4. Pul agregatlari va pul multiplikatori
Pul agregatlari pul massasini o’lchovchilardan (ko’rsatkichlaridan) iborat. Pul agregatlari statistikada pullar harakatining muayyan sanaga bo’lgan yoki muayyan vaqt davridagi o’zgarishini tahlil etish uchun qo’llaniladi.
Xulosa
XVI asrda Yevropa tinimsiz narxlar oshishidan aziyat chekkan. O'sha davr olimlari avvaliga bunga hukumatlar chiqarayotgan tangalardagi qimmatli metallar ulushi borgan sari kamayib borayotgani - buning natijasida pul qadrsizlanib ketganini sabab deb bilishgan. Ammo shu davrda yashagan fransuz huquqshunosi Jan Bodin bunga boshqa sabab borligini taxmin qilgan. U sof kumush va oltin tangalarning ham qadri tushib borayotganini ta'kidlab, bunga Yevropada kumush va oltin zahirasi ortib borayotgani narxlar oshishiga olib kelganini aniqlagan.
XV-XVI asrlar Yevropa davlatlari (asosan Ispaniya) "yangi dunyo" (Amerika) yerlarini zabt etib, katta miqdorda oltin va kumush zahiralariga ega chiqqan. Amerikadan ton ma'noda oqib kelayotgan oltin hisobidan Yevropaliklarning xarid quvvati oshgan va ular faol itse'molchilarga aylanishgan.
Shundan so'ng iqtisodchilar pul miqdori va bozordagi narxlar o'rtasidagi bog'liqlikka e'tibor bera boshlagan. Bu bog'liqlik oddiy mantiqqa asoslanadi: odamlar qo'lidagi pul ko'paysa, ular ko'proq maxsulot va xizmatlar sotib olishni xohlaydi va bu talab oshishiga sabab bo'ladi. Bozor esa oshgan talabga narxlarni ko'tarish bilan javob qaytaradi.
Ammo pul miqdori ko'tarilishi maxsulot va xizmatlarning nominal qiymati oshishiga olib keladi. Maxsulot va xizmatlarning asl (real) qiymati o'zgarmay qoladi. Masalan, shaharning kam daromadli aholi yashaydigan qismida bir maxsulot bir narxda, badavlat qismida huddi shunday maxsulot boshqa narxda sotilishi mumkin. Shaharning ikki qismiga yetkazilgan maxsulot bir joyda bir xil miqdorda manba sarflab ishlab chiqarilgan (ularning real narxi teng). Ammo iste'mol joyida pul miqdori ko'p bo'lishi maxsulotning nominal qiymatini oshirib yuboradi.
Ya'ni bozordagi pul miqdori oshishi nominal narxlar oshishiga (inflyatsiyaga) olib keladi. Albatta, yuqoridagi misol o'ta soddalashtirilgan. Unda umumiy pul miqdori 50% oshishi narxlarning ham 50% oshishiga sabab bo'lyapti. Fisher va uning ergashuvchilari pul aylanish tezligi (V) va xarid miqdori (T) o'zgarmaydi deb hisoblashgan. Ammo keyinchalik amalda pul miqdori oshishi tenglamadagi hamma ko'rsatkichlarni o'zgartirishi aniqlangan. Pul miqdori oshishi pul savdo amallari (T) sonini oshiradi - odamlar haftasiga uch marta o'rniga to'rt marta xarid qilishga o'tishadi. Natijada pul miqdori ortishi umumiy narx (P) darajasiga qisman ta'sir qiladi. Ushbu murakkab holatni misolimizdagi iqtisodga tadbiq qilsak, quyidagicha tenglama kelib chiqadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |