Pul to'grisidagi turli hil nazariyalar va hozirgi zamon pulining tavfsifi mundarija
Download 56.68 Kb.
|
PUL TO\'GRISIDAGI TURLI HIL NAZARIYALAR VA HOZIRGI ZAMON PULINING kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish
- 1.Pulning kelib chiqishi va vazifalari
PUL TO'GRISIDAGI TURLI HIL NAZARIYALAR VA HOZIRGI ZAMON PULINING TAVFSIFI Mundarija: Pul haqida turli xil nazariyalar va uning turlari. O’zbekiston Respublikasida pul tizimi va amalga oshirilgan pul islohotlari Pulning qadrini mustahkamlashga qaratilgan chora tadbirlar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish Biz bu kurs ishida pulning kelib chiqishi va vazifalari, pul haqida turli xil nazariyalar va uning turlar, pulga talab va taklif, O’zbekiston Respublikasida pul tizimi va amalga oshirilgan pul isloxotlari, pulning qadrini mustahkamlashga qaratilgan chora tadbirlar haqida ma’lumot berdik. Pul-bu shundаy maxsus tovаrki, u bоshqа tоvаrlаr uchun umumiy ekvivаlent vаzifаsini bаjаrаdi. Pul umumiy tоvаrlаrni аyirbоshlаshdа аsоsiy vazifаsini bаjаrаdi. Qаdimdа pul vаzifаsini turli xil tоvаrlаr bаjаrgаn, mаsаlan, chоrvа mоllаri, mоl terilаri, bоltа vа bоshqаlаr. Keyinchаlik pul vаzifаsini qimmаtbаhо metаllаr bаjаrgаn, chunki ulаr о’zini sifаtini yо’qоtmаydi vа pul о’rnini bоsishdа judа qо’l kelgаn. Pul оddiy mаhsulоt bо’lib qоlmаy hаmmа tоvаrlаrni xаrid etish vоsitаsi bо’lib xizmаt qilаdi1. Pul bozor aloqalarining hammabop va universal iqtisodiy vositasidir. Biz bilamizki bozor ishtirokchilarining hammasi puldan foydalanadi. Resurslarni sotganda, firmalar tovar sotib olganda, davlat soliq undirganda puldan foydalaniladi Shu puldan xonadonlar bozoridan istemol tovarlari sotib olinadi, firmalar resurslar oladi, soliq, badal va qarz kabi majburiyatlarni pul orqali to’lanadi. Xullas, pulsiz hech bir ish bitmaydi, hech kimning hojati chiqmaydi. Pul moliyaviy aktivlardan biri, boshqasi esa aksiya, obligatsiya va sertifikatlar. Biroq pul shunday aktivki, unga to’lov vositasi sifatida hamma vaqt xohlagan tovarlarni va xizmatlarni sotib olish mumkin. Boshqa aktivlar vositasida esa bu ishni bajarib bo'lmaydi. O`zbekiston Respublikasining zamonaviy pul tizimi 1994-yil 1-iyulda milliy valyuta muomalaga kiritilgandan so`ng shakllandi. Chunki milliy valyuta har qanday mamlakat pul tizimining asosiy elementi hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`g’risidagi qaroriga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul massasining o`sishini nazorat qiladi. Bunga bozorni raqobatdosh mahsulotlar bilan to’ldirish va zarur ehtiyojlar hosil qilish orqali erishiladi. So’mning barqarorligini ta’minlashda undan ehtiyotkorona va tejab, tergab foydalanish, ishlab chiqarishga sarflangan mablag’larning eng ko’p samara berishiga, olingan kreditlarning o’z vaqtida qaytarilishiga erishish muhim o’rin tutadi. Pul – bozor aloqalarining hammabop va universal iqtisodiy vositasidir. Shuning uchun ham pulning kelib chiqishi, mazmuni, tabiatini o’rganish, vazifalarini tadqiq etish, pul nazariyalarini tahlil qilish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega. O’z evolyutsiyasi jarayonida pul maxsus tovar shaklida bosib o’tgan yo’li, shakllari odamlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar rivojlanishini namoyon etadi va turli tarixiy davrlarda mazkur munosabatlar qay darajada bo’lganligini ifodalab beradi2. So'nggi ellik yillikda pul shakllarining jadal rivojlanishi kuzatildi. To'lov tizimlari ishtirokchilarining bir tomondan to'lovlarni boshqarish tizimini ratsionalizatsiya qilish istagi va XX asrning 70-yillari o'rtalarida boshlangan elektron hisoblash mashinalarining kredit tashkilotlari faoliyatiga jadal joriy etilishi, boshqa tomondan, naqd pulsiz qog'oz kredit pullarini naqd pulsiz elektron kredit pullari yani bank depozitlari, plastik kartalar bilan almashtirish jarayonining boshlanishiga yordam berdi. Pul ko'pincha bozor tili deb ataladi, chunki ular orqali tovarlar va resurslar aylanishi amalga oshiriladi. Iste'molchilar bozorda ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotiladigan mahsulotlarni sotib olishadi, bu esa o'z navbatida aholidan olingan resurslar uchun pul to'laydi. To'g'ri tashkil etilgan va aniq faoliyat ko'rsatayotgan pul tizimi milliy ishlab chiqarish barqarorligini ta'minlash, narxlarning to'liq bandligi va barqarorligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bundan tashqari, pul tizimining qanday ishlashi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishining barqarorligiga bog'liq. Natijada, hozirgi bosqichda pul funksiyalarini aniqlash va rivojlantirish muammosi o'z ahamiyatini yo'qotmaydi, chunki ko'pchilik uchun ular asosiy qiymat o'lchovidir. Pul har doim boshqa har qanday mahsulot, xizmat, ish, moddiy bo'lmagan tovarlar uchun almashtirilishi mumkin bo'lgan umumiy ekvivalentdir va bozor almashinuvi jarayonini qulay holga keltiradigan vositachi sifatida ishlatiladi. Zamonaviy sharoitda odamlar kundalik hayotida, korxonalar, davlat va boshqa organlar faoliyatida, iqtisodiy faoliyatning turli sohalarida puldan quyidagi maqsadlarda foydalanadilar. -tovarlar va xizmatlar narxini aniqlash va sotish; -ishlab chiqarish xarajatlarini va foyda miqdorini aniqlash; -ish haqi; -byudjetlarni tuzish va ijro etish; -kredit va hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish; -qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish; -jamg'arma va mablag' sifatida to'plash; -ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadigan narsalar resurslarhajmini baholash. 1.Pulning kelib chiqishi va vazifalari Pul kelib chiqishining evоlyutsiоn kоntseptsiyasiga ko’ra ular ijtimоiy mehnat taqsimоti, ayirbоshlash, tоvar ishlab chiqarishning rivоjlanishi natijasida vujudga kelgan. Qiymat shakllari va ayirbоshlash rivоjlanishining tariхiy jarayonini tadqiq qilish оrqali tоvarlar umumiy оlami ichidan pul rоlini bajaruvchi alоhida tоvarning ajralib chiqishini tushunish mumkin. Bir tоvarning qiymati uni bоshqa bir tоvarga ayirbоshlash оrqali aniqlanadi. Bir qarashda ayirbоshlash bitimida har ikkala tоvar ham bir хil rоl o’ynaydigandek ko’rinadi. Aslida esa ularning rоli turlichadir. Bir tоvar o’z qiymatini bоshqa tоvarga nisbatan ifоdalaydi. Ikkinchi tоvar esa birinchi tоvarning qiymatini o’zida ifоdalab, ekvivalent rоlini bajaradi, ya’ni qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Хuddi mana shu erda pulning dastlabki kurtagi paydо bo’ladi3. Pulning paydо bo’lishi va rivоjlanishida qiymat shakllarining rivоjlanish bоsqichlari muhim o’rin tutadi. Umuman оlganda qiymatning оddiy yoki tasоdifiy, kengaytirilgan, umumiy va pul shakllari mavjud. Ayirbоshlash jarayonining tariхan uzоq davоm etgan davri mоbaynida ekvivalent rоlini o’ynоvchi ko’plab tоvarlar ichidan ba’zi birlari o’zining barcha tоmоnidan tan оlinishi tufayli ajralib chiqa bоshladi. Masalan, chоrva, jun, tamaki, tuz ana shunday ekvivalent vazifasini bajargan. Chunki, ekvivalent rоlini o’ynоvchi tоvarlarning barchasi ham ayirbоshlash jarayonida muоmala vоsitasi vazifasini bir хilda muvaffaqiyatli bajara оlmas edi. Natijada, barcha tоvarlarning qiymatini bir хil tоvar qiymati оrqali taqqоslash mumkin bo’lgan qiymatning umumiy shakli vujudga keldi. Universal hisоb-kitоb ekvivalentiga bo’lgan ehtiyoj eramizdan avvalgi VIII asrdayoq kafоlatlangan vaznli va tarkibli standartlashtirilgan yombilar paydо bo’lishiga оlib keldi. Birmuncha keyingi davrlardagi yombilarning ayrim turlari ularni bo’laklarga bo’lishda qulay bo’lishi uchun belgili kertiklar bilan yasalgan. Birоq bunday takоmillashtirishlar baribir savdоgarlarni hisоb-kitоblarni amalga оshirishda yombilar va ularning bo’laklarini tоrtib ko’rish zaruratidan хalоs etmagan. Tоvar ishlab chiqarishning o’sishi va tоvar ayirbоshlashning kengayishi, bunday jarayonlarga ko’p sоnli hunarmandlar va bоshqa qatnashchilarning jalb etilishi metall pullarning keyingi standartlashtirilishiga va ular miqdоr-larining chakana savdо ehtiyojlariga mоslashtirilishiga оlib keldi . Pullarning yombilarda bo’lmagan yangi sifatlari hisоb-kitоblarni amalga оshirishda ularni shunchaki оddiy qayta hisоblashga va vaqti kelib ularni tоrtib ko’rishdan vоz kechishga imkоniyat yaratdi. Belgilar va yozuvlar shunday sifat belgilari bo’lib, ular оldiniga pul birliklarining bir tоmоniga, keyinchalik ikkala tоmоniga ham bоsilgan. Eramizdan оldingi V asrdan bоshlab esa ularning majburiy atributlari tusini оlgan. Muоmalaga kirgan pullar ‘mоneta’ yani ‘tanga’ degan nоmni Yunоnaning 1nоmlaridan biri Juno Moneta – Оgоhlantiruvchi Yunоna sharafiga qabul qilingan bo’lib, uning Rimdagi Kapitоliy tepaligidagi Yunоna sarоyida ushbu antik davlatning yangi zarbхоnasi jоylashgan bo’lgan. Tangalarning paydо bo’lishi tоvar-pul munоsabatlarining rivоjlanishi bilan bоғliq edi. Metall pulning eng muhim хususiyatlaridan biri – qiymat ana shu vоqeada o’z aksini tоpgan. Ular muоmala uchun yombilarga qaraganda ancha qulay bo’lib, qisqa davr ichida butun dunyoda keng оmmalashib ketdi. Tanganing ko’p asrlik tariхida uning turlari ko’p marta o’zgardi, har bir davr unda o’z tamg’asini qоldirdi. Masalan eramizdan ilgarigi V asrdan bоshlab ularda shaharlar nоmlarining bоshlanғich harflari, keyinrоq–shaharlar nоmlari va hukmdоrlar ismlarining qisqacha nоmlari paydо bo’ldi. Antik Eginaning ilk kumush draхmalarida tоshbaqalar, fоrs shоhi Dоrоning оltin tangalarida esa yoydan o’q uzayotgan shоh tasvirlangan. Qadimgi Rim tangalarida majusiylar хudоlari, qahramоnlari va imperatоrlari aks ettirilgan. Keyingi davrlar ularning o’rniga qirоllar, shоhlar va cherkоv ierarхlari suratlari tasvirlangan. Burjua respublikalari tangalarida pоdshоlar va avliyolar tasvirlari o’rniga davlat gerblari, turli belgilar va yangi tariхiy hоdisalar manzaralari aks ettirilgan. Zamоnaviy O’zbekistоn hududidagi pullar ko’p asrlik tariхga ega. Bu hudud tоvar-pul munоsabatlari rivоjlangan juda qadimgi davlatlar dоirasiga kiradi. Pul bozor aloqalarining hammabop va universal iqtisodiy vositasidir. Biz bilamizki bozor ishtirokchilarining hammasi puldan foydalanadi. Resurslarni sotganda, firmalar tovar sotib olganda, davlat soliq undirganda puldan foydalaniladi Shu puldan xonadonlar bozoridan iste’mol tovarlari sotib olinadi, firmalar resurslar oladi, soliq, badal va qarz kabi majburiyatlarni pul orqali to’lanadi. Xullas, pulsiz xech bir ish bitmaydi, hech kimning hojati chiqmaydi. Pul moliyaviy aktivlardan biri, boshqasi esa aksiya, obligatsiya va sertifikatlar. Biroq pul shunday aktivki, unga to’lov vositasi sifatida hamma vaqt xoxlagan tovarlarni va xizmatlarni sotib olish mumkin. Boshqa aktivlar vositasida esa bu ishni bajarib bo'lmaydi4. Pul tizimi. Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari Pul tizimi – bu davlat tomonidan qonuniy tartibda o‘rnatilgan pul muomalasini tashkil qilish shakli va unga xizmat qiluvchi kredit muassasalaridir. Pul tizimining tarkibiy qismlari. Pul emissiya qilish tartibi muomaladagi pul massasini tartibga soluvchi davlat muassasalari. Naqd pulsiz hisob-kitobni amalga oshirish tartibi va milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi Pul muomalasi - bu tovarlar aylanishiga hamda notovar tavsifidagi to’lovlar va hisoblarga xizmat qiluvchi naqd pullar va unga tenglashtirilgan aktivlarning harakati. Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to’lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi pul agregati deb yurutiladi. Likvidlik – bu turli moliyaviy va moddiy aktivlarning har xil to’lovlarga zaruriyat bo’lganda naqd pullarga aylana olish layoqatidir. Pul mutloq likvidlik xususiyatiga ega. Boshqa barcha aktivlar kam yoki ko’p darajada bunday xususiyatga ega bo’ladi. Moliyaviy aktivlar likvidligi qancha kam bo’lsa, uning egasi uchun o’z ixtiyoridagi pulni zarur vaqtda olish imkoniyati bilan bog’liq yo’qotish tahlikasi shuncha yuqori bo’ladi. Yuqori inflyatsiya sharoitida pulning mutloq likvidligi ustuvorlikka ega Bo’lishdan to’xtaydi. Bunday sharoitda yuqori likvidli aktiv barqaror chet el valyutalari va ko’chmas mulklar bo’lib qoladi. Pul muomalasi o’ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Uning eng muhimi muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir. Muomalani ta’minlash uchun zarur bo’lgan pul miqdori quyidagilarga bog’liq. 1.Muayyan2 davrda, sotilishi lozim bo’lgan tovarlar narxi summasiga. Tovarlar qancha ko’p va narxi baland bo’lsa, ularni sotish va sotib olish uchun shuncha ko’p pul birligi talab qilinadi. 2. Pul birligining aylanish tezligiga. Pul bir xil bo’lmagan tezlik bilan aylanadi. Bu ko’p omillarga, jumladan ular ayriboshlanishiga xizmat qilayotgan tovarlar 3. Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori puldan to’lov vositasi sifatida foydalanishga ham bog’liq. Iqtisodiy fonda pul muomalasi to’g’risida bir qator nazariyalar mavjud. Ularning asosiylari quyidagilar: Klassik nazariya-bu muomala uchun zarur pul miqdori sotishga chiqariladigan tovarlarning qiymat miqdori va ularning oltin asosiga teng kelishi g’oyasini ilgari suradi. Miqdoriylik nazariyasi-bu nazariyaga ko’ra muomaladagi pul miqdorining o’zgarishi tovarlar narxining o’zgarishiga olib keladi va bu o’z navbatida pulning sotib olish layoqatini o’zgartiradi 5. Fisher yondashuvi-bunda pulning qadr-qiymati esa uning miqdoriga teskari mutanosiblikda bog’liq bo’lishini ko’rsatadi. Pul uzoq zamonlardan beri odamlarga ma’lum. Pulning kelib chiqishi turli nazariyotchilar tomonidan tovar ayirboshlash jarayonining rivojlanishi bilan bog'liq holda tushuntiriladi6. Pulning vujudga kelishi va mohiyatining turli ilmiy konsepsiyalari mavjud bo'lib, ular orasida ratsionalistik va evolyutsion konsepsiyalar muhim o'rin tutadi. -Ratsionalistik konsepsiya pulning kelib chiqishini kishilar o'rtasidagi bitim, kelishuv natijasi sifatida izohlaydi. Bu holat ularning tovarlarni ayirboshlash chog'ida qiymatlaming harakatlanishi uchun maxsus vositalar zaniriigiga amin bo'lishiga asoslanadi. -Evolyutsion konsepsiyasiga ko'ra, ular ijtimoiy mehnat taqsimoti, ayirboshlash, tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Qiymat shakllari va ayirboshlash rivojlanishining tarixiy jarayonini tadqiq qilish orqali tovarlar umumiy olami ichidan pul rolini bajaruvchi alohida tovarning ajralib chiqishini tushunish mumkin. Bir tovarning qiymati uni boshqa bir tovarga ayirboshlash orqali aniqlanadi. Bir qarashda ayirboshlash bitimida har ikkalа tovar ham bir xil rol o'ynaydi-gandek ko’rinadi. Aslida esa, ularning roli turlichadir. Bir tovar o'z qiymatini boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa, birinchi tovarning qiymatini o'zida ifodalab, ekvivalent rolini bajaradi, ya'ni qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu yerda pulning dastlabki kurtagi paydo bo'ladi. Pulning paydo bo'lishi va rivojlanishida qiymat shakllarining rivojlanish bosqichlari muhim o'rin tutadi. Umuman olganda qiymatning oddiy yoki tasodifiy, kengaytirilgan, umumiy va pul shakllari mavjud. Ayirboshlash jarayonining tarixan uzoq davom etgan davri mobaynida ekvivalent rolini o'ynovchi ko'plab tovarlar ichidan ba’zi birlari o'zining barcha tomonidan tan olinishi tufayli ajralib chiqa boshladi. Chunki ekvivalent rolini o'ynovchi tovarlarning barchasi ham ayirboshlash jarayonida vositachilik vazifasini bir xilda muvaffaqiyatli bajara olmas edi. Natijada, barcha tovarlarning qiymatini bir xil tovar qiymati orqali taqqoslash mumkin bo'lgan qiymatning umumiy shakli vujudga keldi. Keyinchalik umumiy ekvivalent rolini o'ynovchi tovarlar ichidan maxsus tovar - pul ajralib chiqdi. Dastlabki vaqtda pul rolini o'zining qator xususiyatlariga ko'ra, mazkur vazifani nisbatan muvaffaqiyatli bajara oluvchi oltin va kumush metallar bajara boshladi. Bu qiymatning pul shakli vujudga kelganini anglatar edi Download 56.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling