Pul oqimlari тo’G’risidagi hisoboт


Pul oqimlari to`g`risidagi hisobotni tayyorlash uslubiyoti


Download 319.38 Kb.
bet3/6
Sana31.01.2024
Hajmi319.38 Kb.
#1819360
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Moliyaviy hisobotlar va pul oqimlari haqida tushuncha

Pul oqimlari to`g`risidagi hisobotni tayyorlash uslubiyoti

Hisobot davri uchun pul oqimlari to`g`risidagi hisobotni tuzish uchun quyidagi axborotlar zarur bo`ladi:


-hisobot davrining balansi ;
-hisobot davrining moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisoboti;
- aktivlarning sotilishi va sotib olinishi hamda, mol etkazib beruvchilar bilan
hisoblashishlar va xaridorlardan pul mablag`larini olish usullari to`g`risidagi ayrim qo`shimcha ma`lumotlar
Pul oqimlari to`g`risidagi hisobotni tuzishning ikkita usuli mavjud:
■ to`g`ri usul
■ egri usul
Ushbu usullardan foydalanishdagi farq faqat hisobotning «asosiy faoliyat» bo`li-migagina tegishli.
Тo`g`ri usul asosiy faoliyatning pul tushumlari va chiqimining asosiy toifa-larini hisobga olib, mohiyati bo`yicha foyda va zararlar to`g`risidagi hisobot malumotlarini kassa usulida tuzib chiqishni anglatadi.
Egri usulga muvofiq hisobot davrining sof daromad yoki zarariga joriy aktivlar va majburiyatlarning o`zgarishiga, shuningdek investitsiya yoki moliya faoliyati na-tijasida olingan daromadlar va ko`rilgan zararlarga qarab o`zgartirish kiriti-ladi.
Investitsion va moliyaviy faoliyatdan pul oqimlari to`g`risidagi hisobot. Sub`ektlar pul oqimlari netto-asosida (sub`ektning naqd pulning tushum va to`lovi orasidagi farq) aks ettirilgan hodisalardan tashqari, investitsion va moliyaviy faoliyatdan kelib chiqadigan asosiy yalpi tushumlar va pul mablag`larining yalpi to`lovlari bo`yicha alohida hisobot beradilar.
Favkuloddagi moddalar bilan bog`lik bo`lgan pul oqimlarining harakati. Favkulodda moddalar bilan bog`liq bo`lgan pul oqimlari, moddalarning tavsifiga ko`ra asosiy, investitsion va moliyaviy faoliyatdan vujudga keladigan pul oqimlari sifatida tavsiflanadi. Favkuloddagi moddalarni tushuntirish va ularni hozirgi va kelajakdagi pul oqimlari harakatiga ta`sirini aniklash uchun, favkulotdagi moddalar bilan bog`liq pul oqimlar «Pul oqimlari to`g`risidagi hisobotda» asosiy, investitsion va moliyaviy faoliyatlar bo`limlarida alohida ko`rsatiladi.



Download 319.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling