Pul tizimi


Download 22.41 Kb.
bet1/4
Sana19.04.2023
Hajmi22.41 Kb.
#1362583
  1   2   3   4
Bog'liq
26- VARIANT


26-VARIANT

  1. Pul tizimini tashkil etish shartlari

  2. Qog’oz pullarni moddiy taminlanganligi

  3. Kriditning funksiyalari




  1. Kriditning funksiyalari

  1. Pul tizimi — muamlakatning pul belgilari, pul birliklari, pul emissiyasi qoidalari va muomalasi shakllari, mamlakatda milliy qonunchilik bilan joriy etilgan pul munosabatlari. Tarixan Pul tizimining metall pul muomalasi va pul belgilari (qogʻoz pullar) muomalasi koʻrinishlari bor. Oʻz navbatida metall pul muomalasi tizimi bimetallizm va monometallizmga boʻlinadi. Oʻzbekiston Respublikasining hozirgi Pul tizimi 1995-yil 21 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida"gi konunga muvo-fiq tashkil etilgan. Rasmiy pul birligi soʻm. Soʻmning chet el valyutalariga nisbatan kursini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydi va matbuotda eʼlon qiladi. Oʻzbekiston hududida naqd pullar (banknotlar va tangalar) ʻva naqd boʻlmagan pullar (kredit muassasalarida hisobvaraqlardagi mablagʻlar koʻrinishida) amal qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki naqd pullarni chiqarish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi xudu-dida muomalada boʻlishini tashkil etish va muomaladan chiqarish boʻyicha mutlaq huquqlarga ega
XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi, xalqaro va mahalliy valyuta bozorlarining vujudga kelishi, shuningdek, davlatchilik asoslarining mustahkamlanishi davlat tomonidan pul muomalasini tartibga solishning zaruriyatini keltirib chiqardi. Davlat tomonidan pul muomalasini amalga oshirish tartibini belgilashda mamlakat tarixi, siyosiy holati, milliy an’analari hamda uning iqtisodiy salohiyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Pul tizimi – bu mamlakatda pul muomalasini amalga oshirishning shakli
bo‘lib, uning asosini milliy valyuta tashkil etadi va milliy 
valyuta orqali tartibga solinadi.
Pul tizimi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:
1. pul tizimini tashkil etish tamoyillari;

2. pul birligi;
3. 
baho masshtabi;
4. pulning turlari;
5. pul birliklari va belgilarini emissiya qilish tartibi va ularning
ta’minlanganlik 
asoslari;
6. pul muomalasini tartibga solishning usullari; 7. mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish.
Pul tizimini tashkil etish tamoyillari pul tizimini tashkil etishning asosiy elementlaridan hisoblandi. Pul tizimini tashkil etishda davlat tomonidan pul tizimini tashkil etishning tartib va qoidalari nazarda tutiladi. Ta’kidlash joizki, bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan barcha mamlakatda muomalaga pul belgilarini emissiya qilish, bank tizimining tarkibi bir – biriga o‘xshasada har bir mamlakatda pul – kredit va moliya siyosatini amalga oshirishning o‘ziga xos tamoyillari mavjud. Ushbu tamoyillarning asosiylari quyida keltirilgan. Pul islohotlari - milliy valyutani mustahkamlash, pul birligini barqarorlashtirish va pul muomalasini tartibga solish maqsadida davlat tomonidan mamlakat pul tizimini toʻliq yoki qisman qayta tashkil etish. Pul islohotlari qogʻoz pul belgilarining hammasi yoki bir qismi qadrsizlanganda va ularning hajmi koʻpayib, yangisi (qogʻoz yoki metall) bilan almashtirish lozim boʻlganda, pulning oltin qiymati yoki valyuta kursi oʻzgarganda, pul tizimiga oʻzgartish kiritish zarur boʻlganda oʻtkaziladi. Pul islohotlari mamlakatdagi iqtisodiy holatga, pulning qadr-sizlanish darajasiga va davlatning siyosatiga bogʻliq holda turli usullar-da: ortiqcha qogʻoz pullarni yoʻq qilish yoʻli bilan pul hajmini kamaytirish (deflyasiya); eski pul belgilarini yoʻq qilib, yangi qogʻoz pul belgilarini zarur miqdorda chikarish (nullifikatsiya); eski pul belgilarini yirikroq yangi pul belgilariga almashtirish (denominatsiya); pul birligi yoki qogʻoz pul birligi kursining metall qiymati va chet el valyutasiga nisbatan kursini pasaytirish (devalvatsiya); pul birligidagi metall qiymati yoki qogʻoz pul kursini tashki davlatlar valyutasiga nisbatan oshirish (revalvatsiya) va boshqa shakllarda amalga oshiriladi. Sobiq Ittifoq (Rossiya)da 1922—23 yillarda eski 1 mln. rubl yangi 1 rublga, Germaniyada Birinchi jahon urushi va undan soʻnggi davrlarda pulning haddan tashqari qadrsizlanishi natijasida 1924-yilgi Pul islohotlari davrida yangi 1 marka eski 1 trln. markaga, Gretsiyada 1944-yil noyabrda 50 mlrd. draxma yangi 1 draxmaga almashtirilgan edi. Ikkinchi jahon urushi yakunlanishi arafasida va undan keyin bir qator xorijiy davlatlarda Pul islohotlari (Belgiya — 1944-yil, Fransiya, Daniya, Gollandiya va Norvegiya — 1945-yil, Yaponiya — 1946-yil, Avstriya — 1947-yil) amalga oshirildi.


Download 22.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling