Pul tizimi va pul muomalasi Reja
Pul tizimi va pul muomalasi
Reja:
Pul tizimi va uning elementlari. Pul tizimining turlari.
O’zbekiston Respublikasining pul tizimi va uning rivojlanish tarixi.
Muomiladagi pul massasi va uni boshqarish. Pul muomilasini barqarorlashtirish yo’llari
Tayanch iboralar.
Pul tizimi. Pul tizimi elementlari. Pul tizimi turlari. Valyuta.
Valyuta tizimi va valyuta munasabatlari. Valyuta tizimining turlari. Valyuta kursi va pariteti. Valyuta kursining turlari. Inflyasiya va uning turlari. Inflyasiyadan chiqish va unga qarshi kurashish choralari. Inflyasiyaning iqtisodiyotga ta’siri. Muomiladagi pul massasi. Pul massasiga ta’sir etuvchi omillar. Kassa aylanmasi xomcho’ti. Aholini daromadlari va xarajatlari balansi. Pul agregatlari. Pul muomilasini boshqarishda Markaziy bank tomonidan qullaniladign usullar. Pul muomilasini barqarorlashtirish yo’llari.
Pul tizimi va uning elementlari. Pul tizimining turlari.
Pul tizimi deganda mazkur mamlakatda pul muomilasini qonuniy va
mutonosib ravishda tashkil qilishda qullaniladigan uslublar mujmuasi tushuniladi.
Xozirgi pul tizimi XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarishning kapitalistik usulining yuzaga kelishi munosabati bilan shakllangan, biroq uning ayrim elementlari bundan oldinroq paydo bo’lgan.
Pul tizimi quyidagi asosiy elementlari o’z ichiga oladi.
Pul birligi, so’m, rubl va boshqalar.
Baho masshtabi-dastlab u pul birligining oltinga teng qismi sifatida, hozir jahon pullariga nisbati.
Pulning turlari. Qiymatni o’zida ifodalanishiga ko’ra pullar ikki turga xaqiqiy va xaqiqiy pulni o’rnini bosuvchi pullarga bo’linadi.
Xaqiqiy pullar nominal qiymatini uzida ifodalovchi real qiymatga ega bo’lgan metal pullar bo’lib ular har xil shakllarda chiqarilgan. Qoqoz pullar xaqiqiy pullarning vakili bo’lib pulning muomila funksiyasi rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |