Pul o‘tkazmalari operatsiyalarini tashkil etish Avazova Feruza
Download 1.46 Mb.
|
feruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul o‘tkazmalarini qabul qilishda 5-shakldagi kvitansiya daftarlarini yuritish tartibi, kvitansiyalarni rasmiylashtirish
Nazorat savollari
1. Pul mablag‘lari pochta o‘tkazmasi bu nima? 2. Pul mablag‘lari pochta o‘tkazmasi turlarini aytib bering. 3. Oddiy va tezkor pul o‘tkazmalari o‘rtasidagi farqi nimalardan iborat? Ularning qabul qilish pochta aloqasi ob’ektidan manzillangan pochta aloqasi ob’ektiga qadar o‘tish muddatini aytib bering. 4. Ichki va xalqaro pul o‘tkazmalari qaysi valyutada qabul qilinadi va to‘lanadi? 5. Ichki va xalqaro pul o‘tkazmalari qabul qilishda qaysi shakldagi blankalardan foydalaniladi? 6. Pul mablag‘lari pochta o‘tkazmasi blankasining old tomoniga qo‘yiladigan barcha xizmatga oid belgilarini aytib bering. 7. Qabul qilinayotgan pul mablag‘lari pochta o‘tkazmasining summasi cheklanganmi? Cheklangan bo‘lsa, cheklangan summasini aytib bering? Pul o‘tkazmalarini qabul qilishda 5-shakldagi kvitansiya daftarlarini yuritish tartibi, kvitansiyalarni rasmiylashtirish Pul o‘tkazmasini qabul qilishda jo‘natuvchiga 5-shakldagi kvitansiya beriladi, ushbu kvitansiya nusxa ko‘chirish qog‘ozi orqali to‘ldiriladi va aloqa xodimi tomonidan imzolanadi. Pochta aloqasi ob’ektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bog‘lamalari, aloqa bo‘limlari)da ichki va xalqaro pul o‘tkazmalari uchun 5-shakldagi yagona kvitansiya daftari yuritiladi. Pochta aloqasi ob’ekti (pochtamt, pochta aloqasi bog‘lamasi, aloqa bo‘limi)da 5-shakldagi kvitansiya daftariga NGMning izi, joriy oy ichidagi 5-shakldagi kvitansiya daftarining tartib raqami, pochta aloqasi ob’ekti (pochtamt, pochta aloqasi bog‘lamasi, aloqa bo‘limi) nomi, yil va oy qo‘yiladi. Har kuni 5-shakldagi kvitansiya daftariga birinchi berilgan 5-shakldagi kvitansiya nusxasiga taqvim shtempeli (TSh)ning izi tushiriladi. Pul o‘tkazmalarini qabul qilishda 5-shakldagi kvitansiyalarni raqamlash oy davomida 5-shakldagi kvitansiya daftari bo‘yicha yuritiladi. Pul o‘tkazmalarini qabul qilishda: a) jismoniy shaxslardan: 1) avtomatlashtirilmagan aloqa bo‘limlarida pul o‘tkazmasiga tartib raqami 5-shakldagi kvitansiya daftari bo‘yicha beriladi; 2) avtomatlashtirilgan pochta aloqasi ob’ektlarida pul o‘tkazmasiga raqam 5-shakldagi kvitansiya daftari bo‘yicha hamda EPO‘ tizimi orqali beriladi va raqam kasrdan iborat bo‘ladi, bunda surati – 5-shakldigi kvitansiya daftari bo‘yicha tartib raqami, maxraji esa – EPO‘ tizimi orqali berilgan raqam. EPO‘ tizimi orqali berilgan raqam 5-shakldagi daftardagi kvitansiyaga va 114-, MR-1-shakllardagi blanklarga yoziladi; b) yuridik shaxslardan: 1) 103-V-shakldagi ro‘yxat bo‘yicha har bir pul o‘tkazmasiga 5-shakldagi kvitansiya daftari bo‘yicha tartib raqami beriladi, bu raqam EPO‘ tizimiga kiritiladi. Pul o‘tkazmalarini qabul qilishda jismoniy shaxslarga avtomatlashtirilmagan aloqa bo‘limida (18-rasm), avtomatlashtirilgan pochta aloqasi ob’ektida (18-rasm) qabul qilingan har bir pul o‘tkazmasiga 5-shakldagi kvitansiya beriladi. 5-shakldagi kvitansiyada quyidagilar ko‘rsatiladi: a) to‘lov shakli: naqd pul bilan – «naqd», jo‘natish uchun plastik kartochka bo‘yicha – «plast/kart»; b) «Alohida vazifasi» satrida tegishli «Olinganligi to‘g‘risida bildirishnoma bilan», «Yetkazib berish bilan» belgisi qo‘yiladi; c) «Summa» satrida pul o‘tkazmasining summasi ko‘rsatiladi, pul o‘tkazmasining summasi so‘zlar bilan yozilganda, qolgan bo‘sh joyga chizib qo‘yiladi; Qabul qilingan pul o‘tkazmalari 5-shakldagi kvitansiya daftariga yozilishi sayin ushbu daftarda ish kuni davomida qabul qilingan pul o‘tkazmalari summalarining har sahifadagi o‘sib boruvchi yakunlari va jo‘natish uchun olingan to‘lov summasi alohida hisoblab boriladi. Summaning har sahifadagi yakunlari naqd pullar bilan, naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha qabul qilingan summalar alohida va jo‘natish uchun olingan to‘lov summasi naqd pullar bilan, naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha va plastik kartochkalar bo‘yicha alohida chiqariladi. Summa yakunlari har bir sahifaning oxirida raqamlar bilan yoziladi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling