Pul oqimlari tahlili


Download 357.3 Kb.
bet2/6
Sana30.03.2023
Hajmi357.3 Kb.
#1310138
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pul oqimlari tahlili

Biznes subyektlarining pul oqimlarining shakllanishida ichki va tashqi omillar o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Tashqi ta’sirlarga tovarlar va fond bozorlaridagi vaziyat, xo‘jalik yurituvchi subyektlar orasidagi o‘zaro hisob-kitoblar tartibi, kreditlar bilan ta’minlash, soliq va bojxona tizimlari kirsa, ichki omillarga ishlab chiqarish jarayonining davomiyligi va mavsumiylik xususiyati, tadbirkorlik subyektining eskirishni hisoblash siyosati, ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish darajasi, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish tizimi va boshqalar misol bo‘ladi.

  • Biznes subyektlarining pul oqimlarining shakllanishida ichki va tashqi omillar o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Tashqi ta’sirlarga tovarlar va fond bozorlaridagi vaziyat, xo‘jalik yurituvchi subyektlar orasidagi o‘zaro hisob-kitoblar tartibi, kreditlar bilan ta’minlash, soliq va bojxona tizimlari kirsa, ichki omillarga ishlab chiqarish jarayonining davomiyligi va mavsumiylik xususiyati, tadbirkorlik subyektining eskirishni hisoblash siyosati, ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish darajasi, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish tizimi va boshqalar misol bo‘ladi.
  • Tadbirkorlik subyektlari doimo ijobiy pul oqimiga ega bo‘lgan taqdirda barqaror rivojlanish imkoniga ega bo‘ladi.

Pul oqimlarini boshqarish butun subyekt moliyaviy faoliyatini boshqarish tizimining muim tarkibiy qismi hisoblanadi. U subyektning moliyaviy boshqaruvida turli shakldagi vazifalarni yechishda va uning subyekt moliyaviy menejmentining bosh maqsadiga qaratilganligini talab etadi.
Mamlakat iqtisodiyoti taraqiyotining hozirgi bosqichidagi muhim masalalardan biri uning xalqaro miqyosdagi raqobotbardoshligini va jahon xo‘jaligi aloqalaridagi faol ishtirokini ta’minlashdir. Bu masalaning ijobiy hal etilishi, avvalo, bozor iqtisodiyoti asosi bo‘lmish kichik tadbirkorlikning keng rivojlanishi bilan bog‘liq.
Tadbirkorlik subyektlarining raqobotbardoshligiga ular moliyaviy resurslarining harakatini samarali boshqarish orqali erishiladi.
Moliyaviy resurslarni tashkil etish va boshqarish mexanizmi ularning mohiyatini tushinishni, amaliyotda moliyaviy imkoniyatlarni boshqarish usullari va ko‘rsatmalaridan, shu jumladan moliyalashtirish manbalarini shakllantirish, tahminlar tuzish va rejalashtirish hamda moliyaviy tahlillardan foydalanishni talab etadi.

Download 357.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling