Pul tizimining barqarorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar reja: Kirish


Xalqaro amaliyotda quyidagi pul agregatlaridan keng foydalaniladi


Download 203.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana03.12.2023
Hajmi203.95 Kb.
#1799280
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Pul tizimining barqarorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar reja sherov uzoqboy 333333333334444

Xalqaro amaliyotda quyidagi pul agregatlaridan keng foydalaniladi: 
 
1. M0 – bu agregatni hisoblash uchun Markaziy bank tomonidan muomalaga 
chiqarilgan ya’ni emissiya qilingan barcha naqd pullar summasidan banklar va 
korxonalarning kassasidagi naqd pullarning qoldig‘i ayirib tashlanadi. Tarqqiy etgan 
mamlakatlar bank amaliyotida M0 hisobga olinmaydi. 
2. M1 = M0 + talab qilib olinadigan depozitlar + yo‘l cheklari. Ayrim 
mamlakatlarda kredit kartalari ham M1 tarkibiga kiritiladi. 
3. M2 = M1 + muddatli depozitlar + jamg‘arma depozitlar. M2 hisoblashda 
summasi uncha katta bo‘lmagan muddatli va jamg‘arma depoztlar olinadi. 


21 
4. M3 = M2 + yirik summadagi muddatli depozitlar + deposit sertifikatlari + 
jamg‘arma sertifikati.
6
M4 (L- AQShda) = M3 + davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari + 
korporativ obligatsiya + jamg‘arma obligatsiyalar + bank akseptlari + pul bozori 
o‘zaro fondlari paylari. 
Taniqli olim F.Mishkenning fikriga ko‘ra Markaziy bank pul agregatlarining 
qisqa muddatli davriy orqalidagi o‘sishini e’tiborga olmasligi lozim, chunki pul 
agregatlarining qisqa davrda o‘sishi mavsumiy omillar ta’sisirida bo‘ladi. Shuning 
uchun pul massasining yillik o‘sish sur’atlarini nazorat qilish lozim. 
Pul muomalasining muhim ko‘rsatkichi pul massasi hisoblanadi. Pul massasi 
xo‘jalik aylanmasidagi naqd pullik hisob-kitoblarni aholi, korxonalar, davlat 
muassasalariga tegishli harid va to‘lov vositalarining yalpi hajmini o‘zida 
ifodalaydi. 
Pul muomalasining belgilangan muddat va belgilangan davri uchun miqdoriy 
o‘zgarishlarini bilish uchun, shuningdek, pul massasi hajmi va o‘sish sur’atlarini 
tartibga solish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqarish uchun turli xil ko‘rsatkichlar 
(pul agregatlari) dan foydalaniladi. 
Sanoati rivojlangan mamlakatlarning moliya statistikasida pul massasini 
aniqlashda quyidagi asosiy pul agregatlari to‘plamidan (guruhidan) foydalaniladi: 
M-1 agregati – muomaladagi naqd pullar (banknotalar, tangalar) va joriy bank 
schyotlaridagi mablag‘larni o‘z ichiga oladi
M-2 agregati – M-1 agregati va tijorat banklaridagi muddatli va jamg‘arma 
qo‘yilmalaridan (to‘rt yilgacha) tarkib topgan; 
M-3 agregati – o‘z ichiga M-2 agregati va ixtisoslashgan kredit 
muassasalaridagi jamg‘arma qo‘yilmalarini kiritgan; 
M-4 agregati – M-3 agregati hamda yillik tijoriy banklarining depozitli 
sertifikatlaridan iborat. 
AQSh da pul massasini aniqlash uchun 4 ta pul agregati, Yaponiya va 
Germaniyada – 3 ta, Angliya va Frantsiyada – ikkita pul agregatidan foydalaniladi. 


22 
Rossiya Federatsiyada muomaladagi jami pul massasi hisob-kitobi uchun quyidagi 
pul agregatlari qo‘llaniladi. 
M-O agregati – naqd pullar; 
M-1 agregati – M-O agregati va hisob-kitob, joriy va boshqa schyotlar 
(maxsus schyotlar, kapital qo‘yilmalar schyotlari, akkreditiv va chek 
schyotlari, mahalliy budjet schyotlari, budjet, kasaba, uyushmalari, jamoat va 
boshqa tashkilotlarning schyotlari, davlat sug‘urta mablag‘lari, uzoq muddatga 
kreditlash fondi) dagi mablag‘lar tijorat banklariga qo‘yilmalar va jamg‘arma 
banklaridagi talab qilib olinadigan depozitlarning yig‘indisiga teng; 
M-2 agregati – M-1 agregati va jamg‘arma banklaridagi muddatli 
qo‘yilmalardan iborat; 
M-3 agregati – M-2 agregati hamda depozitli sertifikatlar va davlat zayom 
obligatsiyalari yig‘indisidan iborat. 
Pul massasi tarkibini uning harakatiga qarab ikkiga bo‘lish mumkin, ya’ni pul 
massasining aktiv qismi – bu pul mablag‘larining xo‘jalik faoliyatidagi turli xil 
shakldagi hisob-kitoblarni olib borish bilan bog‘liq qismi va ikkinchisi passiv qism 
jamg‘armadagi pullar va hisob raqamlardagi qoldiqlar hisoblanadi. 
Pul massasi naqd pullardan tashqari muddatli hisob raqamdagi mablag‘ va 
jamg‘armalarni, depozit sertifikatlari, investitsion fondlarning aksiyalarini o‘z 
ichiga oladi. Pul massasining yuqoridagi elementlari “kvazi” - “qariyb pullar” deb 
ham yuritiladi. Kvazi - pullar likvid aktivlar bo‘lib, ular tez orada pulga aylanishi 
mumkin. 
Pul massasi tarkibi va dinamikasini tahlil qilish Markaziy bank tomonidan 
to‘g‘ri pul-kredit siyosati olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shuni hisobga olish kerakki, bunday agregatlarning belgilanishi turli 
mamlakatlarda turlicha amalga oshiriladi. Ushbu agregatlar o‘z holicha mamlakat 
to‘lov oboroti sohasida yuz beradigan jarayonlar, jamg‘armalar hajmlari, 
shuningdek, ushbu jamg‘armani amalga oshirishda qo‘llanilgan vositalarning sonli 
ifodasi vositalari hisoblanadi. Ular iqtisodiyotning joriy holatini belgilashga imkon 
beradi va keyingi vaziyatni prognoz qilishda ko‘maklashadi. 


23 
Pul massasi agregatlari, iqtisodiyot monetizatsiyasi koeffitsiyentini hisobga 
olish yordamidagi hisob-kitob eng namunali hisob-kitobdir. Monetizatsiya 
koeffitsiyenti iqtisodiyotning pullar bilan ta’minlanishi darajasi yoki Tovar 
aylanishining to‘lov vositalari bilan ta’minlanishi darajasini aks ettiradi. Bunday 
koeffitsiyent M2 pul agregati summasi va ushbu iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan 
xorijiy valyutadagi depozitlarning YaIM hajmiga o‘zaro nisbati sifatida hisoblab 
chiqiladi. Ushbu koeffitsiyentni hisob-kitob qilishda suratga birdaniga 
M2 agregatini va xorijiy valyutadagi depozitlarni o‘z ichiga oladigan M4 pul 
agregatini qo‘yish qulayroq bo‘ladi. Ushbu koeffitsiyent mohiyati idealda birga teng 
bo‘ladi. 
Shunga qaramasdan, 0,7 yoki 0,8 darajasidagi natijalar yo‘l qo‘yilishi mumkin 
mohiyatlar deb hisoblanadi. 
Pul massasi o‘zgarishini omillar asosida tahlili, pul massasi o‘sishi turli 
davrlarda oltin-valyuta zaxiralarining oshishi hamda iqtisodiyotni kreditlash 
hajmlarining kengaytirish hisobiga ta’minlanganligini ko‘rsatmoqda. 
Ayni paytda iqtisodiyotni kreditlashning asosiy manbalari markazlashgan 
mablag‘lar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot 
jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilganligi hamda ushbu mablag‘lar asosan ishlab 
chiqarish texnologiyalari va xomashyo materiallarini import qilish maqsadida 
foydalanilganligi tufayli iqtisodiyotda pul massasi o‘sishiga va mos ravishda 
inflyatsiya darajasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmagan. 


24 

Download 203.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling