Pul oqimlari тo’G’risidagi hisoboт
Pul oqimlari to`g`risidagi hisobotni tayyorlash uslubiyoti
Download 319.38 Kb.
|
Moliyaviy hisobotlar va pul oqimlari haqida tushuncha
Pul oqimlari to`g`risidagi hisobotni tayyorlash uslubiyoti
Hisobot davri uchun pul oqimlari to`g`risidagi hisobotni tuzish uchun quyidagi axborotlar zarur bo`ladi: -hisobot davrining balansi ; -hisobot davrining moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisoboti; - aktivlarning sotilishi va sotib olinishi hamda, mol etkazib beruvchilar bilan hisoblashishlar va xaridorlardan pul mablag`larini olish usullari to`g`risidagi ayrim qo`shimcha ma`lumotlar Pul oqimlari to`g`risidagi hisobotni tuzishning ikkita usuli mavjud: ■ to`g`ri usul ■ egri usul Ushbu usullardan foydalanishdagi farq faqat hisobotning «asosiy faoliyat» bo`li-migagina tegishli. Тo`g`ri usul asosiy faoliyatning pul tushumlari va chiqimining asosiy toifa-larini hisobga olib, mohiyati bo`yicha foyda va zararlar to`g`risidagi hisobot malumotlarini kassa usulida tuzib chiqishni anglatadi. Egri usulga muvofiq hisobot davrining sof daromad yoki zarariga joriy aktivlar va majburiyatlarning o`zgarishiga, shuningdek investitsiya yoki moliya faoliyati na-tijasida olingan daromadlar va ko`rilgan zararlarga qarab o`zgartirish kiriti-ladi. Investitsion va moliyaviy faoliyatdan pul oqimlari to`g`risidagi hisobot. Sub`ektlar pul oqimlari netto-asosida (sub`ektning naqd pulning tushum va to`lovi orasidagi farq) aks ettirilgan hodisalardan tashqari, investitsion va moliyaviy faoliyatdan kelib chiqadigan asosiy yalpi tushumlar va pul mablag`larining yalpi to`lovlari bo`yicha alohida hisobot beradilar. Favkuloddagi moddalar bilan bog`lik bo`lgan pul oqimlarining harakati. Favkulodda moddalar bilan bog`liq bo`lgan pul oqimlari, moddalarning tavsifiga ko`ra asosiy, investitsion va moliyaviy faoliyatdan vujudga keladigan pul oqimlari sifatida tavsiflanadi. Favkuloddagi moddalarni tushuntirish va ularni hozirgi va kelajakdagi pul oqimlari harakatiga ta`sirini aniklash uchun, favkulotdagi moddalar bilan bog`liq pul oqimlar «Pul oqimlari to`g`risidagi hisobotda» asosiy, investitsion va moliyaviy faoliyatlar bo`limlarida alohida ko`rsatiladi. Download 319.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling