan
Miloddan ilgarigi VI asrda Ahmoniy shoh Doro I tomonidan zarb etilgan. Ushbu metall tangalarning og‘irligi 8,4 grammni tashkil etgan bo‘lib, “darik” deb nomlangan tilla tangalar ekanligi taxmin qilinadi. O‘sha vaqtlarda, ya’ni miloddan ilgarigi VI – IV asrlarda hozirgi O‘zbekistonning asosiy qismi, ya’ni Xorazm, Sug‘diyona va Sak qabilalari yashagan hududlar Ahmoniylar davlati tarkibida bo‘lganini hisobga olsak, ushbu “darik”lar O‘zbekiston zaminida amal qilgan bizga ma’lum birinchi tangalar bo‘lgan desak xato qilmaymiz Islom imperiyasida markazlashtirilgan boshqaruv tizimi tashkil etilgandan keyin xalifa Abdumalik 696 yilda imperiyaning butun hududida yagona pul tizimini joriy etdi. SHu davrdan boshlab, yirik savdo bitimlarini amalga oshirish uchun vazni 4,3 gramm bo‘lgan oltin dinor zarb etilgan. Maosh va soliqlar to‘lovi uchun vazni 2,8 gramm bo‘lgan kumush drahmalar chiqariladi. Kundalik savdo – sotiq esa mis tangalar – fuluslar yordamida (yunoncha «follis» hamyon ma’nosini anglatadi) amalga oshirila boshladi. Bu pul birliklari Movarounnahrda ham o‘sha davrda muomalada bo‘lgan.
XII asrning o‘rtalarida, Xorazmshoh Otsiz davriga kelib, Xorazm davlati kuchayib ketadi. XII asr 80 – 90 yillariga kelib Xorazm o‘ziga Movarrounnahr, Eron, Forsiy Iroqni bo‘ysundiradi. Xorazm davlati xorazmshoh Tekash (1172 – 1200 yillar) va uning o‘g‘li Muhammad (1200 – 1220 yillar) hukmronligi davrlarida ayniqsa gullab – yashnagan.
9.Pul nima uchun iqtisodiy kategoriya hisoblanadi
11.Nima uchun pulning funksiyalari iqtisodchi va mutaxassislar tomonidan turlicha talqin etiladi?
Pulning mohiyati uning funksiyalarida yanayam yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Pul iqtisodiy kategoriya sifatida nechta funksiyani bajarishi iqtisodchi olimlar, nazariyachilar va iqtisodchilar o‘rtasida juda uzoq davrdan buyon tortishuvlarga sabab bo‘lib kelmoqda.
Iqtisodiyotni markazdan boshqarish sharoitida nashr etilgan adabiyotlarda, pul beshta, ya’ni qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi, jamg‘arma vositasi va jahon puli funksiyalarini bajarishi ta’kidlanadi.
Download 24.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling