Pul nima uchun maxsus tovar hisoblanadi?


Download 24.1 Kb.
bet1/2
Sana03.01.2023
Hajmi24.1 Kb.
#1076170
  1   2
Bog'liq
19 SAVOLGA JAVOB




  1. Pul nima uchun maxsus tovar hisoblanadi?

Pul — bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Pul umumiy tovarlarni ayrboshlashda asosiy vazifasini bajaradi. Qadimda pul vazifasini turli xil tovarlar bajargan, masalan, chorva mollari, mol terilari, bolta va hokazo. Keyinchalik pul vazifasini qimmatbaho metallar bajargan, chunki ular oʻzini sifatini yoʻqotmaydi va pul oʻrnini bosishda juda qoʻl kelgan. Pul oddiy mahsulot boʻlib qolmay, u ijtimoiy qiymatga ega, yaʼni hamma tovarlarni harid etish vositasi boʻlib hizmat qiladi.

  1. Pul xo‘jalik yuritish tuzumining qanday shaklida vujudga keldi?

-Qiymatning oddiy shakli
-Qiymatning kengaytirilgan shakli

  • Qiymatning umumiy shakli

  • Qiymatning pul shakli

  • Qiymatning qogʼoz – pul shakli

  1. Natural xo‘jalik tuzumida kishilar o‘rtasidagi qanday holatlar pulning vujudga kelishiga turtki bo‘ldi?

Natural xoʻjalik — oʻz ehtiyojlarini oʻzi yaratgan mahsulot va xizmatlar bilan qondiradigan xoʻjalik. Natural xoʻjalik qoʻl mehnatiga asoslanadi, mehnat unumdorligi past boʻlgan koʻhna mehnat qurollari ishlatiladi. Natural xoʻjalikning kengayishi yangi resurslarni jalb etish, Mas, yangi yerlarni ochib, ekin maydonlarini kengaytirish, mollar sonini koʻpaytirish, ishlovchilar sonini oshirish orqali amalga oshiriladi.
Natural xoʻjalik sharoitidagi iqtisodiy munosabatlar ham sodda boʻladi, ular uzok, vaqt, hatto asrlar davomida, hech bir oʻzgarishsiz saqlanib qoladi. Mac, Oʻrta Osiyoda yerlarni ogʻzaki kelishuv asosida ija-raga berish, ijara haqini hosilning bir qismidan olish, hosildan kafsan tarqatish kabi munosabatlar uzoq saqlangan. Natural xoʻjalikning eng muhim belgisi uning bozordan ajralgan boʻlishidir.
Bu xoʻjaliqda pul munosabati boʻlmaydi, yaratilgan mahsulotni xoʻjalikning oʻzi xonaki qayta ishlaydi. Mas, natural chorvador xoʻjaligida jundan matolar, gilam, palos va kigizlar, teridan esa oyoq kiyimlari, poʻstin tayyorlanadi. Natural xoʻjalik ibtidoiy davr va oʻrta asrlarda rivoj topgan. Tovar xoʻjaligiga asoslangan bozor munosabatlariga oʻtilgach, u oʻz ahamiyatini yoʻqotadi.
Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi Natural xoʻjalik miqyosini qisqartiradi, soʻngra amalda toʻliq siqib chiqa-radi. Lekin uning ayrim unsurlari jahon iqtisodiyotida saqlanib kelmoq-da. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda uning ahamiyati katta emas Aholi turmush darajasi past, ilmiy-texnika potensiali yuqori boʻlmagan, ij-timoiyiqtisodiy munosabatlar rivojlanmagan mamlakatlarda Natural xoʻjalik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, uy-joy qurilishi, hunarmandchilik va boshqalarda ham muayyan rol oʻynab kelmoqda.

  1. Pulning vujudga kelishi ayirboshlash munosabatlarida qanday muammolarni hal etdi

Pul jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlarda, jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, bozordagi talab va taklif asosida tovarlar bahosini aniqlashda bevosita qatnashishi uning mohiyatini namoyon qiladi

Download 24.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling